O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
MAKROIQTISODIY TAXLIL VA PRAGNOZLASH FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu:Tijorat banklarining kredit siyosati va uning o’ziga xos xususiyatlari
Bajardi: Chinmirzayev Anvar Sarvar o’g’li
Tekshirdi:______________________________
Kurs ishi taqrizga Kurs ishi taqrizdan
Topshirilgan sana qaytarilgan sana “__”________2022-yil “__”________2022-yil
Kurs ishi himoya
Qilinga Sana Komissiya a`zolari :
“__”________2022-yil _________________________
Baho “___” _________________________
Guliston – 2022
MUNDARIJA;
KIRISH…………………………………………………………………3
ASOSIY QISIM
1.Banklarning mohiyati, kelib chiqish asoslari va ularni bozor iqtisodiyotidagi o’rni…………………………………………..……5
2.O’zbekiston Respublikasining bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlari......................................................................................8 3.Tijorat banklarida kredit siyosatining maqsadi va
Strategiyasi.....................................................................................12
4.Tashqi iqtisodiy munosabatlarda kredit hamda uning turlari
va funksiyari....…..………………………………………………...18
5. Markaziy bankning tijorat bank kreditlariga ta’siri..……………25
6.Kredit muassasalari va nobank kredit tashkilotlari……………..35
XULOSA ..............................................................................................42
Foydalanilgan adabyotlar ...................................................................43
Kirish
Mavzuning dolzarbligi;Bank,bank ishi ,banklar hamda kredit - hozirgi kunda bu atamalar hayotimizning ajralmas bo’lagiga aylanib ulgurgan desak mubolag’a bolmas.Avvalo, bank so’ziga tarif beradigan bo’lsak, Bank (lotincha – sarrof peshtaxtasi)- kredit-moliya muassasasi; asosan, vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini toʻplash, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish, pul va turli qimmatbaho qogʻozlar chiqarish, oltin va chet el valutalari bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shugʻullanadi. Bankning dastlabki belgilari quldorlik jamiyatida paydo boʻlgan. Ular asosan, savdogarlarning pul bilan bogʻliq hisob-kitob ishlarini bajargan ijro-banklar (mijozlar Oʻrtasida hisob-kitoblarni naqd pulsiz olib boradigan banklar) shaklida vujudga keldi. Shu bilan bir qatorda maxsus sarrofxonalarda sarroflar pul almashtirish va yirik pullarni maydasiga almashtirib berish ishlari bilan shugʻullangan. Bankning ayrim belgilariga ega boʻlgan muassasalar oʻrta asrlarda shimoliy Italiya shaharlarida, soʻngra Gollandiya va Germaniyaning savdo markazlarida yuzaga keldi. Kapitalizmning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bankning ahamiyati ortib ketdi. Bank ishining hozirgi tamoyillari birinchi boʻlib 17-asrdan boshlab Angliyada, soʻngra boshqa mamlakatlarda yuzaga kela boshladi. Shu davrdan boshlab bank kapital va tadbirkorlikni ishga solishning maxsus bir sohasiga aylandi. bankning koʻpayishi bilan ssuda kapitali kapitalning asosiy shakllaridan biri boʻlib qoldi.. Koʻpgina mamlakatlarda cheklar bilan amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitoblar paydo boʻldi. Kapitalizmning rivojlanishi bilan kredit va toʻlovlarda vositachilik vazifasini bajaradigan muassasalarga talab ortib bordi. bank boʻsh pul vositalarini yigʻib, ularni turli muddatlarga ssudaga berdi, ular korxonalarning joriy hisob varagʻini yuritib, korxonalar oʻrtasida oʻzaro hisobkitoblarni olib bordi. Asta-sekin bank oʻrtasida eng yiriklari paydo boʻldi. Ayniqsa, 19-asr oxiriga kelib bank ishlab chiqarishning konsentratsiyalanishi oqibatida bankning yiriklashuvi bank sonini qisqarishiga va bank monopoliyalarining vujudga kelishiga, ular oʻrtasida oʻzaro raqobat kurashining kuchayishiga sabab boʻldi. bank toʻlov va kredit operatsiyalarida vositachilik qilish bilan kifoyalanmay, sanoat korxonalari aksiyalarini sotib ola boshladi, ularning xoʻjaliklari yoki muassislaridan biriga aylandi, yangi korxonalar taʼsis etishda hamkorlik qildi. Yirik bank va sanoat kapitalining birga qoʻshilib ketishi natijasida moliya kapitali va moliya oligarxiyasi vujudga keldi, bu oligarxiya mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy hayotida katta mavqeni egalladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |