"bank ishi" kafedrasi



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/141
Sana15.06.2022
Hajmi3,89 Mb.
#675130
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   141
Bog'liq
Bank ishi ma\'ruzalar tòplami

akkumulatsiya mexanizmi
, kredit berish jarayonini o’z ichiga oluvchi 
kreditlash mexanizmi
va 
iqtisodiy ta’sir 
mexanizmi.
Akkumulatsiya mexanizmi
- kredit mexanizmining kredit resurslarini jalb qilishga 
oid qismi bo’lib, rejali iqtisodiyot sharoitida nisbatan rivojlanmagan. Chunki bu davrda 
yuridik shaxslar bo’sh mablag’lari banklarda majburan saqlanib turilgan.
Kreditlash mexanizmi
- davlat mulkiga asoslangan korxonalarni reja bo’yicha 
kreditlashni to’liq o’z ichiga olgan. Shu davrda keng taraqqiy etgan. 
69
S. Norqobilov, H. Ortiqov “Kredit mexanizmi va uning elementlari ““ Farg’ona” nashriyoti 2012y.16-bet. 


278 
Iqtisodiy ta’sir mexanizmi
- kredit uchun o’rnatiladigan foizlarning o’rnatilishi va 
rejali iqtisodiyotda ular ishlab chiqarilgan tovarning tannarxini oshirib yubormaslikka 
qaratilgan. 
3. Tijorat banklarida kredit operatsiyalarini tashkil etishning huquqiy asoslari.
Respublikamiz tijorat banklari kredit operatsiyalarining rivojlanishi takomillashuvi 
shuningdek yuqori daromad keltirishi bilan birgalikda kam riskli bo’lishi zarur. Banklarda 
kredit operatsiyalarining joriy etilishi, kreditlash jarayoni va amaliyoti bilan bog’liq bozor 
iqtisodiyoti qonuniyatlarini o’z ichiga olgan, bir vaqtning o’zida kreditor va qarz 
oluvchining huquq va majburiyatlarini teng taqsimlaydigan qonun va qonun osti hujjatlar 
davlatimiz tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, ularning barchasi mulkchilik shaklidan 
qat’iy nazar, chet el kapitali ishtiroki va boshqa sho’ba banklar va kredit operatsiyalari 
bilan shug’ullanuvchi moliyaviy tashkilotlarga birdek xizmat qilmoqda.
Quyida tijorat banklarimizning kreditlash jarayonida yo’l yo’riq bo’lib xizmat 
qiluvchi meyoriy hujjatlar va huquqiy asoslar keltirilgan: 

O’zbekiston Respublikasining qonuni “Banklar va bank faoliyati to’g’risida” 1996-
yil 25-aprel; 

O’zbekiston Respublikasining qonuni “Bank siri to’g’risida” 2003-yil 30-avgust 
530-II-sonli; 

O’zbekiston Respublikasining qonuni “Ipoteka to’g’risidagi”2006-yil 4-oktabr 
O’RQ-58-son; 

O’zbekiston Respublikasining qonuni “Iste’mol krediti to’g’risidagi” 2006-yil 6-
may O’RQ-33-sonli; 

O’zbekiston respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 02.03.2000-yil ro’yxatga 
olingan №905-sonli “Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qo’yilgan talablar 
to’g’risidagi ” nizom; 

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 17-dekabrda 
ro’yxatga olingan №1435-sonli “Tijorat banlarida kreditlarning buxgalteriyasini 
yuritish to’g’risidagi” nizom; 

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 02.03.2000-yil ro’yxatga 
olingan №906-sonli “O’zbekiston respublikasi banklarida kredit hujjatlarini yuritish 
tartibi to’g’risidagi” nizom; 

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 16-martda ro’yxatga 
olingan №675-sonli “O’zbekiston respublikasi hududida banklar tomonidan xo’jalik 
yurituvchi subyektlarga qisqa muddatli kreditlar berishni tashkil etish tartibi 
to’g’risidagi” nizom; 
Tijorat banklarida har yili bankning imkoniyatlari va o’ziga xos jihatlarini hisobga 
olgan holda bank kengashi tomonidan kredit siyosati ishlab chiqilishi va amaliyotga 
berilishi zarur. Ushbu kredit siyosati O’zbekiston respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 
02.03.2000-yil ro’yxatga olingan №905-sonli “Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan 
qo’yilgan talablar to’g’risidagi ” nizom orqali tartibga solinadi.
Bankning kredit siyosati - kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi tavakkalchilikni 
boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublarni 
belgilovchi hamda bank rahbariyati va xodimlarini kreditlar portfelini samarali 


279 
boshkarishga doir ko’rsatmalar bilan ta'minlovchi hujjatdir. Kredit siyosati bankning 
kredit faoliyati maqsadlarini aniq ko’rsatishi va aniqlab berishi shart. Kredit siyosatining 
tavsifi kredit portfelining tarkibiga, bank o’z faoliyatini amalga oshirayotgan hududning 
iqtisodiyotiga qarab aniqlanadi. Kredit strategiyasini shakllantirishda va tegishli kredit 
siyosatini tayyorlashda, bank ushbu omillarni hisobga olishi shart. Bankning kredit 
siyosati uning joriy bank strategiyasi va iqtisodiy holatiga muvofiqligini ta'minlash uchun 
bank Kengashi tomonidan yiliga kamida bir marta tegishli yilning 1- fevraligacha bo’lgan 
muddatda kayta ko’rib chiqilishi va tasdiqlanishi kerak. Kredit siyosati bank faoliyati 
turlariga karab mazmuni va tuzilmasi jihatidan farq qiladi. Mazkur bo’lim bank maqomi 
va u joylashgan manzildan qat'iy nazar kredit siyosatida aks ettirilishi lozim bo’lgan 
umumiy masalalar ro’yxatini belgilab beradi. Bunda kredit siyosatining yo’nalishlarida 
berilayotgan kreditlarning hajmi va shakli, qisqa va uzoq muddatli kreditlar o’rtasidagi 
nisbat, moliyaviy axborotlarni tahlil etish jarayoni, kredit portfeli hamda mablag’larning 
qaytarilishini ta'minlash bo’yicha chora-tadbirlar aks ettirilishi lozim. Har qanday kredit 
siyosatining maqsadi odatda quyidagilardan iborat bo’ladi: uzoq muddatli 
investisiyalardan aksiyadorlarga yuqori daromad kelishini ta'minlash, likvidlikni saqlab 
turish, tavakkalchilikni diversifikasiya qilish, siyosat va tadbirlar birligini kafolatlash, 
qonunlar va me'yoriy hujjatlarga rioya qilish, hududning kreditlarga bo’lgan ehtiyojini 
qondirish. Kreditlashning strategik yo’nalishlari bank Kengashi tomonidan belgilanadi va 
tasdiqlanadi.
Kredit siyosati kredit berish jarayoniga jalb etilgan kredit xodimining lavozimi va 
vakolatlariga qarab ularning har biri uchun kreditlash to’g’risida qaror qabul qilish va 
kredit miqdorini cheklash tartibini belgilab beradi. Kreditlash uchun mas'ul bo’lgan barcha 
shaxslar vakolatlari kredit siyosatida qayd etiladi. Kredit qo’mitasi majlislari va uning 
bank boshqaruvi organlari oldida hisobot berishi davriyligi ham kredit siyosatida belgilab 
qo’yilishi kerak.
Kredit siyosati bank tomonidan beriladigan kreditlar toifasi va turlarini aniqlashi va 
belgilashi lozim. Masalan, kreditlash sohalari bo’yicha: tijorat faoliyati, sanoat, qishloq 
xo’jaligi, kapital qo’yilmalarni moliyalash va boshqalar. Kredit turlari bo’yicha: "kredit 
liniyalarini ochib va ochmay" kreditlash, lombard va veksel kreditlari va boshqalar. Kredit 
siyosatida maxsus ssudalarni berish direktiv tamoyillari aniq ifodalangan holda mazkur 
bank uchun mos kelmaydi yoki maqbul bo’lmaydi, deb hisoblanuvchi kredit turlari va 
toifalari ham ko’rsatilgan bo’lishi kerak. 
Kreditni to’lash muddati uni to’lashning birlamchi va ikkilamchi manbalarini 
sinchiklab baholash asosida belgilanishi kerak. Kredit siyosat rahbariyat nuqtai nazaridan 
har xil toifa va turdagi kreditlarni to’lashning ma'qul dasturlaridan iborat bo’lishi zarur. 
Kredit siyosati kreditlar berishning maksimal muddatlarini belgilashi lozim. Ushbu siyosat 
shuningdek kreditning asosiy summasini kredit to’lash muddatining so’ngida va kredit 
to’lashning boshlang’ich muddati uzaytirilayotganda qaytariladigan kredit turlarini berish 
tartibini ham o’z ichiga olishi kerak. Kredit siyosati to’lovlarni o’z vaqtida to’lanishini 
ta'minlash, mablag’larning qaytarilishi va berilgan kreditlar bo’yicha qarzdorlikni undirib 
olish bo’yicha chora-tadbirlarni o’z ichiga olishi lozim. 


280 
Bank kredit siyosati kredit berish bosqichida ham, keyingi monitoring bosqichlarida 
ham jismoniy va yuridik shaxslarning moliyaviy hisobotlariga nisbatan qo’yiladigan 
talablarni o’z ichiga olishi kerak. Moliyaviy hisobotlarni auditorlik tekshiruvlaridan 
o’tkazish, naqd pul oqimi va boshqa ma'lumotlar bo’yicha hisobotlarni taqdim etish 
yuzasidan qo’yiladigan talablar aniq ifodalanishi zarur. Shuni ham qayd etib o’tish 
lozimki, banklar talab qiladigan ma'lumotlar Milliy Buxgalterlik Hisobi Standartlariga 
(MBXS) muvofiq taqdim etilishi kerak. Kredit siyosatida potensial qarzdorlarning kredit 
qobiliyatini (likvidlik, qoplanish, muxtoriylik koeffisientlari, kapitallashtirish darajasi, 
garov ta'minoti ekspertizasi va boshqalar) aniqlash uchun ularning moliyaviy ahvolini 
tahlil qilish tadbirlari batafsil yoritilishi lozim. Bank qarzdorlarning kredit qobiliyati 
mezonlari va ularni baholash metodikasini aniq belgilab olishi zarur. Bundan tashqari, 
kredit siyosati qarzdorlar tomonidan biznes rejaga buyurtmalar portfelining tuzilishi va 
bank kreditidan foydalangan holda ko’rsatiladigan xizmatlar, ishlab chiqariladigan 
tovarlarni sotish bozorining mavjudligini kiritish bo’yicha talabni o’z ichiga olishi kerak.
Kredit siyosati muayyan turdagi qimmatliklar (ko’chmas mulk, avtomobillar va 
boshqalar) garovi asosida beriladigan ssudalarning maksimal miqdori limitlarini o’z ichiga 
olishi hamda ta'minlangan ssudalarning har bir turi uchun kredit hujjatlari to’plamini 
rasmiylashtirish tadbirlarini belgilashi lozim. Bank kredit siyosatida garov kreditlashning 
uni berish vaqtidayok kreditni to’lash manbasi (naqd pul yoki davlat qisqa muddatli 
obligatsiyalari (xazina veksellari) bilan ta'minlangan kreditlar bundan mustasno) 
hisoblangan yagona asosi bo’lmasligi belgilab qo’yilishi zarur. Kredit siyosati garovga 
olingan mulk turiga qarab garov mavziga nisbatan qo’yiladigan talablar va kreditning 
garov qiymatiga nisbatini o’z ichiga olishi kerak. Mazkur bandda garov mavzui sinchiklab 
baholanishi va uning bozor qiymati uni sotish lozim bo’lgan paytda yuzaga kelishi 
mumkin bo’lgan zarar o’rnini qoplashi lozimligi aniq yoritilishi zarur. Hujjatda garov 
mavzui mustaqil baholovchi va ichki bank baholovchisi tomonidan baholanadigan hollar 
ko’rsatib o’tilishi kerak. Turli garov toifalarini baholash uslublari batafsil aks ettirilishi 
lozim. Siyosat ko’chmas mulk, ishlab chiqarish jihozlari va iste'mol kreditlarini 
moliyalash uchun beriladigan kreditlarni to’lash hisobiga qarzdor tomonidan bo’nak 
to’lovlarini kiritishga doir muayyan talablarni o’z ichiga olishi zarur. 
Kredit siyosatida kreditlarni tasniflash tizimi aniq ifodalanishi lozim. Kredit 
xodimlari kredit portfelidagi barcha ma'lum bo’lgan salbiy o’zgarishlar to’g’risida 
rahbariyatga xabar berishlari kerak. Qarzdor yoki garov ahvoli yomonlashishini oldindan 
aniqlash ehtimoliy yo’qotishlarni kamaytirish uchun juda muhimdir. Kredit siyosati 
kreditlarning barcha toifalari bo’yicha "to’lovsizlik" tushunchasining aniq ifodalanishi, 
foizlarni o’stirmaslik mezonlari, shuningdek bank Boshqaruvi va Kengashining tegishli 
hisobotlariga nisbatan talablarni o’z ichiga olishi lozim. Hisobotlarda ahvolning 
yomonlashishi, yashirin zararlar sabablari va sog’lomlashtirish rejalari batafsil bayon 
etiladi. Kredit siyosat qarzlarni qaytarishga doir izchil bosqichma-bosqich chora-tadbirlar 
ko’rilishini talab qilishi kerak. Rahbariyat Markaziy bank tomonidan belgilangan 
talablarga muvofiq kreditlarni hisobdan chiqarish tadbirlarini ishlab chiqishi lozim.
Kredit siyosati turli kreditlar va qarzdorlar bo’yicha belgilanuvchi foiz stavkalarini 
aniqlashda foydalaniladigan omillarni o’z ichiga olishi kerak. Bunda hech bo’lmaganda 


281 
resurslar qiymati, kredit bo’yicha xizmat ko’rsatishga doir kutilayotgan xarajatlar, 
vositachilik haki, ma'muriy sarflar, ehtimoliy yo’qotishlarga qarshi zahiralar va bank 
marjasi baholanishi zarur.
Kredit siyosati bank bilan bog’liq shaxslarga beriladigan kreditlar bo’yicha 
Markaziy bank talablariga muvofik keluvchi limitlarni o’z ichiga olishi lozim. Kredit 
siyosatida bank bilan bog’lik shaxslar bilan bitimlarni qisqartirish yoki ularni tuzishning 
har qanday imkoniyatlarini bartaraf etish maqsadida bog’liq shaxslarga beriladigan 
kreditlarni tasdiqlash va qayta tiklash tartibi va tadbirlari belgilab qo’yilishi kerak. 
Kredit siyosatida kafolatlar va akkreditivlarning maqsadi va ishlatilishi, mansabdor 
shaxslarning bunday majburiyatlarni chiqarishga doir vakolatlari va bunday vositalar 
chiqarilishi mumkin bo’lgan hollar, shuningdek ularga doir hujjatlar va hisobotlarga 
nisbatan qo’yiladigan talablar batafsil yoritilishi lozim. Balansdan tashkari majburiyatlarni 
berishda moliyaviy xisobotlar (hujjatlar)ni taqdim etishga oid talablar kreditning istalgan 
boshqa turlarini berishda foydalaniladigan hujjatlar va hisobotlar bilan bir xil bo’lishi 
zarur. Tijorat akkreditivlari bo’yicha to’lovlarni o’tkazish, to’lov va yuk ortish hujjatlari 
(yuk xatlari), sug’urta polislari hamda xalqaro andozalar va tadbirlarga muvofiq talab 
qilinadigan boshqa hujjatlarga nisbatan qo’yiladigan qo’shimcha talablar qayd etilishi 
kerak. Siyosat bank kredit portfelini vaqti-vaqti bilan baholashga javobgar bo’lgan 
mansabdor shaxslar ro’yxatini belgilashi hamda kredit portfeli sifatini aniqlash va 
tuzatishlar minimal yuzaga keluvchi yo’qotishlar bilan kiritilishi uchun muammoli 
kreditlarni aniqlash uchun zarur bo’lgan ichki bank kredit tahlili maqsadlarini belgilab 
qo’yishi lozim. Tahlil maqsadlari kredit sifatini aniqlash bilan bir qatorda kreditlash 
jarayonini boshqarish sifatini baholash, jumladan, tasdiqlangan kredit siyosati 
muvofiqligini ta'minlash va kredit hujjatlarini rasmiylashtirish tadbiri, moliyaviy tahlil, 
garovni rasmiylashtirish va baholash, kreditlashga doir vakolatlarni taqsimlash, 
qonunchilik me'yorlariga rioya qilish.
Kredit siyosati bank xizmatlari va bo’linmalari tomonidan Bank Boshqaruvi va 
Kengashiga kreditlashning turli jihatlari bo’yicha topshiriladigan hamda kredit portfeli 
sifati va kredit portfelini boshqarish bilan bog’liq bo’lgan boshqa ma'lumotlarni o’z ichiga 
olgan hisobotlar turi va davriyligini belgilashi lozim. Hisobotlar filiallar va bank bo’yicha 
umuman kreditlash vositalari va yo’nalishlariga qarab tavakkalchiliklarni baholash uchun 
boshqarishning turli darajalariga moslashtirilgan hamda batafsil yoritilgan bo’lishi kerak. 
Tijorat banklari kredit siyosatini ishlab chiqqanlaridan keyin, kredit berish uchun 
maxsus hisob raqamlar bilan ishlashi kerak. Ushbu maxsus ssuda hisob raqamlari 
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 17-dekabrda ro’yxatga 
olingan 1435-sonli ” Tijorat banklarida kreditlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi 
to’g’risidagi” nizomgaa asosan ochiladi va yuritiladi.
Bank tomonidan berilgan kredit amaldagi qiymatida aks ettiriladi va u qarzdorga 
berilgan pul mablag’lari summasini ifodalaydi. Bank tomonidan kredit berilganda 
quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi: 
Dt 11900-15500 (tegishli ssuda hisobvarag’i) 
Kt 10301 - "Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i - Nostro" (agar mablag’ 
oluvchiga boshqa tijorat banki tomonidan xizmat ko’rsatilsa), yoki


282 
Kt – mablag’ oluvchining talab qilib olunguncha depozit hisobvarag’i (agar 
mablag’ oluvchiga mazkur bankda xizmat ko’rsatilsa) yoki 
Kt - 10100 - "Kassadagi naqd pul va boshqa to’lov hujjatlari" (kredit naqd pulda 
berilganda). 
Kreditlarning qaytarilishi qarz oluvchining asosiy, shuningdek ikkilamchi talab qilib 
olinguncha depozit hisobvaraqlaridan quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi orqali amalga 
oshiriladi:
Dt- qarz oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’i 
Kt - Ssuda hisobvarag’i
Agar kredit kafolat beruvchi (kafil) tomonidan qaytarilsa, quyidagi buxgalteriya 
o’tkazmasi amalga oshiriladi: 
Dt - Kafolat beruvchi (kafil) talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’i, yoki Dt 
10301 - Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i – Nostro (agar oluvchiga boshqa tijorat 
banki xizmat ko’rsatsa)
Kt - Ssuda hisobvarag’i 
Kreditlar qarz oluvchi tomonidan naqd pulda qaytarilganda quyidagi buxgalteriya 
o’tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10100 - "Kassadagi naqd pul va boshqa to’lov hujjatlari"
Kt - Ssuda hisobvarag’i. 
Agar kreditga foiz o’stirmaslik maqomi berilmagan bo’lsa, unda kreditlar bo’yicha 
foizlar tushumi quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi orqali aks ettiriladi:
Dt- qarz oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’i 
Kt 16309 - "Kreditlar bo’yicha hisoblangan foizlar" 
Foizlarni o’stirmaslik maqomi berilgan kreditlar bo’yicha foizlar hisobi Foizlarni
o’stirmaslik to’g’risida Nizom (ro’yxat raqami 1304, 2004-yil 24-yanvar)ga muvofiq 
amalga oshiriladi. 
Agar qarzdor tomonidan olingan garov bilan ta'minlanmagan kredit qaytarilmasa yoki 
to’liq qaytarilmasa, u holda ushbu kreditlar zararlar uchun tashkil qilingan zaxira hisobiga 
quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi orqali hisobdan chiqariladi: 
Dt - Kreditlar bo’yicha ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlar zaxirasi - Kreditning mos 
kategoriyasi (kontr-aktiv) 
Kt - Ssuda hisobvarag’i. 
Agar qarzdor tomonidan olingan garov bilan ta'minlangan kredit qaytarilmasa yoki 
to’liq qaytarilmasa, u holda bank olingan kreditni garovga qo’yilgan mol-mulk orqali 
undirish huquqiga ega. Undirib olish bo’yicha garovga qo’yilgan mol-mulk kim oshdi 
savdosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotiladi. Garovga qo’yilgan mol-mulkni 
sotishdan mablag’lar kelib tushganda:
Dt 10301- Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i - Nostro – debetlanadi
Kt 29801 "Mijozlar bilan hisob-kitoblar" hisobvarag’i kreditlanadi. 
Kreditlar bo’yicha asosiy qarzni va mazkur kredit bo’yicha hisoblangan, lekin hali 
olinmagan foizlarni qaytarish quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi orqali amalga oshiriladi:
a) Asosiy qarz qaytarilganda:
Dt 29801 "Mijozlar bilan hisob-kitoblar" 


283 
Kt - Ssuda hisobvarag’i. 
b) Asosiy qarz to’liq qaytarilgandan keyin, foizlar qaytarilayotganda: 
Dt 29801 "Mijozlar bilan hisob-kitoblar" 
Kt 41400-44600 - Kreditlar bo’yicha foiz daromadlari. 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish