Davlat shakli tarkibiy qismlarini batafsil bayon eting



Download 28,09 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi28,09 Kb.
#318884
Bog'liq
Davlat tuzumi


Kazus


“Davlat shakli” iborasini bir guruh olimlar “Davlat tuzumi”ning sinonimi sifatida qo`llaydilar va davlat shakli tushunchasiga davlat boshqaruv shakli, davlatning tuzilish shakli va siyosiy rejim kiradi, deb xisoblaydilar. Ikkinchi guruhlari olimlar davlat shakliga davlat boshqaruv shakli va davlat tuzilishi shakli kiradi deb, unga siyosiy rejimi qo’shmaydilar. Yana bir toifa huquqshunoslar davlat shakli - davlat hokimyatining tuzilishi shakli ekanligi ta’kidlab o’tadila Davlat shakli tarkibiy qismlarini batafsil bayon eting.

Javob


D1avlat uzoq davr ichida u shakllanib, rivojlanib, o`zgarib keldi. Tabiiyki, davlat insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida har xil shakllarga ega bo`lgan. Xar bir davlat – betakror ijtimoiy xodisadir. U x2ar qaysi xalq tarixiy va ma`naviy tarraqiyotining xosilidir, uning o`ziga xos, o`ziga mos madaniyati rivojining natijasidir. Davlatni uning shakli nuqtayi nazaridan o‘rganish – avvalo, davlat tuzilishi, uning asosiy tarkibiy qismlari va ichki strukturasini, shuningdek davlat hokimiyatini o`rnatish hamda amalga oshirishning asosiy usullarini anglashni nazarda tutadi. Turli inqilobiy guruhlar, fuqarolik urushlari yoki qo`zg`olonlar asosida davlat to`ntarishlari o`tkazib, o`ziga qulay bo`lgan davlat shaklini yaratishga intiladi. Jamiyatning rivojlanishi va aholi ongining o`sishi natijasida davlat shakllari o‘zgarib turadi hamda takomillashib boradi. Davlat shakli bu – o`z ichiga davlat boshqaruvi , davlat tuzilishi va siyosiy rejimni qamrab oluvchi siyosiy hokimyatni tashkil etish usullari yig`indisidir .Davlat shakli hamma davlatda ham bir hil emas chunki davlat shakli bir davlatda kuchli bo`lsa boshqasida qoloq darajada va shuning uchun davlat rivojlanmagan bo`ladi. Davlat shakli haqidagi masala davlat va huquq nazariyasi fanining, huquqshunoslikning eng muhim, sermazmun mavzularidan biri hisoblanadi. Unga alohida yondashish kerak. Ushbu fikrning tasdig`i sifatida huquqshunos olim I. Ilin quyidagilarni ta’kidlaydi: «Davlat shakli – murakkab va g`oyat mas’uliyatli masaladir, uni ehtiyotkorlik va mutlaqo xolis fikr bilan o‘rtaga qo‘yish zarur. Eng avvalo, davlat shakli xalqlar hayotiga daxlsiz bo`lgan «mavhum tushuncha» ham, «siyosiy chizgi» ham emas, balki hayot tarzi va xalq hokimiyatining jonli tashkil etilishidir»

Davlat boshqaruv shakli davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarining shakllantirilishi va tashkil etilish o`rni, ularning o`zaro hamda aholi bilan bog`liqligidir. Boshqaruv shakliga ko`ra, davlatlar monarxiya va respublikaga bo‘linadi. «Monarxiya» yunoncha so‘zdan olingan bo`lib («monos» – bir, «arhe» – hokimiyat), yakka hukmronlik, yakka hokimiyatchilik degan ma’noni anglatadi. Monarxiyaning bir nechta belgilari mavjud: – monarx davlatni shaxsiylashtiradi, tashqi va ichki siyosatda davlat boshlig`i hisoblanadi,davlatni o`zi yakka boshqaradi, hokimiyati muqaddas va daxlsiz deb e`lon qilinadi. Monarxiya oliy hokimiyat xalq tomonidan saylab qo`yilgan organlarga emas, balki meros tariqasida taxtni egallagan podsho-hukmdorga tegishli bo`ladi. Monarxiya boshqaruv shakliga ega bo`lgan davlatlarda mamlakat boshliqlari imperator, xon, podsho, sulton, qirol, qirolicha, amir, shoh kabi nomlar bilan ataladi. Monarx davlatni yakka o`zi boshqaradi. U davlatning barcha ishlarini bir o`zi hal etmaydi. Turli davlat organlarida xizmat qiluvchi ko`p sonli maslahatchilar, vazirlar, amaldorlar davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etadi. Eng muhim davlat ishlari bo`yicha monarxning o‘zi hukm chiqarishiga to‘g‘ri keladi. U davlat hokimiyatining to`laqonli suveren egasidir. Hukmdor qoidaga ko`ra, qurolli kuchlarning bosh qo`mondoni hisoblanadi. Monarxiyaning uchta turi bor: mutlaq monarxiya, cheklangan monarxiya va noan’anaviy monarxiya. Mutloq monarxiyada davlat egasi yagona monarx bo`lib u butun hokimyat (qonunchilik,ijro va sud) ni o`z qo`lida to`plagan bo`ladi uning hokimyati hech qaysi organ tomonidan cheklanmaydi, bularga misol(Qatar, Bruney). Cheklangan monarxiyaning mutlaq monarxiyadan farqi shundaki monarx hokimiyatining vakolatlari konstitutsiya va qonun asosida yoki davlatning biron-bir vakolatli idorasi tomonidan cheklangan bo`ladi. Cheklangan monarxiya ikki turga bo`linadi: parlamentar va konstitutsiyaviy . P3arlamentar monarxiyada davlat boshlig`i amalda mamlakatni to`liq boshqara olmaydi parlamentar monarxiyani belgilari bor bular: monarx hokimyati barcha sohalar bo`yicha cheklangan bo`ladi, ijro hokimyati hukumat tomonidan amalga oshiriladi hukumat monarx oldida emas parlament oldida javobgar bo`ladi, hukumat parlament saylovida g`olib bo`lganlardan tayinlanadi hukumat boshlig`i etib ko`pchilik deputatlik o`rniga ega bo`lgan partiya raxbari tayinlanadi, qonunlarni parlament qabul qiladi. Konstitutsiyaviy monarxiya bu monarxning hokimyati konstitutsiya bo`yicha vakillik organlari tomonidan cheklanagn bo`ladi. Davlat boshqaruvining respublika shaklida davlat hokimiyati va boshqaruvning oliy organlari bevosita xalq tomonidan yoki xalq saylagan organlar tomonidan saylash yo`li bilan tuziladi va uning vakolati muayyan muddatga belgilanadi. «Respublika» lot. respublika – «jamoa ishi», «xalq ishi», davlat degan ma’noni anglatadi. Respublikaning asosiy belgilari – hokimiyat oliy organlarining saylab qo`yilishi, hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi, qonunlarning bajarilishini nazorat qiluvchi organ – sudlarning mavjudligi, fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda bevosita va bilvosita ishtirok etishi. Respublika4 hozirgi dunyoda keng tarqalgan davlat boshqaruv shakli bo`lib, uning ikki turi mavjud: 1) prezidentlik respublikasi; 2) parlamentar respublika. Prezidentlik boshqaruvi «kuchli prezident» qoidasiga asoslaniladi. Prezident hukumat boshlig‘i hisoblanib, uni tuzadi va hukumat prezident oldida hisobot beradi. Prezident ham rasman va amalda davlat boshlig`i hisoblanib, maxsus tartibda xalq yoki saylovchilar hay’ati tomonidan saylanadi, shu bois u parlamentdan mustaqil holda faoliyat yuritadi. Prezident mustaqil holda normativ va normativ bo`lmagan hujjatlar qabul qilish va parlament qabul qilgan qonunlarga veto qo‘yish huquqiga ega. Davlat boshlig`i keng vakolatlarga va mamlakatda hokimiyatni amalga oshirishda muhim o`ringa ega bo‘lib, shaxsan o‘zi yoxud parlament roziligi bilan hukumat a’zolarini tayinlaydi hamda vazifasidan ozod qiladi, shuningdek ba’zi hollarda parlamentni ham tarqatib yuborish huquqiga ega. Prezident ijroiya hokimiyat rahbari bo`lsada, hozirgi vaqtning o`zida millatning yaxlitligi ramzi hisoblanadi. Prezident mamlakatda oliy bosh qo`mondon vazifasini ham amalga oshiradi. Masalan, Rossiya, Fransiya, O`zbekiston Respublikasi va boshqa qator davlatlarda prezident bevosita xalq tomonidan saylanadi. Saylovlar tegishli qonunlar asosida amalga oshiriladi. Parlamentar respublikaning mohiyati shundan iboratki, parlament oliy davlat hokimiyat organlari orasida muhim mavqega ega bo`lib, hukumatni tuzishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Hukumat parlament oldida hisobdordir. Hukumatni parlament saylovlarida eng ko`p o`rin egallagan partiya tuzadi. Davlatning amaldagi rahbari hukumat boshlig`i – Bosh vazir bo`lib, u qoidaga ko`ra saylovlarda g`olib chiqqan partiya yo`lboshchisi hisoblanadi. Parlament davlat hokimiyati organlari tizimida eng muhimidir. Hukumat o`z vazifalarini qonun chiqaruvchilarning aksariyati qo`llab-quvvatlasagina bajarishi mumkin, bunday ishonchdan mahrum bo‘lgan taqdirda, u iste’foga chiqadi. Parlamentar respublikalarda prezidentlik lavozimi ko‘zda tutilgan bo`lsada, odatda, u katta mavqega ega bo`lmaydi. Ushbu boshqaruv shaklida «kuchli parlament» qoidasi amalda bo`lib, parlament keng doiradagi vakolatlarga ega bo`ladi. Jumladan, Germaniya, Avstriya, Italiya, Hindiston kabi davlatlar parlamentar respublika shaklidagi davlatlar qatoriga kiradi. Shuningdek, jahon tajribasida respublikaning aralash shakli ham uchrab turadi. Aralash (prezidentlik-parlamentar) respublika boshqaruv shakli noan’anaviy monarxiya shakli singari boshqaruv amaliyotida kam uchraydigan turlardan biri bo`lib, yuridik adabiyotlar va huquqshunoslik manbalarida batafsil o`rganilmagan. Aralash respublika shakli mamlakatda bir vaqtning o`zida «kuchli parlament»

Davlatning tuzilish shakli deganda, muayyan davlatning siyosiy, ma’muriy, hududiy tuzilishi va uning oliy organlari bilan mahalliy organlari o`rtasidagi aloqalar e’tirof etiladi. Davlatning tuzilish shakli ikkiga bo`linadi: oddiy (unitar) va murakkab (federativ va konfederativ). Oddiy (unitar) davlat tuzilishida mamlakat ma’muriy-hududiy qismlarga (viloyatlar, shtatlar, okruglar, grafliklar, tumanlarga) bo`linib, u yagona oliy organ, yagona boshqaruv organlari tizimiga, faqat bitta umumdavlat konstitutsiyasiga, yagona fuqarolikka, muayyan yaxlit hudud, davlat chegarasi, yagona armiya, yagona pul birligi va qonunchilik tizimiga ega bo‘ladi. Bunda har bir ma’muriy-hududiy birlik davlat tuzilmasi maqomiga ega bo‘ladi. Unitar davlatlar (lotincha «unitas» so`zidan olingan bo`lib – «yagona», «bir butun» degan ma’noni anglatadi) oddiy tuzilishga ega yaxlit davlat bo`lib, to`la siyosiy birlik ekanligi bilan farqlanib turadi. Federativ davlat (lotincha «foederare» so`zidan olinib, «ittifoq bilan mustahkamlash» ma’nosini anglatadi) murakkab davlat demakdir.5 Federativ davlat – teng huquqli respublikalar, shtatlar, kontonlar va boshqa davlat tuzilmalarining ixtiyoriy birlashuvi asosida tashkil topadi. zida talqin6 etiladi.

``Siyosat``- yunoncha ``politika``so`zining tarjimasi bo`lib , uning ma`nosi ``davlatning boshqarish san`ati`` ,``davlat ishlari `` demakdir .

Siyosiy rejim – davlat hokimiyatini amalga oshirishda foydalaniladigan tartib va usullar yig`indisi. Davlat hokimiyati har bir mamlakatda o`ziga xos xususiyatga ega, shu bois siyosiy rejim ham turlicha qaror topadi va namoyon bo‘ladi. Muayyan davlatning siyosiy rejimi mohiyati va mazmuni o`ziga xos mezonlar, ya’ni, davlat hokimiyatining aholi bilan munosabati qaysi yo`llar va qanday usullar orqali amalga oshirilishi, siyosiy sohada turli kuchlarning o`zaro munosabatlari, jamoat tashkilotlarining jamiyat siyosiy tizimidagi mavqei qay darajadaligi bilan belgilanadi. Siyosiy rejim nodemokratik va demokratik turlarga bo`linadi. Demokratik rejimga xos bo`lgan belgilar: Iqtisodiy faoliyat sohasida shaxsning erkinligi, davlat hokimyati faoliyatiga xalq tomonidan to`g`ridan-to`g`ri ta`sir qilishning samarali mexanizmlarining mavjudligi, shaxsiy huquq va erkinliklarning kafolatlanganligi, oshkoralik, ommaviy axborot vositalarining erkinligi va senzuradan xoli ekanligi, barcha davlat organlari faoliyatining qonuniylik tamoyiliga asosolanishi.

Nodemokratik siyosiy rejimga xos bo`lgan belgilar: yagona partiya diktaturasining o`rnatilganligi, ijtinoiy hayotning barcha sohalari ustidan davlaning to`la nazorati o`rnatilganligi, fuqarolarning huquq va erkinliklarining yetarli darajada kafolatlanmaganligi, jamoat tashkilotlari faoliyatining davlat tomonidan qat`iy nazoratga olinishi.

Xulosa qilib aytishimiz mumkunki ikkinchi guruh olimlarining gapiga mutlaqo qo`shilmayman chunki davlat shaklida davlat siyosiy rejimi bu davlat hokimyatini amalga oshiruvchi, hokimyat bilan aholi munosabatini tartibga soluvchi tizim hisoblanadi.Agar siyosiy rejim bo`lmasa davlatda hokimyat yuqori kuchga ega bo`lmaydi va davlat va jamiyat o`rtasidagi munosabat buziladi.uchinchi guruh olimlarining ham fikrlari noto`g`ri deb hisoblayman chunki davlatda tuzilish shaklidan ko`ra boshqaruv katta ahamiyatga ega ular ikkita: respublika va monarxiyadir har birining o`ziga xos jihatlari bor. Agar davlatda har bir organlar va fuqarolar ustidan nazorat bo`lmasa hamda davlatning boshqarish rejasi bo`lmasa bu davlatda g`alayonlar va noroziliklar kelib chiqishi mumkun va davlat tanazzulga yuz tutadi. Shulardan xulosa qilamanki yuqorida takidlangan birinchi guruh olimlarining gapi mutlaqo to`g`ri deb hisoblayman ya`ni davlat shakli uch turga bo`linadi, bular: davlat boshqaruv shakli, davlat tuzilish shakli, siyosiy davlat rejimidan iborat va bularning hammasi bir biri bilan chambarchas bog`liq

Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov “Biz hozir o`zgartirayotgan sovet sotsialistik davlati xalqimiz hayotiga chetdan zoravonlik bilan joriy etilgan edi. Bu davlatning shakli va mohiyati xalqimizning axloqiy, ma`naviy va ruhiy qadriyatlariga to`g`ri kelmaydigan, mos kelmaydigan tizimga asoslangan edi” takidlab o`tgandilar. Bundan tashqari huquqshunos olim I. Ilin quyidagilarni ta’kidlaydi: «Davlat shakli – murakkab va g`oyat mas’uliyatli masaladir, uni ehtiyotkorlik va mutlaqo xolis fikr bilan o`rtaga qo‘yish zarur. Eng avvalo, davlat shakli xalqlar hayotiga daxlsiz bo‘lgan «mavhum tushuncha» ham, «siyosiy chizgi» ham emas, balki hayot tarzi va xalq hokimiyatining jonli tashkil etilishidir». Bundan xulosa qilib aytish mumkunki davlat tuzilishi davlatning hayotiga va fuqarolarga katta tasir ko`rsatishi mumkun, davlat va fuqorolar o`rtasidagi munosabatda ham juda katta ahamiyatga ega.

Foydalangan adabiyotlar



  1. Saydullayev.Sh. Davlat va huqu nazariyasi. Darslik. -Toshkent:TDYU, 2018

  2. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.3. T.1996,

  3. Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. – Тoshkent«Adolat»,2018

Foydalanilgan ijtimoiy tarmoqlar

https://hozir.org/

https://library-tsul.uz/category/davlat-va-huquq-nazariyasi/

https://arxiv.uz/



1 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. – Тoshkent. «Adolat», 2018. -87-bet


2 Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.3. T.1996, 6-bet.


3 Saydullayev.Sh. Davlat va huqu nazariyasi. Darslik. -Toshkent:TDYU, 2018.- 61-bet



4 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. – Тoshkent. «Adolat», 2018 – 91-bet


5 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. – Тoshkent. «Adolat», 2018 – 96-bet

6 Saydullayev.Sh. Davlat va huqu nazariyasi. Darslik. -Toshkent:TDYU, 2018.- 75-bet



Download 28,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish