"bank ishi" kafedrasi



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/141
Sana15.06.2022
Hajmi3,89 Mb.
#675130
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   141
Bog'liq
Bank ishi ma\'ruzalar tòplami

1-rasm. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kredit mexanizmi.
67
67
S. Norqobilov, H. Ortiqov “Kredit mexanizmi va uning elementlari ““ Farg’ona “ nashriyoti 2012y. 24-bet. 


275 
Bozor iqtisodiyotining o’ziga xos kredit mexanizmiga to’xtaladigan bo’lsak, uning 
akkumulatsiya mexanizmi sifatida bank resurslarining jalb qilinishi tushuniladi. Bozor 
iqtisodi sharoitida akkumulatsiya mexanizmi ikki elementdan tashkil topadi: 
1. Tijorat banklarining o’z mablag’lari; 
2. Tijorat banklarining jalb qilingan mablag’lari; 
a) depozit mablag’lar; 
b) nodepozit mablag’lar; 
Bank resurslarining asosiy manbasini jalb qilingan mablag’lar egallab, ular bank 
resurslarining 80-90 foizini tashkil etadi. Jalb qilingan mablag’lar aktiv operasiyalarni
avvalo kredit operasiyalarini amalga oshirish uchun pul resurslariga bo’lgan ehtiyojni 
qoplaydi. Yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtinchalik bo’sh mablag’laridan foydalanish 
orqali, tijorat banklari ular yordamida xalq xo’jaligining va aholining qo’shimcha aylanma 
mablag’larga bo’lgan ehtiyojini qondiradi, pullarni kapitalga aylanishiga yordam beradi. 
Banklar mablag’larni jalb qilish imkoniyatlari chegaralangan bo’lib, barcha mamlakatlarda 
bu jarayon Markaziy bank tomonidan tartibga solinib turadi. Jalb qilingan mablag’lar 
tijorat banklari kredit resurslarining asosiy qismini tashkil qiladi. O’zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki bank kapitali bilan jalb qilingan mablag’lar orasidagi 
nisbatni bir qator zaruriy me'yorlar yordamida tartibga soladi. Bu quyindagi normativlar: 
kapital etarliligi, bir kredit oluvchiga to’g’ri keladigan maksimal risk miqdori, aholidan 
jalb qilingan depozitlarning maksimal miqdori va boshqalar.
Depozit siyosatiga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri tijorat banklari 
tomonidan muddatli va jamg’arma depozitga to’lanadigan foiz stavkalarining 
shakllantirish hisoblanadi. Bu albatta bankning kredit siyosati bilan birgalikda ishlab 
chiqiladi. Tijorat banklari depozit siyosatiga ta’sir qiluvchi ikkinchi omil Markaziy 
bankning majburiy zahira siyosati hisoblanadi. Majburiy zahira stavkasining o’zgarishi 
bank resurslari likvidligiga ham ta’sir o’tkazadi. Hozirgi kunda bu stavkalar respublikamiz 
bank amaliyotida muddatlarga qarab takomillashtirilgan: 
1 yilgacha muddatda – 15% 
1 yildan 3 yilgacha muddatda – 12% 
3 yildan uzoq muddatga – 10,5% 
Bu siyosatni ishlab chiqilishi ustidan bevosita Markaziy bank o’z nazoratini amalga 
oshiradi. 
Jalb qilingan mablag’larni asosiy qismini depozitlar tashkil qiladi. Banklarda 
maksadlarni amalga oshirish uchun pul mablag’larini qo’yilmalarga jalb qilish 
operasiyalari depozit operasiyalari deyiladi. Depozitlar faqatgina omonatchiga emas, shu 
bilan birga bankka ham manfaatlidir. Ko’pgina depozitlar orqali bankning ssuda kapitali 
shakllanadi, keyinchalik esa bank turli xo’jalik sohalarini qulay shartlar asosida 
kreditlaydi. Depozit va kredit foizlari orasidagi farq bo’sh pul mablag’larini jalb qilish va 
ssuda kapitalini joylashtirish borasidagi bank marjasi (mukofoti) bo’lib hisoblanadi. 
Bankning “Oltin qoidasi”ga ko’ra, bank moliyaviy talablarining hajmi va muddati bank 
majburiyatlari miqdori va muddatiga mos kelishi kerak. Bu qoidaga rioya qilib, banklar 
joriy hisobraqamlar bo’yicha qoldiqlarni kredit resursi sifatida ishlata olmaydilar, chunki 
mijozlar ularni hohlagan vaqtda talab qilib olishlari mumkin. Va’holanki, mijozlar, odatda, 


276 
o’z mablag’larining hammasini birdaniga olishmaydi, shuning uchun, bankning naqd pul 
zahirasi omonatlarga nisbatan shakllanadi. 
Bankning o’z mablag’lari deganda, ustav fondidan tashqari moliyaviy 
barqarorlikni, xo’jalik faoliyatini ta’minlash maqsadida tashkil qilingan turli jamg’armalar, 
joriy va o’tgan yildagi faoliyat natijasidan olingan sof foydani tushunish kerak. 
Bank kapitalining shakllanishi va uning har yili oshirib borilishi nafaqat 
akkumulatsiya mexanizmi, balki bankning boshqa operatsiyalari shuningdek nufuzi, 
banlararo raqobatbardoshligi, mijozlarning ishonchini qozonishi va inqirozlarga chidamli 
bo’lishi uchun xizmat qiladi. “Kapitalning yetraliligi” termini bankning ishonchliligini va 
riskni bajarish darajasini aniqlaydi. Bu yerda yetarlilik tamoyili kelib chiqadi: o’z kapitali 
hajmi risk bo’yicha hisoblangan aktivlar hajmiga mos kelishi kerak.
Bunda kapitalning riskka tortilgan aktivlar miqdoriga nisbatan bank kapitali sifatida 
olinadi. O’zbekiston respublikasi tijorat banklariga qo’yilgan kapital yetalilik darajasi 
Bazel qo’mitasi talablaridan biroz farq qilib, respublikamiz tijorat banklarining o’ziga 
xosligidan kelib chiqqan holda belgilangan. Markaziy bankning 2000-yil 26-apreldagi 
422-sonli nizomiga muvofiq bank umumiy kapitali yetarlilik darajasi minimal miqdori 10 
foiz, asosiy kapital yetarlilik darajasi minimal miqdori 5 foizni tashkil qiladi. Bankning 
ustav kapitalidan tashqari qo’shimcha kapital, taqsimlanmagan foyda kabi o’z mablag’lari 
jalb qilingan mablag’lar miqdorining va sifatining oshishiga bevosita ta’sir qiladi.
O’zbekistonda banklarning moliyaviy barqarorligini oshirish va mustahkamlash 
borasida ko’rilgan chora tadbirlar natijasida tijorat banklarining umumiy kapitali 2010-
yilda 4 trillion 100 milliard so’mga yetgan. Shu yili banklar kapitalining yetarlilik darajasi 
23,4 foizni tashkil etgan va Bazel qo’mitasining banklar kapitalining yetarlilik darajasi 
minimal miqdoridan qariyb uch barobar ko’pdir.
68
Tijorat banklari tomonidan jismoniy va 
yuridik shaxslarning pul mablag’larini bankka jalb qilish bilan bog’liq operatsiyalar 
depozit operatsiyalari deyiladi. Bu operatsiyalar yordamida tijorat banklari passivlarining 
qariyb 90 foizini tashkil qilib oladilar. Ularning asosiy qismini talab qilib olinguncha 
depozitalar tashkil qiladi. Qolgan qismi esa muddatli va jamg’arma depozitlariga 
tegishlidir.
Tijorat banklari resurs bazasi ya’ni o’z va jalb qilib olingan mablag’lari birgalikda 
bozor iqtisodiyoti sharoitidagi o’ziga xos shakllangan kredit mexanizmining 
akkumulatsiya mexanizmi asosiy elementlari bo’lib hisoblanadi. Bu elementlarning har 
birining rivojlanishi va ko’payishi kelajakda rejalashtirilgan kreditning manbasi bo’lib 
xizmat qiladi. Tijorat banklari resurslar bazasini yanada to’liqroq aniqlashtirish maqsadida 
yuqorida rasmda keltirilgan. “

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish