B mengliyev, G. Tojiyeva



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/182
Sana02.06.2022
Hajmi2,83 Mb.
#630109
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   182
Bog'liq
tilshunoslikka kirish b.mengliyev, g.tojiyeva

Lola o`qidi; Lola o`qiydi; Lola o`qiyotir; Лола прочитала; Лола читаеть…
Sifat darajalari ham grammatik ma’no anglatadi. Ular narsa, predmet, hodisalarning borliqdagi nisbiy farqini aks ettiradi: 
tor/ torroq /eng tor; go`zal/ go`zalroq/ eng go`zal; красивый-красивее-самый красивый. 
Mana shunday ma’lum bir shaklda mujassamlangan va tilda ifodalanishi zarur bo`lgan umumlashgan, lug`aviy ma’no ustidagi 
ustama ma’no ─ grammatik ma’no sanaladi. Grammatik ma’no aytib o`tganimizdek, rang-barang usullar bilan ifodalanadi. Grammatik
ma’nolar quyidagi usullar bilan ifodalanadi: 
1.
Affiksatsiya. 
2.
Yordamchi so`zlar.
3.
So`z tartibi. 
4.
Takror. 
5.
Ohang. 
6.
So`zlarni juftlash. 
7.
Ichki fleksiya. 
8.
Urg`u. 
9.
Suppletivizm. 
1.Affiksatsiya tilimizda grammatik ma’noni ifodalashning eng keng tarqalgan usuli bo`lib, tilimizga xos bo`lgan grammatik 
ma’nolarning deyarli barchasi son, egalik, kelishik, hurmat, shaxsiy munosabat, belgi darajasi, harakat, nisbat, tarz (harakatning 
sodir usuli), bo`lishli-bo`lishsizlik (tasdiq-inkor), mayl- zamon, shaxs-son affiks - qo`shimchalar yordamida ifodalanadi. O`zbek tilida, 
asosan, suffikslar, ya’ni o`zak yoki asosdan keyin qo`shiladigan qo`shimchalar ishlatiladi. Tilimizda eroniy tillardan kirgan bir qator
[be-], [bo-], [ser-][no-][ba-] kabi prefikslar ─ o`zak va asosdan oldin keladigan qo`shimchalar ham o`zlashib qolgan. Lug`aviy shakl 
va aloqa - munosabat qo`shimchalari vositasida yasaladigan shakllar tilshunoslikda s i n t e t i k shakllar deb aytiladi. Chunonchi
kitoblar, akamga, uylarimizda, kelmasaydingiz, yaxshiroq, o`nta kabi shakllar sintetik shakl sanaladi. O`zbek tilida kelishik shakllari 
standart holda(tushum kelishigi faqat – ni orqali ifodalanadi) bo`lsa, rus tilida kelishik ma’nosi turli shakllar orqali ifodalanadi. Qaratqich 
kelishigining birlik ma’nosi: a (окна), и (тетради), я (коня) va h.
2. Yordamchi so`zlar. Bular ham grammatik ma’no ifoda qilish uchun qo`llaniladi. Ko`makchilar ot, ma’nosi toraygan 
so`zlar bilan birga kelib, o`zi aloqador bo`lgan so`zni boshqa so`z bilan munosabatga kiritadi: Biz kelajakka ishonch bilan qaraymiz 
(A.Q.) - holat ma’nosi voqelangan; Telefon orqali gaplashdim –vosita ma’nosi voqelangan; Do`stlik biz uchun hamisha ilhom va kuch-
quvvat manbai bo`lib kelgan (O’.U.) – atalganlik ma’nosi voqelangan. O`zbek tilida yordamchi so`zlar juda katta guruhni tashkil etadi
ko`makchi, bog`lovchi va yuklamalarning yarim bog`lovchi, yarim ko`makchi, yarim yuklama kabi turlari mavjud bo`lib, bunday so`zlar 
ham mustaqil, ham yordamchi ma’noga ega. Chunonchi, Ishning boshida Abdurahim turar edi. 
Yordamchi so`zlar sifatida o`zbek tilida juda, eng, bag`oyat, nihoyatda, o`ta, sal, birmuncha kabi ravishlar ham, olmoq, 
bermoq, qolmoq, o`tirmoq, chiqmoq, ketmoq, boshlamoq, bo`lmoq kabi 40 dan ortiq fe’llar ham keng qo`llaniladi. Yordamchi so`zlar 


70 
vositasida yasalgan shakllar a n a l i t i k shakllar deb ataladi. Tilimizda juda ko`p holatlarda ayni bir grammatik ma’no sintetik shakl 
bilan ham, analitik shakl bilan ham ifodalanishi mumkin. Chunonchi, Kitobni akamga (akam uchun /akamga deb / akamga atab/ 
akamga mo`ljallab/...) oldim. Ingliz tilidа the va a (n), frаnsuz tilidа le, un, nemis tilida der, das kаbi аrtikllаr grаmmаtik mа’nо ifоdаlаydi. 
Masalan, the table ingliz tilidа аniqlik grаmmаtik mа’nоsini ifоdаlаyapti. Rus tilidа в, на, под kаbi prеdlоglаr turli mа’nоlаrni ifоdаlаydi.
3.Takror (reduplikatsiya)- bir so`zni aynan ikki marta takrorlash sanalib, bunda ham turli grammatik ma’nolar hosil qilinadi: 
predmetning ko`pligi, belgining oshirilishi, ma’noning kuchayishi, harakatning takrorlanishi hamda uzoq davom etishi va boshqalar. 
Chunonchi, etak-etak paxta ─ miqdoriy ko’plik; ayta- ayta charchamoq  harakat davomiyligi. 
Grammatik vosita sifatida takror malay (indoneziya tili), hind, xitoy singari tillarda ishlatiladi. Masalan: xitoy tilida син – yulduz, 
син-син – yulduzlar; hind tilida бхай – birodar, бхай-бхай – birodarlar; malay tilida orang – kishi, orang-orang- kishilar Tilimizda bu
usulning to`liq takror (etak- etak paxta) va qisman takror (qip - qizil, ko`m- ko`k, yam - yashil)  va tilimizgagina xos bo`lib, fanda 
"sadodosh takror" (слово-эхо) deb atalgan ko`rinishi ham keng tarqalgan (mayda- chuyda, she`r-pe’r, kitob -mitob, ko`k- mo`k, qizil- 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish