69
Mavzu: Grammatik ma’no ifodalash
usullari. Grammatik shakl turlari
Reja:
1. Grammatik ma’no ─ grammatik munosabat ifodalaydigan umumiy ma’no.
2. Grammatik ma’no ifodalovchi vositalar haqida.
3. Umumiy xulosalar.
Mavzu bo`yicha tayanch tushuncha:
Grammatik ma’no, grammatik shakl, grammatik ma’no ifodalovchi usullar, suppletivizm, ichki fleksiya, grammatik ma’noning turli
usullar bilan ifodalanishi, bir grammatik shaklning polifunksionalligi.
Grammatik ma’no, grammatik shakl va grammatik kategoriya grammatikaning eng muhim tushunchaidir va bular o`zaro
uzviy bog`langan. Grammatik ma’no tilda rang-barang usullar bilan ifodalanadi. Dastlab, grammatik ma’no to`g`risida mufassal
to`xtaylik. Grammatik ma’noning tashuvchisi va ifodalovchisi grammatik shakl sanaladi. Tabiatan agglyutinativ va sintetik bo`lgan o`zbek
tilida qo`shimchalardan aloqa - munosabat qo`shimchalari va lug`aviy shakl hosil qiluvchi qo`shimchalar, asosan, grammatik ma’no
ifodalaydi. Masalan,
kitobi so`zshakliga e’tibor bersak. Bu shakldagi [
-i] qo`shimchasi kitobning qandaydir uchinchi bir shaxsga
tegishliligini ifodalasa,
"O`tgan kunlar" kitobi” birikmasida tur va jins nomini o`zaro bog`lab birikma hosil qilyapti. Shu ma’nolar [-
i]
qo`shimchasida mujassamlangan va shu ma’no ushbu affiksal morfema orqali yuzaga chiqmoqda. Kelishik qo`shimchalari grammatik
ma’no ifodalaydi. Masalan,
"Javondagi kitoblardan oldi" gapida [–
dan]
qo`shimchasi ma’lum bir manbadan biror narsa
ajralayotganini ifodalasa,
"Vijdondan qo`rqing" gapida [-
dan]
vijdon va "
qo`rqmoq so`zlarini bir-biriga bog`lashga xizmat qilyapti,
"Anvar
uydan chiqdi" gapida esa
Anvar degan shaxsning chiqish joyini ko`rsatmoqda. Yuqorida keltirgan misollarimizdan shunday xulosaga
kelish mumkinki, grammatik ma’no lisoniy va nolisoniy munosabatlarning muayyan shakl(qolip) da mujassamlangan mavhum inikosidir.
Chunki, yuqoridagi
kitobi so`zidagi [
–i]
qo`shimchasida, "
Javondagi kitoblardan oldi" gapidagi [
-dan] qo`shimchasida nolisoniy
munosabat yotsa,
"O`tgan kunlar” kitobi” birikmasidagi [-
i] va
"Vijdondan qo`rqing" gapidagi [-
dan] qo`shimchalarida sof lisoniy
munosabat mujassamlangan. Shuning uchun grammatik ma’no tarkiban murakkab bo`lib, lisoniy va nolisoniy munosabatlar inikosining
birikishidan iboratdir.
Fe’l zamonlari ham grammatik ma’no ifodalaydi. Bu zamonlar faqat nutqdagi, matndagi so`zlarning qaysi zamonga oid
ekanligini ko`rsatish bilan chegaralanmay, balki tashqi dunyoda sodir bo`ladigan voqea va hodisalarning qachon bo`lib o`tganini,
ya’ni aynan gapirilayotgan vaqtda yoki gapirilayotgan vaqtdan oldin yo keyin sodir bo`layotganligini ifodalash uchun ham xizmat qiladi
:
Do'stlaringiz bilan baham: