B mengliyev, G. Tojiyeva



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/182
Sana02.06.2022
Hajmi2,83 Mb.
#630109
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   182
Bog'liq
tilshunoslikka kirish b.mengliyev, g.tojiyeva

daraxtlari) umumiy bo`lgan tomon - tanasi, shoxi bor o`simlik. Bizning ongimizda daraxt xuddi shu ma’no bilan yashaydi. "Umumiylik - 
bevosita kuzatishda berilgan alohida xususiyliklardagi belgilarning ongimizdagi obrazi" [1,8;]. Umumiyliklar mayda - chuyda 
belgilarni o`z ichiga olmaydi, umumiylik xususiyliklarda takrorlanib turadi. Demak, xulosa shuki, xususiylik - takrorlanmas, 
chegaralangan; umumiylik - takroriy, chegaralanmagan. 
Istalgan butunlik shakl va ma’no tomondan iborat bo`ladi. Yana daraxt misoliga qaytamiz. Daraxtning shakl tomoni bizga 
ma`lum: qattiq tanali o`simlik. 
Daraxt nima uchun kerak? 
a) soya soladi; 
b) meva beradi; 
v) yog`och beradi... Mana shu vazifalar daraxtning mazmun tomonidir, ya’ni vazifasi. 
Nutqiy hosilalarning mazmuni turli nutqiy sharoitda qanchalik xilma - xil bo`lmasin, ma’lum bir lisoniy umumiylik 
ma’nosining tajallisidir. Masalan, bir oddiy piyola ham ichish quroli, ham o`lchov andazasi, ham aylana chizish mumkin... Lekin piyolaning 
umumiy mazmuni-choy yoki boshqa suyuqlik ichish uchun mo`ljallangan o`zbek milliy ro`zg`or buyumi. Ongimizda piyola mana 
shunday yashaydi. Chunki "nutqdagi xususiy ma’nolar lisondagi umumiy ma'nolarning tajallisi" [1,11;]. Umumiy ma’no ma’lum bir
fonema, morfema, leksemaning paradigmadagi o`rni,mavqeidan ochiladi. Masalan, leksemalardagi umumiy ma’no shu leksemaning 
o`zi munosabatdosh bo`lgan leksemalar qatoridan anglashiladi. "Ota" leksemasi ongimizda quyidagi paradigmada yashaydi va UGMsi 
o`shandan ochiladi: 
/bobo/: /buvi/ 
/ona/ : /ota/ 

/bola/ 

/nevara/ : 
Ushbu paradigmadan "ota" so`zining UGMsi kelib chiqadi: birinchi avlod, bevosita qon-qarindosh, katta, erkak. 
Leksemalardagi UGM s e m e m a deyiladi. Demak, umumiylikning mohiyati ma’lum bir umumiylikni o`ziga o`xshash va farqli 
umumiyliklar bilan munosabatidagina ochilishi mumkin. 
Sh. Shahobiddinova ishida XGM va UGMlar atroflicha talqin qilingan. Jumladan, son kategoriyasi shakllarining XGM va 
UGMlari. 
[-lar] ning XGMlari: 
a) ko`plik - Unda shirin - shirin bananlar bor (Sh. Yul.); 
b) jamlik - ishchilar sinfi - ishchi sinfi; 
d) bog`liqlik va o`xshashlik - Avvalgi sarvigullar o`qishni tugatishdi (Sh. Yul.); 
e) taxmin - Soat beshlarda keldi; 
f) kuchaytirilgan ma’no - Tillarimga ko`cholmaydi bo`g`zimdagi azobim... (U. Azimov). 
[o] shakl XGM lari: 
a) jamlik - Gadoning dushmani gado bo`ladi (A.O.); 
b) ko`plik - Majlisga yigirma kishi keldi (aniq ko`plik); U qishloqda uch - to`rt kun qoldi (noaniq ko`plik); 
d) birlik ifodalash - bunda ko`rsatish olmoshlari, "bir" so`zi ko`proq ishtirok etadi: Ushbu yodgorlikka murojaat qilar ekanman, 
mening maqsadim bitta... (O.Matjon). 
Demak, son kategoriyasi shakllari uchun quyidagi UGMlarni ko`rsatish mumkin: [-lar] UGMsi─bo`linuvchan/ bo`linmas sifat va 
noaniq miqdor ifodalash. [o] UGMsi ─ bo`linmas va aniq/ noaniq miqdor ifodalash. 
Bo`linuvchanlik/ bo`linmaslik deganda, quyidagini tushunish kerak: har bir xususiylik alohidalik ekanligini ko`rib o`tdik. 
"Qovunlar" degan so`zshakli bir necha qovunlarni atab keladi."Qovunlar" so`zshakli bir to`plamni ifodalaydi va u bir necha 
alohidaliklarga bo`linadi. "Ahmadlar" deganda Ahmad va unuing o`rtoqlari, oilasi... tushuniladi. Ya’ni Ahmadlar  bir to`plamni ifodalaydi
va bu to`plam bo`linuvchan. "Suvlarni stolga qo`ydi" deganda kola, mineral suvlar... tishuniladi. "Toshkentlarni kezib chiqdi" 
so`zshakl Toshkentni bo`lib beryapti, tumanlari hisobga olingan. "Tillarimga ko`cholmaydi bo`g`zimdagi azobim" misrasida til, gap, so`z, 
og`iz ajratib berilgan. Shuning uchun "ishchi sinfi" va "ishchilar sinfi"; "o`qituvchi odati" va "o`qituvchilar odati" kabi so`z birikmalarida 
birlik va ko`plik son ma’nolari yaqinlashsa ham, orasida nozik farq bor. "Ishchilar"da sifatiy bo`linuvchanlik sezilib turadi. Birlik sonda
yaxlitlik ma’nosi ko`proqdir. Demak, bir jihatdan birlik va ko`plik son ko`plik sonning bo`linuvchanlikni ta’kidlashi, birlik sonning esa 
yaxlitlikni ko’rsatishi bilan qarama-qarshi turadi. Miqdoriy jihatdan esa birlik son birlik, aniq/noaniq miqdorni ifodalay olishi bilan 
hamisha noaniq miqdoriy ko`plikni ifodalovchi ko`plik son shakliga qarama - qarshi turadi. Shuning uchun "Bu kitobni ol", "Stol ustida 


68 
to`rt kitob bor", "Kitob - bilim manbai" gaplarida 3 xil ma’no voqelangan: Kitoblar so`zshakli hech qachon aniq miqdorni ifodalay olmaydi.
Quyidagi gaplarni qiyoslang: 
Uch kun (uch kunlar)dan keyin keldi; 
O`ninchi yil (yillar)da tug`ildi. 
Shuning uchun birlik sonning umumiy grammatik ma’nosi quyidagicha ko`rsatilishi mumkin: birlik ─ aniq yo noaniq 
miqdorni bo`linuvchan/ bo`inmas
ma’noda berish. Ko'plik sonning ma'nosi ─ noaniq miqdoriy ko`plikni bo`linuvchan sifatda berish. Mana shu umumiy
grammatik ma’nolar bilan birlik va ko`plik morfologik son shakllari til tizimida, ongimizda yashaydi. Bu umumiy ma’nolar nutqda
muayyan moddiy shakllarda cheksiz rang-baranglikda voqelanadi. 
Ko`rib o`tdikki, daraxt umumiyligi o`ta sodda va u "o`simlik + tana + shox"dan iborat, xolos. Lekin borliqdagi milliard 
daraxt behad rang - barang. Xuddi shunday ko`plik sonning ma’nosi "miqdoriy noaniq ko`plik + sifatiy bo`linuvchanlik" kabi 
soddadir. Nutqda esa u milliard xususiy ko`rinishlarda voqelanadi. Birlik sonining ma’nosi "miqdoriy aniq/noaniq ko`plik + sifatiy 
bo`linmas" kabidir. Lekin yuqorida ko`rsatilgan UGM nutqda XGM sifatida voqelanar ekan, u umumiylik bilan xususiylik orasida
oraliq ma’nolar yotadi. Oraliq ma’nolar xususiy ma’nolar uchun ma’no tiplari, ya’ni "o`xshash ma’nolar majmuasi", UGM uchun esa 
"umumiylikning ko`rinishlari", turlari mavqeida bo`ladi. Chunonchi, birlik sonning UGMsi "aniq / noaniq va birlik" kabi ma’nolarni o`z 
ichiga oladi. Va UGM XGM sifatida voqelanguncha yuqorida ko`rsatilgan aniqlik, noaniqlik, birlik kabi uch OGM ma’noning biridan 
o`tadi. Chunonchi,
XGM OGM UGM 
Bu kitobda birlik aniq/noaniq 
Uch kitobda aniq sifatiy bo'linmas 
Kitobda ko`plik miqdor 
shunday yozilgan. noaniq
OGM hamisha so`zning lug`aviy ma’nosi, matn, qurshov bilan aloqador bo`ladi. Chunonchi, [-lar] ko`plik sonning umumiy 
ma’nosi -"sifatiy bo`linuvchan, miqdoriy noaniq ko`plik" UGMsi bir necha OGMga ega. Bulardan asosiylari: 
1. Bir yoki turli jinsdagi predmetlarning NMK(noaniq miqdoriy ko’rsatkichi)ni ifodalash (kitoblar, odamlar...); 
2. O`lchanmas moddalarni alohidaliklarga ajratib noaniq miqdoriy ko`plikni ko`rsatish (Toshkent suvlari...)
3. Turli tur va jinslardan iborat NMKni ko`rsatish  (yog`lar-sariq yog`, paxta yog`i; ichimliklar-aroq, mineral suv, kola)
4. Narsani yondoshlari bilan birgalikda NMK sifatida ifodalash (Ahmadlar keldi; Toshkentlarni aylandik.)
5. Taxmin ifodalash: 70- yillar; 
6. Bo`linmasni bo`linuvchan etib ko`rsatib, ekspressiv ma’no berish (Yuraklarimga to`kildi). Mana shunday har bir
morfologik shaklda XGM, OGM va UGMlar mavjud bo`ladi. Siz 1940-80-yillarda nashr etilgan darsliklarda tanishgan grammatik 
shakllarning ma’nolari asosan XGM va OGMlardir. UGMlarni ochish bosqichiga o`zbek tilshunosligi endi ko`tarilmoqda. Jumladan,
ushbu mavzular mana shu UGMlarni ochishga bo`lgan ilk qadamlardan biridir. 
Shunday xulosaga kelish mumkinki, UGM til birligining minglab turli xil matnlarda yuzaga chiqadigan va bevosita 
kuzatishda berilgan xususiy grammatik ma’nolari (XGM)ning umumiy yig`indisi emas, XGMlar negizida yotgan, XGMlarga nisbatan 
umumiylik vazifasini o`taydigan ma’nodir. 
XGMlar bilan UGMlar orasidagi munosabat bilvositadir. Bu ikki bo`g`inni bog`lovchi ma’no tipi ─ bu OGMdir. 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish