B mengliyev, G. Tojiyeva



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/182
Sana02.06.2022
Hajmi2,83 Mb.
#630109
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   182
Bog'liq
tilshunoslikka kirish b.mengliyev, g.tojiyeva

 
Asosiy adabiyot: 
1. Азизов О. Тилшуносликка кириш. Т., “ Ўқитувчи”, 1996. 
2. Баскаков Н., Содиқов А., Абдуазизов А. Умумий тилшунослик. Т. “Ўқитувчи”, 1979. 
3. Содиқов А., Абдуазизов А., Ирисқулов М. Тилшуносликка кириш. Т., “Ўқитувчи”, 1981. 
 
Yordamchi adabiyot: 
1. Содиқов А. ва б. Тилшуносликка кириш. Т., «Ўқитувчи», 1981. 
2. Шаҳобиддинова Ш. Ўзбек тили морфологияси умумийлик ва хусусийлик диалектикаси талқинида. II 
жузв. Андижон, 1994.
Mavzu: So`z turkumlari tasnifi. So`zning serqirraligi va tasniflarning xilma-xilligi 
 
Reja: 
1.Tasnif omillari. Tasnifning mantiqiyligi va uzluksizligi. 
2.Leksemalarning ma'noviy tasnifi. 
3.Leksemalarning morfologik tasnifi. 
4.Leksemalarning sintaktik tasnifi. 
5.Umumiy o`rta ta’lim maktablarida so`z turkumlari
va ularning tasnifi. 
 
Mavzu bo`yicha tayanch tushuncha: 
Leksemalarning serqirraligi, tasnif va uning mantiqiyligi, mustaqil ma’noli so`zlar, bo`sh ishora ma’noli so`zlar, yordamchi ma’noli 
so`zlar, o`zgaruvchi leksemalar, o`zgarmas leksemalar, so`z - gaplar, muchalanuvchilik (gap bo`lagi bo`lib kelishi), sonlanish, 
darajalanish, tartiblanish, ajraluvchilik (gap bo`laklari bilan munosabatga kirishmaslik ), sintaktik aloqa vositasi. 
 
 Biz oldingi mavzuda tasnifning mohiyati nimada ekanligi, uning xususiyati haqida bir oz to`xtalib o`tgan edik. 
So`zlarning tasnifini berishda leksemaning serqirraligi mohiyati hamma vaqt diqqat markazida bo`lishi kerak. Leksemaning har
bir qirrasi bir tasnifni yuzaga keltiradi. Chunonchi: 
1.Bo`g'in soniga ko`ra: bir bo`g'inli, ko`p bo`g'inli.
2.Fonemalar miqdoriga ko`ra: bir fonemali, ikki fonemali, uch
fonemali... 
3.Fonemalarni ifodalovchi harflarning tartibiga ko`ra. 
4.Tub-yasamaligiga ko`ra:tub va yasama. 
5.Yasalish tipiga ko`ra: diaxronik va sinxronik. 
6.Tuzilishiga ko`ra: sodda, qo`shma, juft, takroriy. 
7.Shakl va ma’no munosabatiga ko`ra: ma’nodosh, shakldosh, qarama- 


73 
qarshi ma’noli so`zlar va paronimlar. 
8.Qo`llanishiga ko`ra: aktiv va passiv. 
9.Onomasiologik - nominatsion xususiyatlariga ko`ra; antroponim,
toponim, zoonim... 
10.Vazifaviy - uslubiy xususiyatlariga ko`ra: kitobiy, rasmiy, so`zlashuv. 
11.Lug'at tarkibidagi qatlamiga ko`ra: o`z va o`zlashgan qatlam,
chegaralangan va chegaralanmagan qatlam. 
12.Emotsional - ekspressiv jihatiga ko`ra: emotsional - ekspressiv
bo`yoqdor va bo`yoqsiz so`zlar. 
13.So`zning ifodalaydigan kategorial umumiy ma’nosiga ko`ra: narsa, buyum,
shaxs, mavjudotlarni atovchi so`zlar; belgi, xususiyat, munosabat ifodalovchi so`zlar; harakat-holat ma’nosini 
bildiruvchi so`zlar; o`rin-payt, tarz-tus ma’nosini ifodalovchi so`zlar va h.k. Demak, so`zlarga berilgan xilma-xil tasnifning mavjudligi 
ularning serqirraligidan dalolat beradi. Har xil tasnifning har biri o`z o`rnida ahamiyatlidir. So`z va uni tasniflash asoslari tilshunos 
I.Madrahimov tomonidan o`rganilib, uning ma’noviy, sintaktik, morfologik guruhlanishi asoslab berilgan. 
So`zlar ma’noviy belgisiga ko`ra quyidagicha turkumlanadi: 
1.Mustaqil ma’noli so`zlar: 
a) mavjudotlarni atovchi so`zlar - otlar;
b) belgi - xususiyatni atovchi so`zlar – sifatlar;
d) harakat - holat ifodalovchi so`zlar – fe’llar;
e) miqdorni ifodalovchi so`zlar – sonlar;
f) o`rin - payt, tarz - tusni ifodalovchi so`zlar- ravishlar; 
g) taqlidni ifodalovchi so`zlar-taqlidiy so`zlar. 
2.Bo`sh-ishora ma’noli so`zlar-olmoshlar. 
3.Yordamchi ma’noli so`zlar: ko`makchi, bog'lovchi, yuklama, ko`makchi fe’llar. So`zlarning mustaqil va yordamchi tiplarga 
ajralishi ularning mustaqil holda ma’no ifodalay olish qobiliyatiga ko`ra belgilanadi. 
O`zbek tilshunosligida olmoshlarning doirasi va vazifasi zo`rma-zo`rakilik bilan cheklantirilib, "ot, sifat, son o`rnida 
qo`llanuvchi so`zlar "sifatida tor doirada tushinilgan edi. Bu o`rinda olmoshning nafaqat ot, sifat, son o`rnida, balki fe’l, ravish, taqlidiy
so`z, undov gap, hattoki matnni almashtira olish, ularga ishora etish xususiyati hisobga olinmagan. Olmoshlar sinfiga: 
- men, sen, biz, siz, ular kabi shaxsga; 
kim, nima, ana, mana, bu kabi predmetga ishora qiluvchi leksemalar; 
qanday, bunday, shunday kabi belgiga; 
buncha, shuncha, qancha kabi miqdorga; 
-shunday bo`lmoq, shunday qilmoq kabi harakat-holatga ishora etuvchi leksemalar ham kiradi. Ishora so`zlarning ma’nosi 
matn ichida oydinlashadi. 
Leksemalar morfologik tasnifga ko`ra ikki tipga ajratiladi: 
1.O`zgaruvchi leksemalar. 
2.O`zgarmas leksemalar. 
O`zgaruvchi so`zlar morfologik kategoriyalar (son, egalik, kelishik, nisbat, qiyoslash, subyektiv munosabatlar, kesimlik, 
o`zgalovchi)ning qo`shimchalarini qabul qila oladi. O`zgarmas so`zlar bunday qo`shimchalarni qabul qila olmaydi. Leksemalarning 
morfologik imkoniyatiga ko`ra tasnifini quyidagicha beramiz: 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish