B mengliyev, G. Tojiyeva


№  Leksema turlari Ma’noviy



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/182
Sana02.06.2022
Hajmi2,83 Mb.
#630109
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   182
Bog'liq
tilshunoslikka kirish b.mengliyev, g.tojiyeva

№ 
Leksema turlari Ma’noviy 
Sintaktik 
Morfologik 
Izoh (ajralish-
ning asosiy 
belgisi) 

Fe’l 
Harakat- 
holatni 
nomlash 
asosida 
atash 
mustaqil 
leksemalari
Cheklanmagan 
muchalanuvchi- 
lik (gap bo`lagi bo`lib 
kelishi) 
Nisbatlanuv-chi 
o`zgaruvchi 
(yozmoq-yozildi
Morfologik 
va 
ma’noviy 

Ot 
Predmet 
va 
predmetlikni nomlash 
orqali atash mustaqil 
leksemalari 
Cheklanmagan 
muchalanuvchi-lik
Sonlanuvchi 
o`zgaruvchi 
(kitob-kitoblar
Morfologik 
va 
ma’noviy 

Sifat 
Belgini 
nomlash 
asosida 
atash 
mustaqil leksemalari
Cheklanmagan 
muchalanuvchi-
lik
Darajalanuv-chi 
o`zgaruvchi 
(yaxshi- yaxshi -
roq) 
Morfologik 
va 
ma’noviy 

Son 
Miqdorni 
nomlash 
asosida 
atash 
mustaqil leksemalari
Cheklanmagan 
muchalanuvchi-lik
Tartiblanuv-chi 
o`zgaruvchi 
(bir-
birinchi
Morfologik 
va 
ma’noviy 

Ravish 
O`rin, payt, tarz-tusni 
nomlash 
asosida 
atash 
mustaqil 
leksemalari 
Cheklangan 
muchalanuvchi-lik 
O`zgarmas-lik 
Morfologik 
va 
sintaktik 

Taqlid 
Tovush 
yoki 
ko`rinishga 
taqlid 
leksemalari 
Cheklanmagan 
muchalanuvchi-lik

Ma’noviy 

Ishoralar 
(olmosh-lar) 
Ishora 
mustaqil 
leksemalari 


Ma’noviy 

Ko`mak-chi 
So`zni 
so`zga 
tobelantiruvchi 
muchalanmas leksemalar 
O`zgarmas-lik 
Sintaktik 

Bog`lov-chi 
So`zni va gapni bog’lovchi
muchalanmas leksemalar
O`zgarmas-lik 
Sintaktik 
10 
Yuklama Ta’kid 
Muchalanmaslik 
O`zgarmas-lik 
Ma’noviy 
11 
Modal 
Munosabatni 
nomlash 
asosida 
atash leksemalari 
Ajraluvchilik 
(gap 
bo`laklari 
bilan 
munosabatga kirishmaydi) 
O`zgarmas-lik 
Ma’noviy 
va 
sintaktik 
12 
Undov 
His-hayajonni 
tasvirlash leksemalari 
Ajraluvchilik 
O`zgarmas-lik 
Ma’noviy 
va 
sintaktik 
13 
Tasdiq va inkor 
so`zlar 
Tasdiq-inkor ma’nosi 
Ajraluvchilik 
O`zgarmas-lik 
Ma’noviy 
va 
sintaktik 
1

Taklif so`zlar 
Tasdiq ma’nosi 
Ajraluvchilik 
O`zgarmas-lik 
Ma’noviy 
va 
sintaktik 
DTSga asoslangan ona tili o`quv dasturi va darsliklarida ham o`zbek tili qurilishi talqinida qator yangiliklar
ko`zga tashlanadi:
1. Olmoshning nafaqat ot, sifat, son, balki fe’l, ravish, taqlidiy so`z, undov gap va, hatto, matnni almashtira olish, ularga 
ishora etish xususiyati hisobga olingan holda ularni o`rganish fe’l, ravish, taqlidiy so`zlardan keyinga ko`chirilgan va ular
ishora so`zlar sifatida izohlanilgan. 
2. Dasturda bir so`z turkumidan ikkinchi bir so`z turkumiga o`tish talqini rus tili grammatikasidan ko`chirilgan hodisa 
sifatida baholanadi (“Yaxshi bola yaxshi o`qiydi”; “Mardona yigit mardona gapiradi”  kabi gaplarda yaxshi va mardona so`zlari
birinchi birikmada sifat deb, ikkinchi birikmada esa ravish deb bahslanadi). Darslikda ravish so`z turkumining xususiyatlari
o`rganilar ekan, uning morfologik kategoriyalarni, so`z o`zgartiruvchi qo`shimchalarni qabul qila olmasligi asosiy belgisi qilib 
ko`rsatilgan. Ravishlarning morfologik jihatdan o`zgarmas ekanligi qator misollarda (tasodifan, birga, qasddan, o`zbekona, 
haqiqatan) aniqlab berilgan. Ravishlarning sintaktik vazifasi ularning aniqlovchi bo`lib kela olishi bilan kengaytirilgan. 


75 
3. Egalik, kelishik qo`shimchalari faqat otlar va otlarni almashtirishga xizmat qiladigan olmoshlar bilan birikadi, degan 
g'ayriilmiy talqin dasturdan o`rin olmagan. Grammatikadagi otlashuv hodisasi "ma’no torayishi" mavzusi doirasida izohlangan. 
4. So`z turkumlarini o`rganishda ularning asosiy ma’noviy, morfologik, sintaktik xususiyatlari hisobga olingan holda, 
amaldagi dastur va darsliklarimizdan farqli o`laroq quyidagicha joylashtirilgan: 
  1.Fe’l. 7. Olmosh 
2.Ot. 8. Ko`makchi 
3. Sifat. 9. Bog'lovchi 
4. Son. 10.Yuklama 
5. Ravish. 11.So`z- gaplar (undov,modal,tasdiq
6. Taqlid so`z va inkor,taklif so`z-gaplar) 
7-sinf darsligida so`z-gaplar, ularning ko`rinishlari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Tasdiq-inkor ma’nosini 
ifodalaydigan so`zlar (asosan, ha, yo`q, xo`p, xo`sh) tilshunosligimizda, ko`pincha, modallar tarkibida o`rganilib kelingan. Hozirgi 
tilshunoslikda esa ularning ma’noviy xususiyatlari hisobga olingan holda alohida guruhga ajratilgan. Taklif so`z-gaplar guruhiga
qo`llanilishi tana a’zolarining maxsus harakatlari bilan uzviy bog'liq bo`lgan Ma, Mang, Qani, Xo`sh?, Marhamat kabi so`zlar
kiritilgan. So`z-gaplarning asosiy xususiyati, ya’ni ularning kesimlik shakli qo`shimchalarini mutlaqo qabul qila olmasligi izohlab 
berilgan. 
So`z turkumlarning miqdori, ularning belgilari tarixiy o`zgaruvchan bo`lib, turli sistemalardagi tillardagina emas, qarindosh 
tillarda ham turlichadir. Shunga qaramay bir tildagi so`z turkumlarning miqdori bo`yicha ham olimlar orasida turli qarashlar, tasniflar 
mavjud. Masalan, hozirgi rus tilidagi so`z turkumlarining miqdori haqida shunday tasnif mavjud: ko`pchilik olimlar so`z turkumini o`nta 
deb hisoblaydilar. Bular: ot (имя существительное), fe’l (глаголы), sifat (имя прилагательное), ravish (наречие), son (имя 
числительное), bog`lovchi (союзы), predloglar, undov (междометные слова), yuklama (частицы).
Hozirgi ingliz tilidagi so`z turkumlarining soni ham turli olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi: ba’zilari o`nta deb ko`rsatsa 
(ot(noun), sifat (adjectives), son (numeratives), olmosh (pronouns), fe’l (verbs), ravish (adverbs), predlog, artikl va yuklama 
(conjunctions), ba’zilari o`n to`rtta deydilar: yuqoridagilarga qo`shimcha ravishda modal so`zlar, holat kategoriyasi, undovlar, javob 
so`zlar kiritiladi.
Hind-yevropa tillariga kiruvchi tojik tilida ham so`z turkumlari quyidagicha tasniflanadi: ot: дафтар, духтар, хона; sifat: нав, 
калон, калонтар, сурх, сурхтар; son: як, да
ҳ
, бист; olmoshlar: ман мо, ту, шумо, ў, он
ҳ
о, ин; fe’l: кардан, рафтан, истодан; 
ravishlar: мува
ққ
атан, 
ҳ
оло, тозон-тозон; predloglar: ба, дар, аз, барои; bog`lovchilar: ва, 
ҳ
ам, чунки, зеро, бо ин ки; yuklamalar: 
ми, - а, - ку, не; undov so`zlar: о
ҳ
! офарин! вой! э вой! 
Xulosa qilib aytish mumkinki, keyingi yillardagi ona tili tizimidagi qator yangiliklar, tajribalar, ilmiy xulosalar umumiy o`rta ta’lim 
dastur va darsliklarida ham o`z ifodasini topgan. 
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va tohshiriqlar: 
1.
Tasnif nima? Uning mohiyatini nima tashkil qiladi? 
2.
Leksemalarning qaysi qirralari orqali tasniflar hosil qilish mumkin? 
3.
Ma’noviy belgisiga ko`ra so`zlar qanday turkumlanadi? 
4.
Leksemalar morfologik tasnifga ko`ra necha tipga ajratiladi? Ular qaysilar? Har birini izohlang. 
5.
Leksemalar sintaktik tasnifida ko`proq ularning qaysi jihatlari inobatga olinadi? 
6.
O`zbek tilshunosligida fe’l so`z turkumining tutgan o`rni haqida qanday tushunchangiz bor? 
7.
Nima uchun olmosh taqlidlardan so`ng o`rganiladi? 
8.
So`z-gaplarnining qanday ko`rinishlari bor? 
9. Taqlidlar nima uchun mustaqil so`z turkumlari qatoridan o`rin olgan? 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish