3.1. Gaz holidagi olefin uglevodorodlar
Neftkimyo sanoati uchun gaz holidagi olefin uglevodorodlar eng
ko‘p ahamiyat kasb etadi. Neftkimyo sintezi uchun olefin uglevodo-
rodlar qanchalik zarurligini АQSH davlatining olefinlarga bo‘lgan
talabidan ko‘rish mumkin (5–jadval).
5-jadval
АQSH neftkimyosi uchun olefinlarni ishlatish o‘sish
ko‘rsatkichlari, mln.t/y.
Y i l l a r
1971
1975
1980
2000
13,2
20,5
37,5
60,0
Gaz holidagi olefin uglevodorodlar qatoriga etilen, propilen, buti-
lenlar (butilen–1; butilen–2, izobutilen) kiradi. Ushbu uglevodorod-
larni olish uchun xomashyo sifatida tabiiy va yo‘ldosh gazlar hamda
suyuq neft mahsulotlaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |