70. Вирусларни аниқлашда иммунофермент анализининг ўрни
Keyingi yillarda nishon sifatida biokatalizatorlar, ya’ni fermentlar ishlatilmoqda. Bu ferment reaksiyaning molekulyar kuchaytirgich bulib xizmat qiladi. IFA mikroorganizmlarini, viruslarni, ayniqsa fitoviruslarni aniqlaydigan eng sezgir immunologik usul hisoblanadi. Usulni 70 yillarning boshlarida Shvesiyalik olim Engvell va Rerlmann, Gollandiyalik Schuur va van Weemen, AQSh lik olimlar Rubenstein lar hamkorlikda ishlab chiqishgan bo‘lib, AG va AT orasidagi munosabatga asoslangan. Keyinchalik (1976) Adams va Klark o‘simlik viruslarini aniqlashda birinchi bo‘lib qo‘llagan.
71. Ўсимлик вируслари классификацияси.
1927 yilda D. Djonson tomonidan birinchi sistematika qilindi. U klassifikatsiyada viruslarning ekologik av biologic jihatlariga e’tibor qaratilgan. Uni taklifi bo‘yicha viruslarni belgilash uchun xo‘jayin o‘simlikka “virus” so‘zini qo‘shish va mazkur o‘simlikda aniqlanishining tartib raqami qo‘yildi. Masalan, D.Djonson bo‘yicha tamaki mozaikasi virusi “ tamaki virusi 1” belgilandi. Tamakida keyingi aniqlangan virus “tamaki virusi 2” va hakozo.
• 1937-yili K.Smit D.Djonson sistematikasini birmuncha o‘zgartirib viruslarni o‘simlikni avlodi nomi bilan belgiladi va unga “virus” so‘zini va unga avval berilgan tartib raqamini qo‘yishni taklif qildi. M., tamaki mozaikasi virusini Nicotiana virus 1 deb nomlandi. Viruslarni shtammlarini belgilash uchun virus nomiga harflar qo‘shib atashni taklif qildi M., Nicotiana virus 1 A va h.
• 1939-1948-yillarda F. Xolms viruslarni binominal nomenklatura bo‘yicha nomlashni taklif qildi. U hamma viruslarni bir xil prinsip asosida klassifikatsiya qildi va barcha viruslarni Virales tartibiga birlashtirdi va ularni uchta tartibga ajratdi:
Phagineae (bakteriofaglar) Phitophagineae (o‘simlik viruslari) Zoophagineae (hayvon viruslari)
72. Вирусларнинг нуклеин кислота типи ва занжирга асосланган классификация.
Балтимор классификацияси ҳозирги кунда энг замонавий классификация бўлиб, вирусларни барча хусусиятларини ҳисобга олган ҳолда тузилган . Ундан аввалги классификациялар ёки вирус қўзғатадиган касалликларга ёки вируснинг морфологиясига ассланиб тузилган ва камчиликларга эга бўлган . 1971 йилда Нобель мукофоти совриндори Дэвид Балтимор таклиф қилган классификация системаси, вирусларни хўжайин ҳужайрасида м -РНК ҳосил бўлиш механизмига асосланиб 7 гуруҳга ажратади . Оқсил ишлаб чиқиш ва репликация учун вирус биринчи навбатда зарарланган ҳужайрада м - РНК ҳосил қилиши керак . Аммо ҳар хил типдаги вируслар генетик информация олиб юрувчи нуклеин кислота типига қараб, м -РНК ҳосил бўлишининг хар хил усулларидан фойдаланади .
Do'stlaringiz bilan baham: |