Azallariga sharhlar


Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/80
Sana30.12.2021
Hajmi0,67 Mb.
#98553
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   80
Bog'liq
alisher navoiy gazallariga sharhlar

Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar 

Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov 

 

44 



library.ziyonet.uz/ 

 

Kim esar ul dasht aro har on qizil, sorigʻ, yashil. 

Ya’ni, ishq sahrosini ohim samumi (garmseli)dan gulshan (rang-barang) etdim, zero ul 

dasht aro endi qizil, sorigʻ, yashil shamollar esadi... Bu shunchaki shoirona 

mubolagʻami? Ham mubolagʻa, ham haqiqat. Olamni idrok etishda Navoiy darajasiga 

koʻtarila olmaganlar uchun bu, shubhasiz, mubolagʻa. Ammo yuqorida aytganimiz shoir 

dunyoqarashiga suyanchiq boʻlgan olam-odam birligi nuqtai nazaridan esa – ayni 

haqiqat. Alloh odamni azizu mukarram qilib, olamning sarvari etib yaratgan, bas, uning 

chekkan ohi ishq sahrosini gulshan etsa va ul dasht aro qizil, sorigʻ, yashil shamollar essa 

ne ajab?! 

 

Navoiy endi bizni jononga bir oz yaqinlashtiradi, uning orazi, xoli bilan xatti xayolidan 



soʻzlaydi. Deydiki: 

Orazi, xoling bila xatting xayolidan erur, 

Koʻzlarimning oldida davron qizil, sorigʻ, yashil. 

Inson kamolot yoʻlidan yurib, oliy haqiqatga yaqinlasharkan, uning husni-tal’atini aniq 

tasavvur etishga intiladi, tasavvur etarkan, koʻz oʻngida davron kamalakdek jimirlashib 

koʻrinsa, ne tong?! Nainki, davron, balki yorniig husii gulzori yodi bilan, eshik tepasidagi 

tuynukdan uyga yorugʻlik tushgandek, koʻngilga ham alvon shu’lalar quyilib turadi: 

Shishadek koʻnglimdadir gulzori husning yodidan 

Tobadoning aksidek alvon qizil, sorig, yashil... 

Turfa shu’lalar ila lim toʻlgan koʻngilning murodi esa — vahdat mayidir: 



La’lgun may tutqil oltin jom birlan sabzada, 

Kim bulardin yaxshi yoʻk imkon qizil, sorigʻ, yashil. 

Kishi hali yosh (sabza) ekan, oltin (asl) jomda la’lgun may — haqiqiy ishq va e’tiqod 

sharobini ichsa, na xush. Qizillik, sorigʻlik, yashillik birikuvining bundan ham yaxshiroq 

imkoni boʻlurmi? Bu sharobni ichganlar esa faqirlik yoʻlini tanlaganlar. Zero, faqirlik — 

ishq ahlining sharafidir. Faqirlikda befarq yashash — olam haqiqatidan yiroq tushish 

mushkul, aksincha, darveshlar toʻniga qizil, sorigʻ, yashil yamoqlar tushishi tabiiy, ya’ni, 

darveshlik toʻnini kiyib, olamning rang-barang haqiqatini idrok etish oʻngʻay: 

Faqr aro beranglik dushvor erur behad, valek, 

Hirqada tikmak erur oson qizil, sorigʻ, yashil. 

Nihoyat, soʻnggi bayt, soʻnggi nido – maqta’. U shoirning faxriyasidek jaranglaydi: 



Ey Navoiy, oltinu shingarfu zangor istama, 



Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish