I
BROHIM
H
AQQULOV
«P
ARIM
B
ULSA
U
CHUB
Q
OCHSAM
...»
Parim boʻlsa uchub qochsam ulusdin to qaiotim bor,
Qanotim kuysa uchmoqdin, yugursam to hayotim bor.
Chiqib bu dayrdin Isogʻa nechun hamnafas boʻlmay,
Bihamdillah, tajarrud birla himmatdin qanotim bor.
Xaloyiq suhbatidin ming gʻamim bordurki, muft oʻlgʻay,
Agar ming jon berib bilsamki, bir gʻamdin najotim bor.
Chekib agʻyordin yuz javru tortib yordin ming gʻam,
Ne oʻzga xalqdin gʻayrat, ne oʻzimdin uyotim bor.
Kechib koʻzdin yozay bir xatki, dahr ahliga koʻz solmay,
Bu damkim koʻz savodidin qaro, koʻzdin davotim bor.
Tilar koʻnglum qushi anqodin oʻtgay nari yuz vodiy,
Muningdek sayr etarga Qofdin ortuq sabotim bor.
Navoiy, bilki, shah koʻngli manga qayd oʻlmasa, billah,
Agar kavnaynga xoshok chogʻligʻ iltifotim bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |