Azallariga sharhlar



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/80
Sana30.12.2021
Hajmi0,67 Mb.
#98553
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
alisher navoiy gazallariga sharhlar



Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar 

Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov 

 



library.ziyonet.uz/ 

 

A



LISHER 

N

AVOIY G

ʻ

AZALLARIGA SHARHLAR

 

Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov 

E

RKIN 

V

OHIDOV

 

J

UNUN 



V

ODIYSIDA


 

Ulugʻ Navoiyning har biri bir jahon ma’no, bir olam his toʻygʻu ifoda qilguchi baytlarini 

takror-takror oʻqib har safar koʻnglimiz surur va hayajon bilan toʻladi, har safar bu olmos 

satrlarning yangi qirralarini kashf qilamiz, yangi-yangi ma’no tovlanishlarini koʻrib 

hayratlanamiz. 

Navoiy baytlari bizning hayotimizga bolalikdan, dastlabki oʻqish kitoblari bilan kirib 

keladi. Biz ilk bor buyuk shoirni donishmand muallim sifatida taniymiz, «olim boʻlsang, 

olam seniki» deb aytgan ustoz sifatida oʻrganamiz. Soʻng oʻsmirlik, yigitlik faslida bizga 

Navoiy muhabbat, vafo darsini beradi. 

 

Yoniq ishqiy baytlarni yon daftarimizga koʻchirib yozamiz, ilk sevgi maktublariga 



qoʻshib bitamiz. Vaqt oʻtishi bilan buyuk Alisher koʻz oldimizda faylasuf sifatida 

namoyon boʻladi, bizga hayot darsini oʻrgatadi, uning sevinch va anduhlari, zavqu 

jafolarini soʻzlab dunyo haqidagi tasavvur doiramizni kengaytiradi. 

Junun vodiysigʻa moyil koʻrarmen joni zorimni, 

Tilarmen bir yoʻli buzmoq buzulgʻon roʻzgʻorimni. 

Mana shu matla’ bilan boshlanuvchi gazal oʻzbekning xonadonida dam-badam mehmon 

boʻladi. Uni mashhur hofizlarimiz maqom yoʻllarida juda ta’sirli ijro etganlar. 

 

Bu gʻazal dunyoning gʻamu anduhidan zardob boʻlgan shoir qalbining afgʻonidir. 



 

Inson yuragi va tafakkuri haddan ziyod sevinchni ham, gamni ham qabul qilolmaslik 

xususiyatiga ega. Tuygʻularning ofatli seli kishini telba qiladi. Shoir oʻz jonini junun, 

ya’ni telbalik vodiysiga moyil koʻradi, buzulgan hayot-roʻzgʻori uni aqldan ozdirgani, 

endi telbalikni boʻyinga olib dashtu sahrolar kezishdan oʻzga iloji qolmaganini va 

telbalik-buzish, vayron qilish ekan, demak buzilgan hayotini bir yoʻla vayron qilmoq 

tilagini faryod bilan ifsho qiladi: 

Junun vodisigʻa moyil koʻrarmen joni zorimni, 

Tilarmen bir yoʻli buzmoq buzulgʻon roʻzgʻorimni. 

Shoir dunyodan shunchalar koʻngli qolgan, sovuganki, oqibatsiz odamlardan shunchalar 

mehri qaytganki, bu hayotdan hech bir nishonsiz yoʻq boʻlib ketinshi tilaydi. Inson jismi-

ku xoki gʻubor boʻlmoqqa mahkum, lekin shoir istagi — 





Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish