Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar
Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov
49
library.ziyonet.uz/
misraga tizilgan har bir soʻz imkoniyatlarini bosh maqsad-gʻoyaga toʻla-toʻkis xizmat
ettirish mahoratiga yorqin misol boʻla oladi. Baytda hammasi boʻlib oʻnta soʻz ishtirok
etadi. Ulardan biri — iikor «ne» sakkiz marotaba, ikkinchisi — «manga» toʻrt oʻrinda
qayta-qayta keladi. Ammo shoirning usta san’atkorligi, jumladan, shundaki, bu
takrorlarning hech birini nooʻrin yoki gʻashga teguvchi, gʻalizlik tugʻdiruvchi oddiy
qaytariq deyish mumkin emas. Aksincha, ular har bir konkret holatda jiddiy ma’naviy
vazifani oʻtaydi, gʻoyani ta’kidlab, holatning chindan ham faje’ mohiyatini chertib
koʻrsatadi, ohangga shiddat va sur’at baxsh etib, uni xitob, hayqiriq darajasiga koʻtaradi:
Manga ne yoru ne hamdam, manga ne doʻst, ne mahram,
Manga ne chora, ne marham, manga ne sabru ne somon!
Bunday ayanchli, nochor ahvolimdan, oʻtliq nolayu ohimdan burqsib chiqayotgan tutun
qaygʻu-hasrat gʻamxonamni yanada qoraytirib, qorongʻulashtirib yuborgan:
Bu ahvoli tabohimdin, figoni umrkohimdin,
Ham oʻtluq dudi ohimdin qarorib kulbam ahzon!
Navbatdagi bayt, shubhasiz, gʻazalning shohbaytidir. Unda poyama-poya baland pardaga
koʻtarila borgan shikoyat, norozi-lik, qoralov yuqori choʻqqiga chiqqan. Endilikda yana
ijtimoiylik old oʻringa oʻtadi — lirik «men» «falak»ni ochiqdan-ochiq qaroqchi, yoʻl-
toʻsar, boru yoʻgini zoʻrlik bilan shilib oluvchi «rahzan» deya qoralaydi, «zamon» esa
unga nisbatan «dushman»ning xuddi oʻzi. Ana shu «rahzan» va «dushman»larning yovuz
qilmishlaridan uning a’zoyi badaii «ravzan uza ravzan», ya’ni ilma-teshik, xuddi shu
«rahzan» va «dushman»larning kasrat-kasofatidan jon ixtiyoridan tan chetda qolib, tan
mulkini jon tark etgan, boshqacha aytganda, tandan jon, jondan tan ayrilishga majbur
boʻlgan:
Falak rahzan, zamon dushmai, badan ravzan uza ravzan,
Qolib jon xisravidin tan, chiqib tan kishvaridin jon!
Gʻazaliing soʻnggi yakunlovchi bayti faqat ichki qofiyaligina emas, balki ichki
radiflihamdir. U shoirning oʻziga taskin-oʻgit aralash murojaati, xitobi tarzida bitilgan.
Ey Navoiy, deyiladi unda, azob-uqubat, qaygʻu-musibat qancha koʻp boʻlsa, ishrat jomini
— shodlik va xushnudlik, xursandchilik va xurramlik qadahini shu qadar koʻp ichaber;
chunki barcha qiyinchilik va mushkullikni vahdat mayi oson qiladi.
Navoiy boʻlsa mehnat koʻp, ichakoʻr jomi ishrat koʻp,
Necha boʻlsa suubat koʻp qilur vahdat mayi oson!
Navoiyning bu gʻazali mohiyatan insoniy qadr-qimmat, shon-sharaf, erk-huquqning
poymol etilishiga qarshi kuchli norozilikning lirik vositalarda juda ta’sirchan
Do'stlaringiz bilan baham: |