Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar
Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov
50
library.ziyonet.uz/
ifodalashning yorqin namunasidir. Yovuz kuchlarning zoʻravonligidan dardli shikoyat
isyonkor ruh bilan uyqash yuzaga chiqqan bu gʻazal badiiy jihatdan ham barkamoldir. U
keyingi asrlar oʻzbek va qardosh turkiy xalqlar ijodkorlariga barakali ta’sir koʻrsatgan.
Jumladan, buyuk ozarbayjon shoiri Fuzuliy merosida Navoiy gʻazaliga ham mazmun va
ijtimoiy ruh, ham badiiy vositalariga koʻra juda yaqin gʻazal mavjud-ki, bu oʻrinda biz
uning faqat boshlangʻich baytini keltirish bilan cheklanamiz:
Doʻst beparvo, falak berahm, davron besukun!
Dard-choʻx, hamdard-yoʻq, dushman qaviy, tole’ zabun!
Navoiyning bu gazaliga bir qator ijodkorlar, jumladan, XIX asr boshlarida qalam
tebratgan iqtidorli shoir Muqimiy va Furqatlarning yaqin doʻsti Muhayyir, shuningdek,
Muhyilar taxmis boglaganlari ma’lum.
Gʻazal iashridagi yuqorida qayd etilgan xato-nuqsonlarni biz Muhayyir tahmisiga asos
boʻlgan matn boʻyicha aniqladik.
Do'stlaringiz bilan baham: |