Azallariga sharhlar


Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/80
Sana30.12.2021
Hajmi0,67 Mb.
#98553
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80
Bog'liq
alisher navoiy gazallariga sharhlar

Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar 

Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov 

 

52 



library.ziyonet.uz/ 

 

ekan. Unga samoga uchgan Iso paygʻambar oʻrnak. U Isoga hamnafas boʻlmogʻni 



istaydi: 

Chiqib bu dayrdin Isogʻa nechun hamnafas boʻlmay, 

Bihamdillah, tajarrud birla himmatdin qanotim bor. 

Dayrdin chiqmoq — bu dunyoni tark qilmoq. Ammo «nobakor olam»dan baland 

koʻtarilish uchun ham qanot kerak. Shu ma’noda tajarrud — voz kechish va himmat tilga 

olingan. 

 

Diydortalab oshiqlarning suhbati — ilohiy suhbat. Ular uchun, Ibn Arabiy aytmoqchi, 



jimlik va sukut oriflikning oliy belgisi, negaki, «bilgan gapirmay, gapirgan bilmaydi». 

Haqiqiy ishq ahlining iqroriga koʻra, «Qay yerda tinchlik boʻlsa, Haq ila birlik boʻlar». 

Xaloyiqning oʻtkinchi manfaatlarga daxldor mashmasha va gʻavgʻolari ana shu xayoliy 

birlikka xalal beradi. 



Xaloyiq suhbatidin ming gʻamim bordurki, muft oʻlgʻay, 

Agar ming jon berib bilsamki, bir gʻamdan najotim bor. 

«Xaloyiq suhbatidin ming gʻam» iskanjasida qolgan kishi najot tilashi tabiiy. Ammo bu 

«ming gʻam»dan bittasida ham najot yoʻq. Agar boʻlganida tekinga «ming jon berib» 

boʻlsa-da, uni bilish mumkin. 



Chekib agʻyordin yuz javru tortib yordin ming gʻam, 

Ne oʻzga xalqdin gʻayrat, ne oʻzimdin uyotim bor. 

Birinchi misrada gap yor va agʻyor haqida. Agʻyor — dushman yoki gʻanim. U yuz javr 

koʻrsatgan boʻlsa yor yoxud doʻst ming gʻam yetkazgan. Shu bois oʻzdin ham «oʻzga 

xalqdin» ham uzoqlashilgan. 

 

«Raqib», «agʻyor» deganda biz salbiy qiyofadagi inson toʻgʻrisida oʻylashta koʻnikib 



qolganmiz. Holbuki, tasavvuf adabiyotida «raqib» va «agʻyor» haqidagi fikrlar nafsga 

doirdir. 

 

«Toʻqqiz mingdir bu nafs hashorati, Mudom egurlidir alarning oti...» Yunus Emro «Toʻrt 



kishidir yoʻldoshim...», deydi. «Ul toʻrtning biri — jon, biri — din, biri — imon». Xoʻsh, 

oxirgisi-chi? Mana, eshiting: 



Biri nafsimdur dushman, 

Anda savashib qoldim... 



Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish