Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar
Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov
53
library.ziyonet.uz/
Tasavvuf she’riyati bilan chuqur yaqinligi yoʻq Zaxiriddin Muhammad Bobur ham
«Shahvatu nafs qaviy dushmandur». «Nafs yogʻisini magʻlub etgil», nafs «Dushmanedur
agarchi oʻtru emas, Lek bir lahza sendin ayru emas», deya ogohlantirgan.
Navoiyning «Chekib agyordin yuz javr...», deyishi, bu — «nafsi zolim»ga tegishli. «Yor»
esa vujudi mutlaqdir. Nafsni yengish — «oʻzlik imoratin» buzish. Aks tarzda «Ne oʻzga
xalqdin gʻayrat, ne oʻzimdin uyotim bor», deyish holatiga koʻtarilish imkonsizdir.
Kechib koʻzdin yozay bir xatki, dahr ahligʻa koʻz solmay.
Bu damkim koʻz savodidin qaro, koʻzdin davotim bor.
Nega koʻzdin kechib «bir xat» yozish kerak? Faqat «dahr ahligʻa koʻz solmaslik
uchunmi? Yoʻq, albatta. «Jon koʻzi» Yorni koʻrib, «Dil ondin xabar» bergach, husn shohi
jon ichin-da joylashib, «koʻngilni arsh» aylaydi. Bu — botin koʻzning ochilishi:
«Botin koʻzdir Doʻstii koʻrgan, Bu zohir koʻz yobondadur...» Koʻzdin kechish va «koʻz
savodi»ga oid haqiqat asosan mana shu.
Tilar koʻnglim xushi anqodin oʻtsa nori yuz vodiy, Muningdyok sayr etarga Qofdin ortuq
sabotim bor. Bu ikki misrada fano vodiysiga sayr e’tiborda tutilgan. Chunki anqo
qushidan ham «nori yuz vodiy»ga oʻtishga ahli fanogina qodirligiga Navoiyning oʻzi bir
oʻrinda guvohlik bergan:
Uruj istar esang bu dayr ichinda foniy oʻlgʻilkim,
Malak uzra qadam bosib oʻtar ahli fano gustoh.
Demak, she’r qahramonining anqo manzilidan ham «nori yuz vodiy»ga sayr etarga soboti
yetarli. Axir, uniig koʻngli «fano kuchidin zoʻrbozu» istayotir. Gʻazalning soʻnggi baytini
oʻqiymiz:
Navoiy, bilki, shah koʻngli manga qayd oʻlmasa, billah,
Agar kavnaynga xoshok chogʻligʻ iltifotim bor.
Nihoyat bosh muddao gapirildi: shohning koʻngli shoirga moyilmas. Shuning uchun ikki
dunyoga ham uning «xoshok choglig» iltifoti yoʻq. Professor A. Hayitmetov gʻazal
shoirning yigitlik vaqtida yaratilganiga tayanib, oʻsha shoh «Navoiyga dushmanlik nazari
bilan qarab, unga Hirotda kun bermagan zolim Abu Said edi. Uning davrida Navoiy
Hirotda nihoyatda qiynalib, bir pulga zor boʻlib, turishga uyi yoʻq, yeyishga ovqati yoʻq
holda yashaydi... Hirotdagi xushomadgoʻy feodallar podshoning Navoiyga
munosabatining yomonligiii bilib, unga nisbatan yaxshi qaramaganlar. Natijada, shoir
yuqoridagi gazalda tasvirlangan ahvolga tushgan va oxiri Hirotdan ketib qolgan», deb
yozadi. Gʻazaldagi umumiy ruh, mistik kechinmalarning bagoyat quyuqligi, soʻz va
Do'stlaringiz bilan baham: |