Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar
Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov
54
library.ziyonet.uz/
ohangdagi gʻamginlik shunday xulosa chiqarishga asos beradi. Ammo gʻazalning
goyaviy-badiiy mundarijasi boshqa mulohazalarni oʻrtaga tashlashga ham monelik
qilmaydi.
Alisher Navoiy gʻazallaridan birida shohga murojaat etib, oʻzni «oʻzdin ulugʻroq shohga
hojatmand» bilishga chaqirgan. Bu shoh—Alloh. Bizningcha, gazal xotimasida ana shu
shohdan marhamat kutilayotir. Shoirning ikki dunyoni ham xoshokcha nazarga ilmasligi
bir zolim podshohning munosabatigagina bogʻlansa, she’rda aksini topgan ilohiy-falsafiy
mohiyat oʻz-oʻzidan maydalashadi.
Yugurma rizq uchun, ne yetsa haqdin anglakim, komil,
Ne kelturgil demish, ne gʻaybdin yetganin qaytormish.
Navoiy eng mushkul ahvolda ham shu e’tiqodga sodiq qolganligi va Tangridan
boshqasidan qoʻrqish, shafqat tilashni gumrohlik bilganligi shubhasizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |