Azallariga sharhlar


Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/80
Sana30.12.2021
Hajmi0,67 Mb.
#98553
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80
Bog'liq
alisher navoiy gazallariga sharhlar

Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar 

Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov 

 

46 



library.ziyonet.uz/ 

 

Ham oʻtluq dudi ohimdin qarorib kulbai ahzon. 



Falak rahzan, zamon dushman, badan ravzan uza ravzan, 

Qolib jon xisravidin tan, chiqib, tan kishvaridin jon. 

Navoiy, boʻlsa mehnat koʻp ichokoʻr jomi shirat koʻp, 

Necha boʻlsa suubat koʻp, qilur vahdat mayi oson. 

Vu gʻazal faqat Navoiy merosidagina emas, balki butun oʻtmish she’riyatimizdagi 

ijtimoiy lirikaning eng yorqin namunalari jumlasiga kiradi. U «Xazoyin-ul maoniy»ni 

tartib berishda shoirning oʻzi tomonidan yigitlik yillari devoni sifatida tasnif etilgan 

«Navodir ush-shabob» tarkibiga kiritilgan boʻlsa-da, aslida, qarilik yillari ijodiy 

faoliyatiga mansub. 

 

Lirik qahramon — muallif «men»ining ichki hayajonli hayqirigʻi kabi jaranglovchi bu 



gʻazal davron jabru zulmiyu taqdir kemtikligidan, falak bedodiyu mashaqqatli turmush 

tashvishlaridan, zamona ahlining shafqatsizligiyu insonning beqadrligidan mungli 

shikoyat va keskin norozilik tarzida yozilgan. 

 

Uning, beistisno, har bir misrasi erk-huquqlari, gʻurur-sharafi zoʻravonlik bilan toptalgan, 



ham ma’naviy, ham jismoniy ayovsiz ezilgan pokiza va halol insonning chuqur iztirobi, 

ayni zamonda, cheksiz qahri bilan yoʻgʻrilgan. Xuddi shu boisdan butun gʻazaldan 

zamonadagi qandaydir yovuz kuchlar tomonidan ogʻir azob-uqubatlar girdobiga 

uloqtirilgan tolei past va unutilgan qalb dardining tugʻyoni ufurib turadi, bunday ayanchli 

va adolatsiz holat bilan aslo kelisha olmaslik borasidagi ruhiy isyon yuzaga yaqqol 

chiqadi, norozilik ohangi baralla jaranglaydi. 

 

Navoiy ana shunday jiddiy ijtimoiy mazmunni keskin va oʻta ta’sirchan ifodalashda 



yuksak badiiy mahorat namoyish etgan. Shoir qoʻllagan har bir istiora, tazod, sifatlash 

yoki tashbih, qiyoslash va mubolagʻa mantiqiy boʻlib, gʻazal-monologning umumiy 

shiddatli ruhi, shikoyat ohangi hamda isyonkor yoʻnalishiga jiddiy hissa boʻlib 

qoʻshiladi. Gʻazal baytlari shiddat va ichki hayajon bilan oʻqiladi. 



Balo dashti aro Majnun meningdek koʻrmamish davron, 

Quyundek har zamon bir koʻrmagan vodiyda sargardon. 

Battol zamon va bevafo zamona ahli tomonidan ta’qib va tazyiq ostiga olingan shaxs 

tilidan yozilgan gʻazaliing bu boshlanma baytidayoq butun asar uchun yetakchi boʻlgan 

dardli mazmun, isyonkor ruh hamda keskin norozilik oʻzining yorqin ifodasini topgan. 

 

...Balo-qazolar dashtida judolikda yurgan Majnunning ne-ne ogʻir kunlarni boshidan 



kechirganligi hammaga ma’lum. Ammo, uning koʻrganlari, figʻon chekadi lirik «men», 

tortayotgan mening azob-uqubatlarim oldida hech narsa emas; meningdek bir nafas ham 





Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish