A
BDURASHID
A
BDUG
ʻ
AFUROV
«T
ILIM
L
OLU
S
IRISHKIM
Q
ON
»
Balo dashti aro Majnun meningdek koʻrmamish davron,
Quyundek har zamon bir koʻrmagan vodiyda sargardon.
Ne anduhu malolimga baliyat dashtidek gʻoyat,
Ne savdoyu jujunimga malomat bahridek poyon.
Tunum dayjur, oʻzum ranjur, ichim gʻamnoku bagʻrim chok,
Tilim lolu tanim behol, ishim afgʻon, sirishkim qon.
Zaifu dardu gʻam pesha, nahifu mehnat andisha,
Zalilu besaru somon, qatili xanjari hijron.
Figʻonimdin falak gʻamgin, sirishkimdin jahon rangin,
Na ishqim oʻtigʻa taskin, na hajrim dardigʻa darmon.
Boshim gʻam toshidin pora, tanim hajr oʻqidin yora,
Koʻngul bu yoragʻa chora topargʻa topmayip imkon.
Koʻzum namliq, boʻyum xamliq, ichim anduhu motamliq,
Na hamdamlik, na marhamliq topib bu mehnati pinhon.
Manga ne yoru ne hamdam, manga ne doʻst, ne mahram,
Manga ne chora, ne marham, manga ne sabru ne osmon.
Bu ahvoli tabohimdin, figʻoni umrkohimdin,
Do'stlaringiz bilan baham: |