J
AMOL
K
AMOL
«Q
IZIL
,
S
ORIG
ʻ,
Y
ASHIL
...»
Xil’atin to aylamish jonon qizil, sorigʻ, yashil,
Shu’layi ohim esar har yon qizil, sorigʻ, yashil.
Gulshan etdim ishq sahrosin, samumi ohdin,
Kim esar ul dasht aro har on qizil, sorigʻ, yashil.
Orazi, xoling oila xatting xayolidin erur,
Koʻzlarimning oldida davron qizil, sorigʻ, yashil.
Shishadek koʻnglimdadir gulzori husning yodidin
Tobadoning aksidek alvon qizil, sorigʻ, yashil...
La’lgun may tutqil oltin jom birlan sabzada,
Kim bulardin yaxshi yoʻq imkon qizil, sorigʻ, yashil:
Faqr aro beranglik dushvor erur behad, valek,
Hirqada tikmak erur oson qizil, sorigʻ, yashil.
Ey, Navoiy, oltinu shingarfu zangor istama,
Boʻldi nazming rangidin devon qizil, sorigʻ, yashil...
Alisher Navoiy gʻazallari – goʻzallik mulkining mangu soʻlmas chechaklaridir. Ularda
ishq bor, dard bor, farah bor... Beorom, otashin qalbning buyuk talpinishlari, yuksak,
Do'stlaringiz bilan baham: |