Azallariga sharhlar


Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/80
Sana30.12.2021
Hajmi0,67 Mb.
#98553
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   80
Bog'liq
alisher navoiy gazallariga sharhlar

Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar 

Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov 

 

43 



library.ziyonet.uz/ 

 

oliyjanob ruhning betakror suvratlari, manzaralari... 



 

Ma’no va tafakkur, xayol va tasavvurning avj pardalari, uchqur parvozlari, soʻngsiz 

jilvalari, demakdir... Ularni baholash, talqin etish uchun biz, faqirlarga Navoiy yetukligi 

darajasiga koʻtarilish yoʻl boʻlsin, lekin, harholda hazratning ma’naviy dunyosiga 

yaqinlashish, uning kamoliga ergashish shart. Shu ma’noda Navoiy ijodi buyuk bir 

koʻzgudirkim, har kimsa unga koʻz solib, unda koʻzi ilgʻagancha koʻrar, u bir 

xazinadirkim, har kishi unga qoʻl choʻzib, undan qurbi yetganicha olar... Navoiyning har 

bitta bayti zamirida bir, uch, besh yoki oʻnlab ma’no va mazmunlar yashirin, inchunin, 

ularning izohi uchun bir, uch, besh yoki oʻnlab talqinlar tugʻilishi muqarrar. Ularning 

qirralari, chizgʻilari, tovlanishlari, ramzu ishoralari behisob. Bir yoʻla qamrab olib 

boʻlmaydi. Dunyoni bir qarashda qamrab yoki bitta talqinga sigdirib boʻlmagandek... 

Lekin Navoiy dunyoqarashining bosh ustuni bor. U shoir dunyosini, uning osmondek 

azamat gumbazini boshida tikka koʻtarib turadi. Bu - tasavvuf ta’limoti, naqshbandiylik 

tariqati. Shoir falsafasi ana shu ta’limot, ana shu tariqatga suyanadi. Bu ta’limot va 

tariqatning qisqacha mazmuni shunday: olamdan maqsad – odamdan maqsad – xudo, 

xudodan maqsad – kamolot, kamolotning esa yoʻli cheksiz. Bu yoʻlga chiqqanlar 

«haqiqat yoʻlchilari» atalib, ishq-muhabbat ularga rahiamo boʻladi... Alisher Navoiy 

olam va odamni ana shu nuqtai nazardan kuzatadi va idrok etadi, boshqacha aytganda, u 

olam markazida odamni, odam siymosida olamni koʻradi, olam va odam birligida esa 

«husni mutlaq», «mehri mutlaq» quyoshning rang-barang shu’lalarini koʻrib, hayrat va 

hayajonga tushadi. Uniig gʻazallari haq-haqiqatning ana shu cheksiz shu’lalari 

qarshisidagi cheksiz hayrat va hayajonlarning soʻngsiz nidolari, sadolaridirlar. Oʻqiymiz, 

ilk manzara — ilk hayrat: 

Xil’atin to aylamish jonon qizil, sorigʻ yashil, 

Shu’layi ohim chiqar har yon qizil, sorigʻ, yashil. 

Ya’ni: jononim qizil, sorigʻ, yashil rangli toʻn kiymish, shundan beri yurakdan 

chiqadigan ohim shu’lalari ham qizil, sorig, yashil tusdadir... Xoʻsh, shoir bunda faqat 

odamni koʻzda tutmoqdami? Olamni ham koʻzda tutmayaptimi? Xudoni-chi? Biz bugun 

shundoq deb ayru-ayru savol qoʻyamiz. Lekin bu tushunchalarni Navoiy bir-biridan 

ayirmagan, uning falsafasi ularni bir butunga jamlagan, «vohid» deb baholagan. 

Shoirning «jononi»da olam yashaydi, u olamda esa, qatrada quyosh aks etganidek, 

kamolotning oliy timsoli boʻlmish oliy xilqat, yuksak haq-haqiqat, Alloh aks etadi... Yor 

toʻni, olam libosi, haqiqat manzarasi rang-barang, bas, ularning qarshisida turgan Navoiy 

hayratlari ham, shu’layi ohu figʻonlari ham rang-barangdir... Shoir endi ana shu rang-

baranglik ohangini rivojlantiradi, oʻzining yorga (olamga, xudoga) nisbatan kechinmalari 

orqali ma’naviy suvratlar, lavhalar chizadi, koʻzimiz oʻngida ruh kitobining rang-barang 

sahifalari ochiladi: 

Gulshan ettim ishq sahrosin samumi ohdin, 




Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish