Azallariga sharhlar


Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/80
Sana30.12.2021
Hajmi0,67 Mb.
#98553
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   80
Bog'liq
alisher navoiy gazallariga sharhlar

Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar 

Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov 

 

40 



library.ziyonet.uz/ 

 

oʻxshashligi ayon. Klassik she’riyatda bir soʻz faqat bir ma’noni bildirmaydi, balki hali 



aytganimizday, tagida nimkosasi ham boʻladi. Masalan, ushbu baytda «koʻngil — qush» 

dedik, yoʻq, u bu yerda insonni bildiradi, «zulf», tasavvufga koʻra, oʻzgaruvchan olam 

timsoli, beqarorlik ramzi. Shu vajdan ham u ilonga oʻxshatilmoqda, ilon esa hamisha 

beqarordir, hamisha oʻzgarib turadi. «Kamanda» — tuzoq, koʻngillarni ilintiruvchi tuzoq, 

band deganidir. Shularga koʻra, baytdagi «kosa» ushbudir: koʻngillar zulfing halqasini 

koʻrgach, bamisli ilon oldida turgan qushlarning qichqirganlariday nolalar aylaydi. Biz 

ilgʻagan «nimkosa»: kishi bu olamning beqarorligidan azob tortadi, uning tuzoqlarida 

nola chekadi. Ikkinchi satrdagi «qush» — endi qush emas,— odam, qichqiriq — oh-

faryoddir, ilon esa bu olamning balo-qazolari timsolidir. 

 

Ikkinchi baytda: 



Koʻngil chokni koʻzumda ashki rangin elga fosh etdi

Baligʻ zaxmini fahm aylarlar el daryoda qon koʻrgach, 

— misralarini oʻqiymiz. Odatda har bir baytning oʻz «umri», oʻz «tashvish»lari bor. Ular 

bir qaraganda oʻzaro bogʻlanmagandek, lekin mazmunan mushtaraklik birlashtirib turadi. 

Gʻazalni, ta’bir joiz boʻlsa, bir kichik qishloqqa oʻxshatgim keladi. Baytlar bamisoli 

uylardek, darvoqe, «bayt» soʻzining bir ma’nosi uy ham demakdir. Bu yerda ham 

shundoq. Hajringda koʻnglim chok-chokidan soʻkilib ketdi, buni koʻzimdan oqqan rangin 

yoshlarimdan ham bilsa boʻladi – fosh etib turibdi. Axir daryo yuzida qonli suvni koʻrgan 

kishilar, baliqning jarohatlanganligini tez fahmlab oladilar. Koʻngil – baligʻ, chok – 

zaxm, ikkisi ham koʻzdan nihonligi bilan oʻxshash; koʻzdagi ashk – daryodagi qon, fosh 

etmoq – fahm aylamoq bir-birlariga mutanosib tushunchalardir. 

 

Uchinchi baytda esa buning aksi: koʻzim-ku qonli yosh toʻkmoqda, bas, koʻnglimdagi 



jarohatni yashirib oʻltirishga hojat bormikin? Axir yerda sayd (ov qilingan qush, ilvasin 

va h.k) qonini koʻrganlar uning yarador boʻlganligini darrov anglab oladilar-da. 



Boʻyolgʻon qon aro jon pardasi yetgach gʻami hajring, 

Koʻngil bogʻida bargedurki, ol oʻlmish xazon koʻrgach. 

...Gʻami hajringdan jon pardasi qonga chulgʻapib boʻldi, bogdagi barg ham xazon fasli 

yetganda qizgish tusga kiradi... Bu yerda ham mutobiq (parallel)lar: jon pardasi – barg, 

gʻami hajr – xazon fasli, boʻlmoq – ol oʻlmoq. «Koʻngil» soʻzi esa butun borliq 

ma’nosida kelmoqda. 

 

Beshinchi bayt. Vujudimda ishqing kamoni otgan oʻqdan paydo boʻlgan zaxmlarni 



balolarii betinim koʻzyoshlarim yuvayotir, bu xuddi bolalarning qush uyasini koʻrib jish 

poloponlarni olishlariga oʻxshaydi. Zaxm ichi — oshyon, balolar — qush bolalari (tajnis 

koʻrinishi), koʻzyoshlar — bolalar mutobiqlari chiroyli. 

 




Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish