Azallariga sharhlar


Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/80
Sana30.12.2021
Hajmi0,67 Mb.
#98553
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   80
Bog'liq
alisher navoiy gazallariga sharhlar

Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar 

Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov 

 

37 



library.ziyonet.uz/ 

 

mantiqsizlik. Endi «xolis», «sof», «hech» soʻzlarini qoʻllaymiz: «Bevafolik agar ul shoʻx 



qilganchalik boʻlsa, xolis (sof) qilmas oshnolik odam avlodi bila» yoki: «Bevafolik agar 

oʻsha shoʻx qilganchalik boʻlsa, hech qilmas oshnolik odam avlodi bila». Bu jumlalarda 

ham aniq ma’no yoʻq, bayt kitobxon uchun jumboq boʻlib turaveradi. 

 

«Gʻiyos-ul lugʻot»da mazkur soʻzning sarv va sarfa shakllari ham keltirilib, izohlangan. 



Sarf — oltin va kumushni saralash, xarajat qilish, sarflash, shuningdek, buta, hiyla va 

hodisa, zamonning aylanishi, umuman aylanish va biror narsaning toʻntarilishi. Sarfa – 

yorugʻ yulduz, u Oy manzillaridan oʻn ikkinchisining nomidir; baxillik, xasislikni 

bildiradi: hiyla va makr, zijdalik ramzi. Bu ma’nolarning qaysi biri Navoiy baytiga mos 

keladi. Agar fe’l soʻzini oladigan boʻlsak, sarflash, xarajat qilish, agar ravishni oladigan 

boʻlsak, sira, hech, agar ot soʻz kerak boʻlsa, yulduz, falak ma’nosida olishimiz mumkin. 

Sarflash ma’nosida: «ul shoʻxning bevafoligi — jabru sitami shunaqa boʻlsa, u odam 

avlodi bilan oshnolik qilmaydi, ya’ni odam avlodiga oshnoligini sarflamaydi». Bunda «ul 

shoʻx»—pari, ruh, umuman real boʻlmagan xilqat sifatida anglashiladi. Sira ma’nosida: 

«Agar ul shoʻxning bevafoligi shunaqa boʻlsa, u odam avlodi bilan sira ham oshnolik 

qilmaydi». Yulduz ma’nosida: «Bevafolik agar ul shoʻx qilganchalik boʻlsa, Sarfa, ya’ni 

yulduz odam avlodi bilan oshnolik qilmaydi». «Sarfa» soʻzining yana tejash, foyda 

ma’nolari ham bor: «Agar bevafolik ul shoʻx qilganchalik boʻlsa, odam avlodiga 

oshnolikni tejamaydi» yoki: «Bevafolik agar shu boʻlsa, ya’ni u shoʻx qilganchalik 

boʻlsa, odam avlodi bilan oshnolik foyda qilmaydi». Keyingi talqinda ma’no borga 

oʻxshaydi, darhaqiqat, mahbubaning bevafoligini koʻrgan lirik qahramon «Odam bolasi 

bilan oshnolik qilishning foydasi yoʻq ekan», degan xulosaga kelib, hafsalasi pir boʻlishi 

mumkin. Shuning uchun «Gʻaroyib-us sigʻar»ning yangi nashrida «sirfa» soʻzining 

«sarfa» deb tuzatilganini ma’qullash lozim. 

 

Navoiy oʻlimni – ayriliq deb, oshiqqa zulm, deb olar ekan, uni bevafolik ham deb ataydi. 



Oshiqni dogda qoldirib, tashlab ketish charxning, zamonaning bevafoligi, sitamidan bir 

nishona bu. Shu nuqtada «sarfa» soʻzining zamon aylanishi, yulduz (charxi falak timsoli), 

hiyla, makr, xasislik ma’nolari ham tutashadi. Falak odam avlodi bilan oshnolik 

qilmaydi, pari odam avlodi bilan oshnolik qilmaydi va hokazo. 



Vahki sindi naxli ummedim, xusho ul bogʻbon, 

Kim erur xushhol bir navrasta shamshodi bila. 

Ma’nosi: «Umidim niholi sindi evoh, nobud boʻldi. Koʻkargan shamshodi bilan xushholu 

xursand yurgan bogʻbonga havasim keladi, qanday yaxshi!» Alamli oʻknnch va dard bor 

bu misralarda — naxli ummadini yoʻqotgai odamning ichidan otilib chiqqan oʻkirik va 

boshqalarga nigoh tashlab taskin topishi bor. Uning niholi singan, umidlari chilparchin

ammo boshqa bogʻbonlarning iiholi koʻkargan, ular shod. Bu hasad emas, umidli nigoh, 

hayotga, abadiyatga bogʻlanish, hayot abadiyatini his etish. Baytdagi «sindi» soʻzi oldin 

oʻqiganimiz «rez-rez», «sindirurman» soʻzlarini esga soladi. Sinish — oʻlim, sinish — 

isyon, sinish — toqatsizlik, ruhiy zilzila. Falak zulmi, ajal shamoli uning umid niholini 




Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish