Mavzu : O’zbekistonning tinchligi va barqarorligiga xavf solayotgan
mafkuraviy taxdidlar taxlili.
Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomad
Axborot va ma’naviy daqiqa
1.Darsning maqsadi.
a) Ta’limiy maqsadi – Talabalarni dars jarayonida olgan bilimlari asosida mamlakatimizda kelgusida bo’ladigan mafkuraviy taxdidlar yoshlar tomonidan bartaraf etilishiga erishish va barkamol shaxslarni tarbiyalash. O’zbekistonning tinchiligi yo’lida buyuk ishlarni olib borga Islom Abdug’aniyevich Karimovning talabalar xotirasida qolishi.
b) Tarbiyaviy maqsadi – Yoshlar ongida yod va zararli g’oyalar va mafkuralar himoya qilgan holda, xalqimizni buyuk kelaj va ulug’vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan millati, tili va dinidan qat’iy nazar, har bir fuqaroning yagona vatan baxt – saodati uchun doimo ma’sulyat sezib yashashiga chorlash ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo’lishiga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalashimiz uchun ta’lim tarbiyaga katta e’tibor berishimiz lozim.
c) Rivojlantiruvchi maqsadi – O’rganilayotgan mavzu “ Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillari “ fanining tarkibiy qismi bo’lganligi bois kursning tayanch va boshqaruv g’oyalari hisoblangan tushunchalardan: “ Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillari “ tushunchalari vatanga sadoqat, insonparvarlik, tinchliksevarlik, o’zaro hamjihatlik tushunchalri haqida talabalarning qanday bilimga ega ekanliklarini yana bir bor sinab ko’riladi. Dars davomida ularning faolliklarini rivojlantirib boriladi.
2. Darsning jixozlanishi: Doska, bor, vidioproyektr, mavzu yuzasidan tarqatma ma’teriallar, kitob va boshqa dars ishlanmalar. 3. Dars turi: Ma’ruza noanaviy tarzda. 4. Darsning metodi: Interfaol metodi, bahs-munozara metodi, noanaviy va zamonaviy metodlar. 5. Darsning uslubi: Savol-javob, baxs-muzokara va o’yin usullari. 6. O’tilgan darsni mustahkamlash.
6.1 Hozirgi kunda G`arb dunyosida erkinlikni niqob qilib olgan ayrim kimsalar nafaqat bizning milliy an’analarimiz, balki barcha xalqlar uchun qadrli bo`lgan insoniylik aqidalariga to`g`ri kelmaydigan turli buzg`unchiliklarni ommaviy axborot vositalari orqali ochiqdan – ochiq targ`ib etayotganini ko`rib turibmiz. Natijada bugun odamlarni, xususan, yoshlarni buzg`unchi illatlar ta’siridan himoya qilish masalasi davrimizning dolzarb muommosiga aylangan. Afsuski, bugun jamiyatimzda ba’zan bu ta’sirlar girdobiga tushib qolib, o`z hayotini izdan chiqargan, jaholat, buzg`unchiliklar tuzog`iga tushib qolgan kimsalarning paydo bo`layotganligi sir emas.
Insoniyat tarixida ezgulik va bunyodkor g`oyalar bilan yovuzlik va buzg`unchilik g`oyalar o`rtasida hamisha kurash bo`lganligini bilamiz. Insoniyatning, jumladan, O`zbekistonning bir necha yuz yillik tarixida ham turli bosqinchiliklar oqibatida zulm, zo`ravonlik, kulfat urug`larini sochish va qon to`kilishiga sabab bo`lgan buzg`unchi g`oyalar va mafkuralarning halokatli ta`siri bilan bog`liq qayg`uli sahifalar juda ko`p. Bu g`oyalar o`zlarida siyosiy bosqinchilik va mustabidlik intilshlarini goh yashirin, goh oshkora ifodalagan holda diniy, milliy, sifiy shiorlarni bayroq qilib chiqqan.
Jumladan, bol’shevizm bilan bir qatorda, XX asrning boshida mustabid g`oya va mafkuraning boshqa shakli-fashizm paydo bo`ldi.
Bol’shevizm mafkurasi bo`lgan kommunistik ta`limot xalqlarning milliy-etnik o`ziga xosliklarini yo`qotish, «proletar baynalminalligi» shiori bilan maydonga chiqqan bo`lsa, fashizm bir hukmron millatning «irqiy-etnik sofligi» ni mutloqlashtirshni targ`ib-tashviq etdi. U irqchilikning xomiysi hisoblanadi.
6.2 O’tilgan mavzuni “Fikr, sabab, misol umumlashtirish metodi”orqali mustahkamlaymiz. Bu metod mashg’ulotda o’rganilayotgan mavzuning muhokamasi jarayonidan unga doir masalalar bo’yicha talabalar o’z fikrlarini bayon qilishlari, shu fikrlarni asoslovchi sabablarni ko’rsatishlari, ularni tasdiqlovchi misollarni keltirishlari va pirovardida umumlash tiruvchi xulosalar chiqarishlarini o’rgatish va mashq qildirish metodidir. Bu metod talabalarni erkin fikrlashga, o’z fikrini himoya qilishga va boshqalarga o’z fikrini o’tkazishga, ochiq holda baxslashishga, baxs-munozara madaniyatiga, shu bilan bir qatorda, talabalar tomonidan o’quv jarayonida egallangan bilimlarni tahlil etishga va o’zlashtirish darajasini aniqlashga, baholashga o’rgatadi.
FSMU metodining umumiy sxemasi:
Do'stlaringiz bilan baham: |