sinf : 7 fan : musiqa Darsning maqsadi : a) Tarbiyaviy : O’quvchilarni ona Vatanga bo’lgan muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash - b) Ta’limiy : O’quvchilarga maqom haqida kengroq tushuncha berish hamda milliy qo’shiqlarimizdan , an’analarimizni , “Shashmaqom” haqida tushuncha berish
- s) Rivojlantiruvchi : O’quvchilarni mustaqil fikrlay olish va musiqa ijodkorligini rivojlantirish va emotsional qobiliyatini o’stirish .
Dars turi : Yangi bilim berish dars metodi : Savol – javob , suhbat dars jihozi : cholg’u asboblari , darslik , ko’rgazmali qurollar , tarqatma materiallar , texnik vositalar - darsning borishi :
- Maqom sa’nati o’zining ko’p asrlik tarixiga ega. Bu turdagi musiqiy sa’nat avloddan avlodga “ustoz-shogird” an’anasi orqali meros bo’lib o’tib kelgan kasbiy musiqaning yuksak namunalaridir . Kasbiy musiqaning ilk shakllanishida esa dastlab “saroy madaniyati” muhim o’rin tutadi.
- Maqomlar shakl-tuzilishi jihatidan juda salobatli sa’nat namunalaridir . Ko’p qismli maqom turkumlarining yuzaga kelishida kasbiy musiqa ijodkorlari bastakorlik ijodi bilab birga yanamusiqa ilmi ham muhim ahamiyat kasb etgan .
- Mutafakkir olimlardan Abu Nasr al-Farobiy , Abu Ali ibn Sino , Safiuddin Urmaviy , Qutbiddin Sheroziy va boshqalar maqomlarga oid muammolar yuzasidan ilmiy risolalar yozganlar .
-
“Maqom ” atamasi asli arabcha bo’lib , ko’p ma’nolarni shu jumladan o’rin , daraja , martaba , manzilgoh kabi tushunchalarni ifodalaydi . Hozir O’zbekistonda maqomlarning uch asosiy turi mavjud bo’lib ular quyidagicha nomlanadi . - Olti maqom ( Shashmaqom)
- Xorazm maqomlari
- Farg’ona –Toshkent maqom yo’llari.
Shashmaqom - Shashmaqom – bu olti maqom degani bo’lib , u quyidagi maqomlardan tashkil topadi.
- I.Buzruk – ma’nosi “katta”, “ulug’”, “buyuk”.
- II.Rost – ma’nosi “to’g’ri”, “chin” , “haqiqiy”
- III.Navo- ma’nosi “kuy” , “mungli kuy”
- IV. Dugoh – ma’nosi “ikki o’rin ”, “ ikki joy ”, “ ikki parda”
- V. Segoh – ma’nosi “uch o’rin ” , “ uch joy” , “uch parda”
- VI.Iroq – ma’nosi shu nomli arab mamlakatiga nisbat berilgan .
Shashmaqom XVIII asr o’rtalarida Buxoroda saroy kasbiy musiqachilari va musiqashunos olimlari tomonidan Olti maqomdan iborat turkum tarzida ifoda etilgan edi. Bunda olti xil mukammal parda – tuzuklar uyushmasi bosh omil sifatida olinib , ularning muayyan doyra usullari bilan birligi asosida ijod etilgan cholg’u kuy va aytim yo’llari alohida- alohida turkumlarga birlashtirilgan . Demak , Shashmaqom eng avvalo oltita mukammal pardalar uyushmasini anglatar ekan . - Shashmaqomdagi har bir maqom ikki yirik bo’limdan – cholg’u va aytim yo’llaridan iborat bo’lib , ularni “ustoz -shogird” an’anaviy maktabida tahsil ko’rgan malakali kasbiy cholg’uchi va ashulachi – hofizlargina mukammal ijro eta oladilar .
- Maqomlarni besh chiziqli nota tizimi asosida yozib olish ishlari XX asr davomida bir necha bor amalga oshirildi. Xususan tanilqi kompozitor va etnograf V.A.Uspenskiy XX asrning 20-yillarida Buxoroda maqomchi ustozlar hofiz Ota Jalol Nosir va tanburchi Ota G’iyos Abdug’anilar ijrosida salobatli Olti maqom tizimini nota yozuvlarida ilk bor muhrlaydi .
Mustahkamlash : O’tilgan mavzuni takrorlab darsni mustahkamlayman . Uyga vazifa : O’qib o’rganib maqom kuylaridan o’rganib kelish . - E'tiboringiz uchun rahmat
-
- Navoiy viloyati Karmana tumani
- XTMFMTTEB ga qarashli
- 16 – umumiy o’rta ta’lim
- maktabining musiqa fani o’qituvchisi
- Rajabova Marg’ubaning
- 7 – sinfda bir soatlik ochiq dars
-
| | | | | | | - Uy vazifalarini tekshirish
| | | | | | - Yangi mavzu ustida ishlash
| | | | |
Do'stlaringiz bilan baham: |