Mavzu: Raqamli o‘lchash asboblari Reja: O’lchash asboblari to’g’risida umumiy ma’lumot. Analog o’lchash asboblari



Download 28,02 Kb.
bet1/3
Sana28.05.2022
Hajmi28,02 Kb.
#614184
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu Raqamli o‘lchash asboblari O\'lchash asboblari
Amaliy 1, Amaliy 2, test adabiyot, um ped imtixon savollari 2019 Word, maktabgacha-ta-lim-tashkilotlarida-rahbarlik-qilish-va-tashkil-etish-yo-llari, A. Abdullayev - Daqiqa qadri., Amaliyot Gidrogazodinamika, 14, Atom elektr stantsiyalari, АТОМ УЗБЕК, Atom va issiqlik elektr stansiyalari, Individual loyiha 1, Мустакил иш мавзулари, XVI asr Movarounnahr


Mavzu: Raqamli o‘lchash asboblari
Reja:
1. O’lchash asboblari to’g’risida umumiy ma’lumot.
2. Analog o’lchash asboblari
3. Elеktr o`lchashlar va elеktr o`lchash asboblari
4. Maxsus tеxnik vositalar


1. O'lchash asboblari — o'lchanadigan kattalikning qiymatini (yoki miqsorini) bevosita aniqlashga imkon beradigan vositalar. Analog , raqamli, ko'rsatuvchi va qayd qiluvchi, integrallovchi, jamlovchi va boshqalar turlarga bo'linadi. Analog O'lchash asboblarida kattaliklarni o'lchash shkala bo'yicha, raqaml i O'lchash asboblarida raqamli hisoblash qurilmasi bo'yicha amalga oshiriladi. Ko'rsatuvchi O'lchash asboblari o'lchash natijalarini faqat ko'rib turib aniqlash uchun mo'ljallangan. Qayd qiluvchi O'lchash asboblari o'lchash natijalarini qog'ozga qayd qilib borish qurilmasi bilan ta'minlanadi. Bunday asboblar yozib boruvchi (qaydlar qog'ozga diagramma tarzida chizib boriladi) va bosuvchi (o'lchash natijalari qog'ozga raqamlar tarzida bosib boriladi) turlarga bo'linadi. Integrallovchi O'lchash asboblarida o'lchanadigan kattalik vaqt yoki boshqa mustaqil o'zgaruvchan miqdor bo'yicha integrallanadi (mas, elektr va gaz hisoblagichlari). Jamlovchi O'lchash asboblari turli kanallar bo'yicha keluvchi ikki yoki bir necha kattalik qiymatini jamlab ko'rsatadi (mas, bir necha elektr generatorining quvvatini jamlovchi vattmetr).
O'lchash asboblari korxonalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish maqsadida O'lchash asboblari ko'pincha rostlash, hisoblashechish va boshqarish qurilmalari bilan ta'minlanadi. Ular maxsus tuzilgan dasturlar bo'yicha ishlaydi.
O'lchash ma'lumotlarini uzatish, o'zgartirish yoki avtomatik boshqarish tizimlarida foydalanish uchun qulay bo'lgan shakldagi signalni ishlab chiqish uchun mo'ljallangan o'lchash vositasi o'lchash qurilmasi deb ataladi. Bu qurilma O'lchash asboblarini, o'lchash o'zgartirgichlari (o'lchanadigan kattalikni uzatish uchun qulay signalga o'zgartiruvchi vosita) ni, kuchaytirgichlar va boshqalar moslamalarni o'z ichiga oladi.
Chiziqlar va burchaklarni o'lchash qurollari (chizg'ichlar, transportirlar va boshqalar) o'lchash vositalari, vazn (og'irlik) o'lchanadigan vositalar (mas, tarozi) o'lchov vositalari deb ataladi.
Elektr taqsimlash qurilmalarida va yuqori kuchlanishli o'zgaruvchan tok zanjirlarida tok kuchi, kuchlanish, quvvat va energiyani o'lchash xavfsizligini ta'minlash uchun elektr o'lchash transformatori qo'llanadi. Uning
birlamchi chulgamiga o'lchanadigan kattalik (tok, kuchlanish va boshqalar) ta'sir qiladi, ikkinchi (pasaytiruvchi) chulg'ami esa O'lchash asboblariga va himoya relesiga ulanadi. O'lchash transformatori yordamida elektr O'lchash asboblari (voltmetr, ampermetr va vattmetr) bilan elektr kattaliklarning turli qiymatlarini o'lchash mumkin. Keng ma'noda — O'lchash asboblari turli kattaliklar (fizik, mexanik, elektr va magnit kattaliklar) ni o'lchash bilan bog'liq bo'lgan barcha o'lchash apparatlari, qurilmalari va vositalarini o'z ichiga oladi. Hozir impulsli va raqamli o'lchash apparatlari keng qo'llanilmoqda.

Download 28,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti