Maqom ansambillari haqida malumot yig'ish reja: Kirish 1 Maqom ansambli haqida tushuncha



Download 43,54 Kb.
bet1/2
Sana11.01.2022
Hajmi43,54 Kb.
#352187
  1   2
Bog'liq
MAQOM ANSAMBILLARI HAQIDA MALUMOT YIG'ISH


MAQOM ANSAMBILLARI HAQIDA MALUMOT YIG'ISH

Reja:

Kirish

1 Maqom ansambli haqida tushuncha

2 Ananaviy xonandalik manbalari ijrochilik tarixi

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

Maqom ansambli - h) maqomlarni ijro etishga ixtisoslashgan xonanda va sozandalar guruhi. Ularning ijro dasturlaridan asosan maqomlar, shuningdek, oʻzbek bastakorlarining kuy va ashulalari, xalq musiqasi namunalari oʻrin oladi. 20-asrning boshlariga qadar Maqom ansamblilari Buxoro, Samarqand, Xiva, Qoʻqon, Toshkent va boshqa yirik shaharlarda, xususan saroy sharoitida faoliyat kursatgan. Keyinchalik Maqom ansamblilari yangicha shart-sharoitlarda mumtoz milliy musiqa ijodiyotini keng targʻib qilish maqsadida qayta tuzilgan. Oʻtmishda Maqom ansamblilari tomonidan maqomlar yaxlit turkum holda yoki ularning alohida-alohida cholgʻu va ashula qismlari ijro etilgan. Bunda, jumladan, Shashmaqomttt Talqin, Nasr, Savt kabi shoʻʼbalarini aytishga ixtisoslashgan hofizlar talqinxon, nasrchi, savtxon deb yuritilgan. Ularga tanbur, doyra yoki ixcham cholgʻu ansambli joʻrlik qilgan. Jumladan, 19-asrning oxirida Buxoroga mos Maqom ansambli tarkibida, odatda, 2 ta tanbur, dutor, qoʻbiz (yoki sato), doira va 2—3 nafar joʻrovoz hofizlar boʻlgan. 1920-yillarda tashkil topgan Sharq musiqa maktablarida, Samarqand musiqa va xoreografiya institutida maqom ijrochiligidan saboq berishda Opga Jalol Nosirov, Ota Gʻiyos Abdugʻani, Domla Halim Ibodov, Hoji Abdulaziz Rasulov, Matyoqub Harratov kabi yirik maqomchi ustozlar xizmat qilganlar; 2) Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi qoshidagi Yunus Rajabiy nomidagi "Maqom" ansambli. 1959-yilda akademik Yu.Rajabiy tashabbusi bilan tuzilgan. 1989-yildan Yunus Rajabiy nomida. Respublika radiosi huzurida 1927-yilda tashkil topgan oʻzbek xalq cholgʻulari ansambli (rahbar Yu. Rajabiy), shuningdek, Hoji Abdulaziz Rasulov, Domla Halim, Toʻychi hofiz kabi atoqli hofizlarning boy ijodiy-ijrochilik anʼanalariga tayanib ish tutdi. Ansamblga tajribali xonanda va sozandalar jalb etilib, milliy cholgʻulardan tanbur, dutor, chang , rubob, gʻijjak, sato, nay, qoʻshnay, doira va boshqa kiritildi. Ansambl tomonidan, asosan, Buxoro va Fargʻona-Toshkent makom yoʻllari mukammal oʻrganilishi hamda noyob ijro uslublari oʻzlashtirilishida F. Sodiqov (1961—76 yillarda changchi va musiqa rahbari), J. Sultonov, O. Imomxoʻjayev, A. Haydarov, K. Ismoilova, B. Dovidova, O. Alimahsumov, O. Qosimov, T. Alimatov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar — K. Moʻminov, A. Ubaydullayev, B. Zirkiyev, I. Katayev, S. Aminov, Sh. Ergashev, X. Qodirova, H. Yusupova, Z. Sodiqov, I. Qodirov, shuningdek, I. Toʻrayev, D. Sottixoʻjayev, U. Otayev va boshqalarning ulushi katta boʻldi. Bu jamoa ijrosida Shashmaqom, Fargʻona—Toshkent maqom yoʻllari magnit tasmasi hamda grammofon plastinkalarga yozib olinib, bir necha bor koʻpaytirilgan. Yu. Rajabiy rahbarligida keng faoliyat koʻrsata boshlagan bu ijodiy jamoa katta va oʻziga xos maktab yaratishga muvaffaq boʻldi. Ansamblga badiiy rahbar sifatida ishlagan Yu. Rajabiy (1959—76), O.Alimahsumov (1976—79), Sh. Mirzayev (1979—81), Gʻ. Toshmatov (1981—86), A. Ismoilov (1989—96 va 1999-yildan), Isroil Vahobov (1996— 99)larning xizmatlari katta. Soʻnggi davrdagi ansambl tarkibi ud va qonun cholgʻulari bilan kengaydi, maqomlarning ijro talqinlari yanada koʻpaydi. Maqom ansambli ijrochiligining keyingi ravnaqida A. Ismoilov va A. Abdurashidov, O. Hotamov, O. Otaxonov, E. Lutfullayev, H. Rajabiy, M. Tojiboyev, M. Yoʻldoshev, aka-uka Vahobovlar, B. Doʻstmurodov, T. Maxmudov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar A. Xoltojiyev, M. Dalabosova, N. Sattorova, A. Dadayev, M. Ziyoyeva va boshqalarning munosib hissasi bor. Ansambl sozanda va xonandalari nufuzli musiqiy anjumanlar, shu jumladan, YUNESKO qoshidagi xalqaro musiqa kengashining VII kongressi (Moskva, 1971), Xalqaro musiqashunoslik simpoziumlari (Samarqand, 1978, 1983, 1987), "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivallari (Samarqand, 1997, 1999, 2001)da muvaffaqiyatli ishtirok etgan; 3) Oʻzbekistonning turli joylar (madaniyat saroylari, oʻquv yurtlari, viloyat televideniyesi va boshqalar)da tashkil topgan professional va havaskorlik makom ansambllari 1970-yillardan faoliyat koʻrsatmoqda (Xorazm, Andijon, Buxoro, Samarqand, Qoʻqon va boshqalar). Maqom ansamblilari ustozona makom ijrochiligi anʼanalarini davom ettirgani holda boshqa mumtoz kuy va ashulalarni hozirgi zamon tinglovchilarining didi, talab va ehtiyojlariga moslab ijro etilishiga alohida aqamiyat beradi. 1972-yilda Toshkent konservatoriyasi (hozirda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi) tarkibida Sharq musiqasi (hozirda Anʼanaviy ijrochilik) kafedrasi ochilishi bilan sozanda talabalar uchun Maqom ansambli nomli oʻquv-amaliy fani joriy etildi. Konservatoriya talabalaridan iborat cholgʻu Maqom ansambli ijrosida Buzruk maqomi cholgʻu qismlari (1973, rahbar F. Sodiqov), shuningdek, Shashmaqomning barcha mushkilot yoʻllari (rahbar dotsent A. Hamidov) ilk bor mukammal holda yozib olinib, 5 ta maxsus grammofon stereo plastinkalar (jami 11 dona) chiqarilgan (1987—91). Xorazm maqomlari toʻliq holda 1990-yillarda Xorazm viloyat teleradiosi qoshida tuzilgan Maqom ansambli (badiiy rahbar R. Jumaniyozov) ijrosida magnit tasmasiga yozib olingan. Hozirgi musiqa va sanʼat kollejlarida hamda baʼzi boshlangʻich musiqa va sanʼat maktab va litseylarida ham maqom yoʻllari oʻqitilmoqda. 1983-yildan muntazam oʻtkaziladigan Maqom ijrochilarining respublika tanlovlarida Maqom ansamblilari ham ishtirok etadi. 1991-yilda bu tanlovga Yunus Rajabiy nomi berilgan.

Xorazmda maqom yoʻllariga yaqin mumtoz musiqa namunalari qadimdan maʼlum boʻlgan. Bizgacha yetib kelgan shakli — olti maqom (Rost, Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq) tizimi Shashmaqom asosida 19-asr boshlarida shakllangan. Har bir maqom belgilovchi omil — muayyan lad tizimi va uning asosida yuzaga kelgan kuy yoʻllaridan iborat. Xorazm maqomlari Buxoro Shashmaqomi kabi mustaqil tuzilishga ega boʻlgan chertim (cholgʻu) va aytim (ashula) boʻlimlarini oʻz ichiga oladi. Chertim yoʻli (boʻlimi) tani maqom, tarje, peshrav, muxammas, saqil, ufar kabi shaklan yakunlangan va nisbiy mustaqil qismlardan tashkil toptan. Boshlangʻich tani makom va yakunlovchi ufar har bir maqomda bittadan boʻlsa, oʻrtada keladigan peshrav, muxammas, sakil 2—3 tagacha boʻladi. Cholgʻu yoʻli yakkanavozlik va joʻrnavozlik usulida chalinadi. Yakkanavozlikda tanbur asosiy soz hisoblanadi. Joʻrnavozlik, odatda, tanbur, dutor, nay, boʻlamon, qoʻshnay, gʻijjak, chang , doiradan iborat ansamblda amalga oshiriladi.



Shuningdek, Xorazm maqomlarining dutor, surnay yoʻllari ham mavjud. Mas, 19—20-asr boshlarida Xivada 11 ta Xorazm dutor maqomi mashhur boʻlgan: Chapandoz, Navoiy, Sadri Iroq, Tashniz, Agʻyor va boshqa Tanbur yoʻllaridan farqli oʻlaroq ular turkumli asarlar boʻlib, har bittasi 2— 7 qism (mas, "Iroq" dutor maqomi "Oʻrta ufori", "Nigoron", "Oromijon", "Boymuxammad", "Saklansin") dan iborat boʻlgan. "Oraz bam va uforisi", "Majnun dali", "Roviy", "Miskin va uforisi", "Moʻgʻulcha ufori"lari M. Yusupov tomonidan "Oʻzbek xalq muzikasi"ning 6jildiga kiritilgan.



Aytim yoʻli tani maqom, talqin, nasr kabi asosiy qismlar — shoʻʼbalar va ular negizida tuzilgan tarona, suvora, naqsh, faryod va ufar deb nomlangan variant qismlardan tashkil topadi. Dastlab Xorazm maqomlari ijrosida forstojik (Hofiz, Jomiy kabi) va keyinchalik uzbek, ozar mumtoz shoirlari (Navoiy, Fuzuliy, Munis, Ogahiylar)ning gʻazallaridan foydalanilgan.

Xorazm maqomlari va Buxoro Shashmaqomining umumiy va farq qiluvchi tomonlari mavjud. Tashqi tomondan Xorazm maqomlari Rostdan, Shashmaqom Buzrukdan boshlanadi. X.mda Iroqning ashula boʻlimi unutilgan, Rost maqomining chertim yoʻllari asosida 8 qismdan iborat Panjgoh turkumi yaratilgan; suvora, naqsh, faryod qismlari oʻziga xos xususiyatlarga ega; savt va moʻgʻulcha kabi 2guruh shoʻʼbalari uchramaydi. Ichki tuzilishi jihatidan koʻpchilik doyra usullari, kuy kiyofasi, ijrochilik uslubi mustakilligi bilan ajralib turadi.

Xorazm maqomlari Komil Xorazmiy ixtiro qilgan tanbur chizigʻida uning oʻzi va oʻgʻli Muhammad Rasul Mirzaboshi tomonidan toʻla yozilgan (1886). Hozirgi nota yozuvida Ye. Romanovskaya chertim yoʻllarini ("Xorazm klassik muzikasi", T., 1939) va M. Yusupov chertim va aytim yoʻllarini ("Oʻzbek xalq muzikasi", 6j., T., 1958) yozib olgan. M. Yusupov tomonidan keyinchalik nashrga tayyorlangan "Xorazm maqomlari" toʻplamiga (T., 1980—1987) Xorazm mumtoz musiqasining boshqa janrlari (suvora, faryod kabi) namunalari ham kiritilgan. Ye. Romanovskaya, Il. Akbarov tomonidan Matyoqub Xarratov tanburda ijro etgan ayrim parchalar fonografga yozilgan (1934). Sanʼatshunoslik intida K. Otaniyozov va K. Ismoilovlardan Rost, Navo, Dugoh, Segoh (1949), H. Boltayevdan Buzruk (1952) makomlarining ashula yoʻllari magnit lentasiga yozib olingan. Xorazm maqomlari ijrochiligining yirik namoyandalari Niyozjonxoʻja, Komil Xorazmiy, Feruz, Xudoybergan muhrkan, Matyoqub va Matyusuf Xarratovlar, M. Xudoyberganov, K. Otaniyozov, H. Boltayev, M. Raximov, N. Yusupova, M. Yusupov, R. Jumaniyozov va boshqa dir.

Bastakor, xonanda va sozanda, akademik Yunus Rajabiy 1897 yilda Toshkentda tug‘ilgan. Avval madrasada, so‘ng 1919-1922 yillarda Turkiston xalq konservatoriyasida, 1934 yilda Toshkent Oliy musiqa maktabining tayyorlov kurcida, 1940—1941 yillarda Moskvada bastakorlar kursida ta’lim olgan Yu. Rajabiy xalq musiqa merosini Mirzaqosim hofiz, Sh. Shoumarov, To‘ychi Hofiz, Domla Halim Ibodovlardan o‘rgangan.
Mehnat faoliyatini 1923—1925 yillarda Samarqand pedagogika bilim yurti to‘garagi o‘qituvchisi sifatida boshlab, 1925—1926 yillarda Samarqand teatrining musiqa rahbari, 1927—1959 yillarda O‘zbekiston radio qo‘mitasi qoshidagi xalq cholg‘u asboblari ansambli tashkilotchisi va badiiy rahbari, 1942—1945 yillarda Toshkent viloyat Yangiyo‘l musiqali drama va komediya teatrining musiqa rahbari, 1959—1976 yillarda O‘zbekiston Televideniesi va radio eshittirish Davlat qo‘mitasi huzuridagi maqom ansambli tashkilotchisi va badiiy rahbari vazifalarida ishladi.

Yu.Rajabiy avvalo keng madaniy jamoatchilikka o‘tkir shirali ovozga ega bo‘lgan iste’dodli xonanda sifatida tanilgan edi. U aytgan «Girya», «Nolish», «Ko‘cha bog‘i», «Eshvoy», «Kurd», «Qalandari», «Shahnozi Gulyor», «Bayot», «Qaro ko‘zim», «Dugohi Husayni», «Chorgoh», «Miskin», «Nasrulloyi» kabi maqom yo‘llaridagi ashulalar, u tiklagan «Subhidam», «Yolg‘iz», «Sayqal», «Segoh», «Dugoh» va boshqa qadimgi o‘zbek kuy va ashulalari hamon tinglovchilarga estetik zavq bag‘ishlab, dillarga orom berib kelmoqda.

Xonandalikni bastakorlik bilan baqamti olib borgan san’atkor o‘zbek musiqali drama janrida samarali ijod etib, kuylar, qo‘shiqlar, raqs kuylari, xor asarlari yozdi.

Dastlab Xurshidning «Farhod va Shirin» (1922—1925), «Layli va Majnun» (1926), O‘.Ismoilovning «Rustam» (1933), A. Hidoyatovning «Avaz» (1935), Hamzaning «Xolisxon» (1940) spektakllariga xalq ashulalari asosida kuylar bastalagan bo‘lsa, keyinchalik S. Abdulla va Chustiyning «Qo‘chqor Turdiev» (1942), B. Nadejdin bilan hamkorlikda A. Umariy va Uyg‘unning «Qasos» (1941), K. Yashinning «Farhod va Shirin» (1944), G. Mushelь bilan hamkorlikda H. Olimjonming «Muqanna» (1943), Xalilov bilan hamkorlikda S. Qosimov va L. Mamatxonovning «Nodira» (1942—1943), B.Zeydman bilan hamkorlikda H. G‘ulomning «O‘g‘il uylantirish» (1964), Sayfi Jalil bilan hamkorlikda Y. Mahsumovning «Navoiy Astrobodda (1968) kabi musiqali dramalarini va T. Sodiqov, D. Zokirov, B. Zeydmanlar bilan hamkorlikda «Zaynab va Omon» operasini yozib, o‘zbek musiqali drama janrining shakllanishiga katta hissa qo‘shdi.

«Fabrika yallasi»,«Yor-yor»,«Mirzacho‘lda to‘y», «O‘zbekiston», «Qahramonlar haqida qo‘shiq», «Bizning davron», «Vatan haqida qo‘shiq» «Xalqlar do‘stligi», «Bahor keldi», «Shodlik», «Dugonalarga», «Koshki», «Gulbargi», «G‘alaba» kabi kuy, xor asarlari, marshlari, «O‘yin bayoti», «O‘yin dugohi», «Paxta» singari raqs kuylarini ham yaratdi.

O‘zbek musiqa merosini to‘plashda Yu. Rajabiyning xizmatlari nihoyatda qatta. U 1935 yildan boshlab kuy va qo‘shiqlarni,maqomlarni to‘play boshladi. Shuning natijasi o‘laroq E.Romanovskaya, A.Akbarovlar 1939 yilda tuzgan «O‘zbek xalq qo‘shiqlari» to‘plamidan Yu. Rajabiy notaga solgan 29 ta ashula va qo‘shiqlar o‘rin oldi.



XULOSA

Yu. Rajabiy 1955—1959 yillarda (Y. Akbarov tahriri ostida) 5 jildlik «O‘zbek xalq muzikasi» to‘plamlarini nashr ettirdiki, ularga turli janrlardagi mingga yaqin o‘zbek (bir qancha tojik, uyg‘ur) kuy va ashulalar, «Buxoro Shashmaqomi», Toshkent, Farg‘ona maqom cho‘llari, qatta ashulalar, Hamza qo‘shiqlari, o‘nlab bastakorlarning asarlari kiritilgan. Maqom ansambli bilan uzoq ishlashi natijasida, 1966-1974 yillarda (F. Qaramatov tahririda) «Shashmaqom»ning 6 jildlik yangi nashrini tayyorladi.

Mazkur kitoblarga izoh beruvchi 1978 yilda nashr etilgan «Muzika merosimizga bir nazar» asari maqomchilarning ijro uslublarini o‘rganishda muhim qo‘llanma bo‘ldi.

Yu. Rajabiyning o‘zbek musiqa va qo‘shiq san’ati kamolotidagi katta xizmatlari 1958 yilda «O‘zbekiston xalq artisti» unvoni, Respublika Davlat mukofoti (1973) bilan taqdirlandi. 1966 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga saylandi.

O‘zbekiston musiqa san’atining ulkan arbobi Yunus Rajabiy 1976 yilda Toshkent shahrida vafot etdi. O‘zbekiston Televidenie va radio eshittirish Davlat qo‘mitasi qoshidagi «Maqom» ansambliga, Jizzax musiqali drama teatriga va Toshkent musiqa pedagogika bilim yurtiga, Toshkentdagi markaziy ko‘chalarning biriga Yunus Rajabiy nomi berildi.

Respublikamiz madaniy jamoatchiligi 1997 yilda Yunus Rajabiyning 100 yillik yubileyini keng nishonladi. O‘zbek milliy madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shganligi uchun u 2000 yilda «Buyuk xizmatlari uchun»ordeni bilan mukofotlandi.




Download 43,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish