F
|
Fikringizni bayon eting.
|
S
|
Fikringizni asoslovchi sabab ko’rsating.
|
M
|
Ko’rsatgan sababingizni tasdiqlovchi misol keltiring.
|
U
|
Fikringizni umumlashtiring.
|
7. Yangi mavzu bayoni.
Mavzu : O’zbekistonning tinchligi va barqarorligiga xavf solayotgan
mafkuraviy taxdidlar taxlili.
Reja:
1. “Mafkuraviy taxdid” – mazmuni va mohiyati.
2. O’zbekiston Respublikasining xavfsizligiga tasir ko’rsatuvchi ichki va tashqi mafkuraviy taxdidlar.
3. Tahdidlarga nisbatan mustahkam mafkuraviy immunitetni shakllantirish.
1. Bugun dunyoning mafkuraviy manzarasida inson qalbi va ongiga ta’sir ko’rsatuvchi, turli xil vositalar bilan kurash olib boruvchi mafkuraviy poligonlar faoliyati tobora yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida jahonda g’oyat murakkab va tahlikali jarayon kechmoqda. Bular dunyoning siyosiy, mafkuraviy manzarasidagi o’zgarishlar, taraqqiyotning yangi bosqichiga ko’tarilishi va bu taraqqiyotga g’ov bo’ladigan demokratik rivojlanishni izdan chiqaradigan, jamiyat barqarorligiga rahna soladigan g’oyaviy-mafkuraviy to’siqlarni paydo bo’lishi bilan izohlanadi. Oqibatda tili, dini e’iqodidan qat’iy nazar, insonning erkin bo’lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko’zlaydigan g’oyaviy-mafkuraviy va information xurujni ifodalovchi “ma’naviy tahdid” tushunchasi o’ziga xos ma’no va mazmun kasb etadi. Bunday mafkuraviy tahdidlar jangovar qurollar bilan emas, balki avvalo inson ongi va qalbiga ta’sir o’tkazuvchi g’oyaviy qurollar bilan kurashish jarayonining kuchayib ketishi natijasida paydo bo’lmoqda. Insoniyat XXI asrga kelib, chegara bilmaydigan muammolarga duch keldi. Eng yomoni, turli mafkuraviy vositalar orqali dunyodao’z ta’sir doirasini kengaytirib, inson qalbi va ongini zabt etishga, shu tariqa butun xalqlar va davlatlarni o’z izmiga solishga intilayotgan kuchlarning paydo bo’layotganidir. Biron mamlakatga nisbatan harbiy hujum uyushtirishni yoki iqtisodiy zarar yetkazishni osongina ko’rish mumkin. Ammo mafkuraviy tahdid bundan mustasno. Uning ta’siri radio, televidiniya, gazeta-jurnal, internet, umuman, barcha axborot vositalri orqali kirib keladi. Ular odamlarga ishda ham, uyda ham, ko’chada ham ta’sir etaveradi. Bugunning mafkuraviy manzarasida ikkita kuchning o’zaro kurashi aniq ko’zga tashlanmoqda. Buning birinchisi xalqlarni taraqqiyot sari yetaklaydigan mafkura, ikkinchisi esa ularni yo’liga g’ov bo’lishga urinayotgan zararli va buzg’unchi mafkuralardir. Bugun dunyodagi turli kuch va markazlar o’rtasida axborot jangi yetakchi o’ringa chiqdi. Aslida turli mafkuralar ba’zi odamlarning soddaligidan foydalanib mana shunday kurashlar orqali siyosiy maqsadlarni ko’zlaydi. Ya’ni jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan bo’lib olishga urinadi. Bunday vaziyatda sog’lom immunitet va yuksak ma’naviyat insoniyat uchun qalqon vazifasini o’taydi. Sog’lom immunitetga, yetarli bilimga ega bo’lmagan odam sog’lom e’tiqod va dunyoqarashdan ham mahrum bo’ladi. Bunday kishilar yaxshi bilan yomonning, ezgulik bilan jaholatning farqiga bormaydi. Ular uchun yurt manfaati begona.
2. Bugungi kunda mamlakatimizga qarshi qaratilgan mafkuraviy tahdidlarni alohida ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Ular quyidagilardan iborat:
1) Islom xalifaligini tiklab, uning bayrog‘i ostida musulmon xalqlarni
yangi imperiyaga birlashtirishga qaratilgan intilishlar;
2) yosh mustaqil davlatlarni qaytadan sobiq Ittifoqqa birlashtirish
g‘oyasi;
3) tariximizni, milliy qadriyatlarimiz va dinning mohiyatini
soxtalashtirishga urinishlar;
4) axloqsizlikni yoyib, xalqni ma’naviy jihatdan buzishga qaratilgan
intilishlar;
5) turli mafkuraviy vositalar orqali mintaqaviy va davlatlararo
mojarolar keltirib chiqarishga qaratilgan harakatlar.
Islom xalifaligini tiklashga urinishlar xavfli ko‘rinish olmoqda. Masalan, xizb ut-taxrirga tegishli qaysi bir adabiyotni olib qaramaylik, unda xalifalikni tiklashga da’vat qilinadi. «Akromiylik» esa dastlab Andijon viloyatida, so‘ngra Farg‘ona vodiysida, keyinroq mamlakatimizning butun hududida, keyinchalik barcha musulmon mamlakatlarida xalifalikni tiklash g‘oyasini olg‘a suradi.
Bugungi kunda sobiq Ittifoq respublikalarining ayrimlarida eski tuzumni qaytadan tiklashni xohlovchilar, buni o‘zlari uchun g‘oyaviy maqsad qilib olgan kuchlar ham mavjud. Sobiq Sho‘ro tuzumi 1991 yilgi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlardan so‘ng barham topdi. Holbuki, o‘tmishga qaytish, tarixni teskari aylantirish mumkin bo‘lmaganidek, o‘z yo‘lini topib olgan, mustaqil davlatlar, Ayniqsa, O‘zbekiston va o‘zbek xalqi yana eski holatga kaytishga aslo rozi bo‘lmaydi. Islom Karimov «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida sobiq tuzum to‘g‘risida to‘xtalib, shunday degan edi: «Bugun o‘sha davr to‘g‘risidagi haqiqatni xolisona aytadigan bo‘lsak, u zamondagi hayotimizni jahon tarixi va amaliyoti bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, shuni ochiq aytish kerakki, u paytda O‘zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga – markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo‘lgan yarim mustamlaka mamlakatga aylangan edi». Endilikda O‘zbekiston bu borada o‘ziga xos va mos taraqqiyot yo‘lini tanlab olgan, u hech qachon o‘zi tanlagan mustaqillik yo‘lidan qaytmaydi. Mamlakatimiz xalqining qalbi va ongiga yot mafkurani singdirish uchun dushmanlarimiz bir qarashda beozor, go‘yo siyosatdan xoli tuyuladigan mafkuraviy vositalarga katta e’tibor bermoqda. Jumladan, keyingi yillarda ko‘plab namoyish etilayotgan yengil-elpi yoki jangarilik filmlari bunga misol bo‘ladi. Ma’lumki, bu filmlarni ko‘pchilik, ayniqsa yoshlar maroq bilan tomosha qiladi. Sir emas, anchagina odamlar tabiatida, xulq-atvorida mana shunday to‘polonlarga moyillik bo‘ladi. Shundan aytishimiz mumkinki, “ommaviy madaniyat”ning O’zbekistonga qay darajada kirib borganini. Bu madaniyat ayniqsa O’zbekistonda yoshlar tomonidan targ’ib qilinayotgani ham achinarli holdir. Demak, bugungi kunda biz jamiyatimizda o‘zga g‘oyalarga qarshi kuchli mafkuraviy qalqonni joriy etish maqsadida harakatlar olib borayotgan ekanmiz, avvalambor, uning o‘ziga xos ichki mexanizmi va elementlari to‘g‘risida chuqurroq fikr yuritishimiz zarur bo‘lmoqda. Ma’lumki, har qanday milliy mafkuraning o‘zi sotsial bazasining ongi, tafakkuridan chuqur joy olib, uning faoliyati asosini tashkil etganidan keyingina haqiqiy yaratuvchi va yo‘naltiruvchi kuchga aylanadi.
Globallashuv ziddiyatlari hosilasi sifatida ichki tahdidlarga nisbatan tashqi
tahdidlar ehtimoli, soni hamda ko‘lami kengayib ketayotganligi hamda mavjud tashqi tahdidlarning ichki tahdidlarnida vujudga keltirish ehtimolining ustunligi Vatan sarhadlarini mustahkamlash, avaylash va asrashdek mas’uliyatli vazifasini har birimizning zimmamizga yuklaydi. Bugungi kunda, dunyoning barqarorligi va taraqqiyoti uchun har bir millat muayyan darajada javobgar bo‘lib, bunday javobgarlik umuminsoniy mas’uliyatni vujudga keltiradiki, bu xavfsizlikni ta’minlashga hissa qo‘shishning ob’ektiv zaruriyatini keltirib chiqaradi. Holbuki, xavfsizlik – uzluksiz, had-hududsiz holat bo‘lganligi bois, hozirgi sharoitda, umumiy xavfsizlikni ta’minlash va muvozanatga erishish uchun davlatlar va xalqlarning barqarorligini ta’minlashda yangicha yondoshuvlarni izlab topish, xavfsizlikni ta’minlashning yangicha modellarini ishlab chiqishni ijtimoiy-siyosiy davrning o‘zi taqozo etmoqda. Ma’lumki, har qanday mamlakatning mafkuraviy xavfsiz-ligiga tashqi va ichki omillar o‘z ta’sirini o‘tkazib turadi. Bu-gungi kunda turli xil mafkura markazlari va poligonlarining O‘zbekistonda yangi jamiyat qurishga to‘sqinlik qilish uchun g‘arazli niyatlariga erishishda ba’zi fuqarolardan "qurol" sifatida foydalanishga intilishlarida mafkuraviy xavfsizlik uchun real tashqi tahdidlar mavjudligini ko‘ramiz. Shuningdek, qo‘shni dav-latlardagi terrorizm, diniy ekstremizm va mavjud siyosiy be-qarorlik ham mamlakatimiz mafkuraviy xavfsizligiga o‘z ta’-sirini o‘tkazishi mumkinligini doimo nazarda tutish lozim.
3. Dunyoning mafkuraviy maydonida mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotgan murakkab va tahlikali davrda insonlarning mafkuraviy immuniteti va ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini yangi bosqichga ko‘tarish, ayniqsa yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlar va tahdidlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish vazifasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi 3160-sonli Qarorida keltirilganidek, dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritib berish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat”, narkobiznes va boshqa tashqi tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish; jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan ichki tahdidlar – el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizlik kabi holatlarga barham berishga qaratilgan kompleks tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish; targ‘ibot-tashviqot ishlarida aholining hududiy, kasbiy hamda yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda mutanosib, maqsadli va mazmunli yondashuvni joriy qilish ayniqsa muhim. Shunday ekan, bunday vaziyatda biz fuqarolarimizga, ayniqsa yoshlarimizga turli yo‘llar bilan kirib kelayotgan milliy manfaatlarimizga, xalqimizning ko‘p asrlik ma’naviyati va milliy qadriyatlari, diniy qarashlari va hayotiy udumlariga hamda hayot tarzimizga zid bo‘lgan mafkuraviy tahdidlar, ma’naviy illatlar mohiyatini ochib berish va uning salbiy oqibatlaridan ogohlantirishimiz kerak. Bugungi kunda insoniyat ongu-shuuriga hamda ma’naviyatiga salbiy ta’sir qilayotgan ichki va tashqi ma’naviy tahdidlarga qarshi aholining turli qatlam vakillari, ayniqsa yoshlarda mustahkam mafkuraviy immunitet shakllantirish ishlarida psixologik omillarning o‘rni va ahamiyatini chuqurroq va ilmiy jihatdan tadqiq qilinishi maqsadga muvofiqdir. Chunki insoning har qanday tahdidlar ta’siriga og‘ishishida uning psixologik xususiyatlari, bilish jarayonlari, irodaviy-emotsional holatlari, e’tiqodlari, manfaatlari, maqsadlari, ehtiyojlari, motivatsiyalari, ustanovkalari, yo‘nalganligi va ijtimoiylashuvi kabi psixologik mexanizmlarini bilishimiz mazkur masaladagi ma’naviy-mafkuraviy profilaktika ishlarini ijtimoiy-psixologik bashoratimizni osonlashtiradi. Yoshlarda mafkuraviy immunitet shakllanishining psixologik omillari O‘zbekistonda yoshlarga oid olib borilayotgan davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri ekanligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki mafkura zaiflashgan joyda turli xil ma’naviy tahdidlar yoshlar ongini egallay boshlaydi. Bu esa yoshlar tarbiyasidagi ijobiy-psixologik ta’sirchanlikning bir muncha susayishiga olib keladi. Natijada yoshlardagi ilmga chanqoqlik, bunyodkorlik, Vatanparvarlikka bo‘lgan intilishlar ildiziga bolta uriladi. Bunga esa hech qachon yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi
Shu bilan birga mafkuraviy immunitet shakllanishining psixologik omillari aynan mazkur sohada faoliyat olib boruvchi psixologlar, pedagoglar, ma’naviyatchilar, “Ma’rifat” targ‘ibotchilari, profilaktika nozirlariga murakkab kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli va konstruktiv (ijobiy) hal etish imkonini beradigan ta’sirchan psxologik individual yondashuvini shakllantiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkilotining 2017 yil 8-9 iyun kunlari Ostonada bo‘lib o‘tgan Sammitida so‘zga chiqib, tashkilotga a’zo mamlakatlar rahbarlarini o‘sib kelayotgan yosh avlod turli buzg‘unchi g‘oyalar va radikal guruhlarga qo‘shilib ketishi oldini olishning aniq choralarini qo‘llashga chaqirdi. “Asosiy e’tiborni”, dedi Prezidentimiz, “ma’rifatga, yoshlarning ma’naviy va axloqiy tarbiyasiga qaratish, ularda bilim va o‘z ustida ishlashga intilishni shakllantirish muhim, deb hisoblaymiz” degan fikrlarni ilgari surdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |