Pandemiyaning turizmga ta’siri
Butun dunyo koronavirus pandemiyasidan aziyat chekayotgan bir paytda,uning oqibatlari ijtimoiy-iqtisodiy hayotning deyarli barcha sohalariga salbiy ta’sir ko’rsatayotgani sir emas.Shulardan biri,bu-turizmdir.
Butunjahon turistik tashkiloti(BTT) ma’lumotlariga ko’ra,hozirda dunyoning 217 mamlakatida sayohat bilan bog’liq cheklovlar amal qilib turibdi;209 yo’nalish,ya’ni dunyodagi barcha yo’nalishlarning 96% iga borish cheklangan;sayyohlik yo’nalishlarining 72 foizini qamrab olgan 152 mamlakat esa xalqaro turizm uchun umuman yopiq.Bunda turizm sanoati 22 milliard dollard miqdorida zarar ko’rishi mumkin.
Mamlakatlar sog’liqni sog’liqni saqlash ustuvor vazifa deya,birinchi navbatda sayohatlarga cheklovlarni joriy qilishdi.Biroq,turizmning to’xtashi zanjir reaksiyasini
Vujudga keltirib,ish o’rinlarining keskin qisqarishiga olib kelmoqda va bu o’z navbatida barqaror iqtisodiy o’sishga ham putur yetkazmoqda.
Hozirgi paytda Osiyo mintaqasi eng ko’p zarar ko’radigan qit’a deb baholanmoqda.
Joriy yilning 19-mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida koronavirus pandemiyasining aholi turmush darajasi va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Bu boradagi ishlarni samarali tashkil etish maqsadida Prezidentimiz koronavirus pandemiyasi va global inqirozli hodisalarning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida farmon qabul qildi. Hujjatga ko‘ra, Inqirozga qarshi jamg‘arma tuzilib, unda 10 trillion so‘m shakllantiriladi.Koronavirus ta'siri eng yuqori bo‘lgan iqtisodiyot tarmoqlariga soliq ta'tillari va kredit qarzlari bo‘yicha imtiyozlar berish, byudjet ssudalari ajratish yuzasidan vazifalar belgilandi. Masalan, mehmonxona biznesida 90 milliard so‘mlik, transport-logistika sohasida 650 milliard so‘mlik, umumiy ovqatlanish muassasalarida 180 milliard so‘mlik, tashqi savdo korxonalarida 3,6 trillion so‘mlik kreditlarni qaytarish imkoniyati pasaymoqda. Turistik firma va mehmonxonalar har bir sayyoh uchun kuniga 2-3 dollardan turizm yig‘imi to‘lab kelmoqda. Shu bois ushbu korxonalarning kredit muddatlarini uzaytirish, turistik yig‘imlar undirishni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Jahon turizm tashkiloti bu yil sayyohlar soni 850 million-1.1 milliardaga,turizmdan keladigan daromad 910 milliard-1.2 trillion dollarga kamayishini taxmin qilmoqda.
Ayrim sayyohlik agentliklari inqirozga yuz tutayotgan bo’lsa-sa,yaqin o’rtada avvalgidek raqobat vujudga kelmasligi taxmin qilinmoqda.
Ma’lumki,milliy iqtisodiyot va turizm sohalarida ko’plab davlatlarda katta iqtisodiy talofotlar bo’ldi shuningdek bularni barchasini qayta tiklash turli xil ko’plab qiyinchiliklarni yuzaga chiqaradi.Lekin aminmizki, ko’plab sohalarga jiddiy putur yetkazgan COVID-19 pandemiyasi tez orada bartaraf qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |