Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar
Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov
33
library.ziyonet.uz/
Mana oʻsha bayt:
Gar chiday olmay koʻngul bersam birovga nogahon,
Bori el ichra chiday olguncha mashhur etmayin,
Oshiqlikning talablaridan voz kechishta «ahd» qilgan lirik qahramon endi oʻzining bunga
chiday olmasligini anglaydi, endi u bir goʻzalga, mukarram doʻsti azizga koʻigil berishi
muqarrar. Lekin endi u ishqini pinhon tutishga «ahd» qiladi. Ammo bu ish imkondan
xorij, chunki oshiqlik oshkoro boʻlmay iloji yoʻq — dardni yashirsang, isitmasi oshkora
qiladi.
Shunday ekan, ishq va mayni (vahdoniyat nurini) tark etib boʻlmaydi.
Ishqu may anjomi chun hakir oʻldi, qoʻy, ey shayxkim,
Oʻzni bu iqboldin kuch birla mahjur etmayin.
Anjom — tugallanish, oqibat demak, Mahjur — ayriliqda qolgan odam. Baytning nasriy
mazmuni esa bunday: «Ishq va may, ya’ni ilohiy ne’matga intilishni yigʻishtirib qoʻyish,
tark etishning oqibati hajr-ayriliqdir. Qoʻy, ey shayxkim, oʻzimni bu saodat — oshiqlik
va bodaparastlik saodatidan kuch bilan ajratmayin».
Mana endi hammasi ravshan boʻldi: Alisher Navoiy taqvodor shayx gapiga kirib,
oshiqlikni tark etmoqchi boʻlgan odamning ahvolini koʻrsatmoqchi ekan. Shayx ishqni
kufr etib, behuda, ma’nisiz narsa deb tushuntirgan, uni tilga olmaslikka, fitnachi
koʻzlarga qaramaslikka chaqirgan. Ammo oshiq oxiri bildiki, ishqdan — ilohiy fayzdan
ajralish azobi ishq azobidan koʻra ham zoʻrroq, yoʻq-yoʻq, bugina emas, oshiqlik azobi
huzur-halovatga eltuvchi, ruhiy kamolot sari yetaklovchi tozalanish, xalos boʻlish azobi.
Shuning uchun bu azob — saodat. Xullas, lirik qahramon gʻazalning oltinchi baytiga
kelib, oʻz bayonnomasi («ahdi»)dan butunlay qaytadi, uning oldin aytgan gaplari oʻz-
oʻzini sinash, yoxud allaqanday kinoyali usulda ishq olovining shuhratini mubolagʻali
qilib ifodalashday taassurot qoldiradi. Inkor zamiridagi tasdiq zohiriy tasdiqqa aylaiib,
oshiqning oʻz imkonu e’tiqodida sobit ekanligi ma’lum boʻladi. Mana shundan keyin
Navoiy quyidagi umumiy konteksga «yopishmaydigan» yettinchi baytni keltiradi:
Zulm ila el joniga oʻt yoqma, ey kim shohsen.
Gar desang doʻzax oʻtiga jonni mahrur etmayin.
Oshiqona va orifona gʻazallarda, koʻproq maqta’dan oldingi baytda biror oʻtit-nasihat
qilish kam uchraydigai hodisa emas. Bunday holni Hofizu Sa’diy, Jomiy va Navoiyda
tez-tez uchratamiz. «Doʻzax oloviga jonim kuymasin desang, ey shoh, zulm bilan xalq
joniga oʻt yoqma». Buning oldingi baytlarga aloqadorlik joyi bormi? Bevosita emas,
Do'stlaringiz bilan baham: |