Azallariga sharhlar


Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/80
Sana30.12.2021
Hajmi0,67 Mb.
#98553
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   80
Bog'liq
alisher navoiy gazallariga sharhlar

Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar 

Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov 

 

29 



library.ziyonet.uz/ 

 

boʻlasiz. Voqean, ishq parvonasi solik darvesh ham real inson, uning kechinmalari 



haqiqiy insoniy kechinmalar, faqat unda niyat ulugʻroq, dard beintiho, ideal gʻoyat 

uzoq... 


«A

HD 


Q

ILDIM


:

 

I



SHQ 

L

AFZIN



...» 

Alisher Navoiyning har bir gʻazali oʻziga xos yondoshish, oʻziga xos tahlil va tafsir 

usulini taqozo etadi, chunki har bir gʻazal alohida ruhiy holat, alohida badiiy fikr va his-

tuygʻular rivojini ifodalab keladi, tasvir tarzi, san’atlar muntazamligi va mutanosibligi 

ham shunga muvofiq. Mazkur gʻazalda esa Ishq vodiysida mushkilotlarga duch kelgai 

oshiqning bir lahzalik holati, ikkilanishi, gʻayrning soʻziga quloq solib, goʻyo vaqtincha 

«araz», «istigʻno» bilan yoridan yuz oʻgirishga behuda urinishi tasvirlanadi. Odatda 

istigʻno (oʻzini ozod hisoblash, noz qilish, araz) ma’shuq xislati boʻlishi kerak, oshiq esa 

niyozmand, hamma vaqt yorga sodiq odamdir. U shu xislati bilan mashhur. Bu yerda 

an’anaga xilof ravishda ish tutilmadimikin? Yoʻq, unday emas. Navoiy lirik 

qahramonining ozurdaligini ma’shuq nozi singari tushunmasligimiz kerak. Bu «istigʻno» 

— ishqdan tavba-tazarru’ «ahdi» zamirida oshuq koʻnglining har qanday azoblarga 

bardosh berishi, dardu balolarga tayyor turishi ma’nosi yotadi. Oshiq ishq qiynoqlaridan 

qutulishga chora izlaydi, ammo qoʻllagan tadbirlari behuda boʻlib chiqadi. Chunki u bu 

domga abadul-abad giriftor, ishqni tilga olmayman, deydi, lekin u tiliga kelaveradi, sirini 

elga bildirgisi kelmaydi, ammo dardi oshkor boʻlaveradi. Zero, oshiqning inon-ixtiyori 

oʻzida emas. Odamda shunday holatlar boʻladiki, ohanraboday tortib turgan narsadan 

ham bezor boʻlsang, jonning qiynogʻisiz yashash mumkin emasligini, qutulishga intilib, 

qutulolmasligingni anglab battar iztirob chekasan. Navoiy ayni shu ruhiy holatni qalamga 

olgan, ya’ni tilda tavba qilib, inkor etib, aslida koʻngil qa’rida buning aksini tasdiqlash, 

oʻziga xos she’riy san’at bu. Bir necha baytda koʻrinadigan, ba’zan butun gʻazal boʻylab 

yoyiladigan ushbu usulning klassik she’rshunoslikda nomi yoʻq. Voqean, Navoiy kabi 

ulugʻ shoirlarning turfa san’atlari, uslubiy ixtirolariga nom topish, ularni tadqiq etish osoi 

yumush emas. Navoiy xuddi son-sanoqsiz usul-yoʻllarni yod biladigan, har gal yangi, 

hayratlanarli yurishlarni oʻylab topib, gʻalabaga erishadigan shohmotchi misol ish tutadi. 

Soʻzning bitmas-tuganmas imkoniyatlari, mutassir etuvchi ifodaviy qudratini namoyish 

etadi. Soʻzdan moʻ’jiza yaratish, klassiklarning oʻz tili bilan aytganda, soʻzning dodini 

berish — paygʻambar san’atkorlarga nasib boʻlgan baxt. 

 

Ramali musammani mahzuf bahrida yozilgan ushbu gʻazalning avvalgi besh bayti ana 



shu tavba-tazarru’ mazmunida, ya’ni inkor — tasdiq usulida yozilgan, shu jihati bilan bu 

baytlar oʻzaro bogʻlanib keladi. Qolgan uch bayt gazalning umumiy mazmuni bilan 

bevosita emas, balki bavosita bogʻlanadi. Shu sababli gʻazalni parokanda deya olmaymiz. 

Toʻgʻrisini aytganda, men «parokanda» istilohini she’rga nisbatan qoʻllashga qarshiman. 

Chunki parokandalik badiiy asarga xos xususiyat emas, u butunlay bogʻlanmagan baytlar 

yigʻindisini bildiradi. Ulugʻ shoirlarda, jumladan, Navoiyda bunday she’r yoʻq. Baytlar, 

yuzaki qaraganda, mazmunan bogʻlanmagan, turli mavzuda boʻlib tuyulsa-da, botinan 

ular oʻzaro aloqador. Shuning uchun bunday gʻazallar tahlilida bevosita bogʻlanish 





Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish