Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar
Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov
27
library.ziyonet.uz/
uchinchi bayt yuzasidan aytgan fikrimizni tasdiqlaydi.
Baytni keltiramiz:
Ul oʻtki oʻrtadi parvonani, hamul oʻtdin
Koʻrinki qovruladur sham’ dogʻi yogʻi bila.
Ma’lum boʻladiki, gap parvona ishqi ustida borayapti, ya’ni shoir bulbulning nolali
muhabbati bilan parvonaning jim, ammo vujudini yondiruvchi «indamas» muhabbatini
qiyoslamoqda. Tasavvur qiling: sham’, uning atrofida esa alangaga qarab talpinayotgan
mitti parvona. U oʻtga shunday ixlos, shiddat bilan intiladiki, olovga qoʻshilib yonib
ketguncha tinchimaydi. Biroq parvona shunchalik oshiqligi, dardining zoʻrligiga
qaramay, ohu nola chekmaydi, balki jim-jit oʻtga tomon talpinaveradi. «Ul oʻt», ya’ni
ilohiy ishq alangasi faqat parvonani emas, sham’ning oʻzini-da, mumi va yogʻi bilan
qoʻshib qovuradi, eritib kuydiradi. Ulugʻ shoir tamsillar vositasida Ishqning beintiho
zarrotu jonzotlar, oshiqu ma’shuq barini qamrab oluvchi qudratini bizga tushuntirmoqchi
boʻlgan. Sham’ning shu’lasi — ilohiy ishq, mumi va yogʻi — dunyo, inson vujudi,
parvona — oshiq inson timsollaridir. Parvona — fano timsoli, ya’ni yomon sifatlardan
qutulish va mahmuda (yaxshi) sifatlarga ega boʻlish, hirsu havasni tark etish yoʻli. Vu
faqir darveshlarning, ahlullohning tariqati, xoʻsh, shohlar-chi, ular ham bu baxtga
musharraf boʻla oladilarmi?
Shohu ulus gʻamiyu jomi Jam, xusho ulkim
Sinuq safol ila durd ichkay oʻz farogʻi bila.
Yoʻq, shohlar fano martabasiga yetisholmaydilar, chunki ular dunyo gʻamiyu ulus
tashvishi, shon-shuhrat, ayshu ishrat bilan band — shoirning gʻoyasi shu. Afsonaga
koʻra, Ajam shohlaridan Jamshid shunday jom ixtiro qilibdiki, uning ichidagi sharob aslo
tugamas va u olamni oʻzida aks ettirib turar ekan. Shunday qilib, «jomi Jam» —
tuganmas boylik va ishrat, shukuhu saltanat ramzi. Uning soʻfiyona talqini ham bor:
«Ma’rifat bodasi bilan molim orif koʻngli» («Mir’ot-ul ushshoq»). Lekin Navoiy mazkur
baytda buni nazarda tutmagan, boʻlmasa shohu darvesh ahvolini chogʻishtirmagan
boʻlardi. Shoir an’anaviy tasavvufiy e’tiqodga amal qilib orif darveshning faqir hayotini
podshoning hashamatli hayotidan ustun qoʻyadi, ammo buni quruq ta’kid yoʻli bilan
emas, balki «nazariy» tushuntirishga intiladi: «Shoh fuqaro tashvishi va oʻzining shonu
shuhrati, tuganmas davlati, ishrati bilan ovora, u bu gʻamdan forigʻ boʻlolmaydi. Demak,
shunchalik dabdabayu shukuhi bilan ozod, baxtiyor emas. Hatto jahonni koʻrsatuvchi
oltin jom ham uni gʻamdan ozod qilolmaydi. Shohning aksi oʻlaroq siniq safolda (jomi
Jam — saltanat va hasham ramzi boʻlsa, siniq safol — ka-bagʻallik, kamtarlik belgisi)
may quyqumini ichayotgan, ya’ni mahbubning vasli deb azob chekayotgan darvesh
baxtiyor. «Durd» — may quyqumi, qanoat hamda ayni vaqtda nom-rodlik, mahbubning
betoqat qiluvchi yodini ham anglatadi. Xullas, Navoiy ilohiy ishqning xosiyatlari haqida
gapirib kelib, parvonasifat darveshning mamlakat podshosidan ustun turuvchi ozod-erkin
Do'stlaringiz bilan baham: |