Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar
Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov
25
library.ziyonet.uz/
Ishqning dogʻi — dardu alami, asorati, yarasi tozarishidan koʻngilda shodlik, surur va
ravshanlik paydo boʻldi. Zotan, bunga ajablanmaslik kerak, chunki koʻzning qorachigʻi
ravshanligi uning qorachugʻidan. Baytning mazmuni shu. Ajoyib tashbih: koʻz gavhari
qora, ammo koʻrishning quvvati, yorugʻlik oʻshandan, demak, ishq koʻngilga dardu dogʻ
solsa-da, lekin koʻngil koʻzini ravshanlashtiradi, olamni musaffo nigoh bilan idrok
etishga chirogʻi hidoyat boʻladi. Navoiy shu tashbih orqali tazod san’atining favqulodda
yangi bir koʻrinishini kashf etgan va inson ruhidagi talotumlarni, qarama-qarshi holatlarni
tushuntira olgan: ishq-muhabbatdan forigʻ odam tinch, xotirjam yashashi kerak. Biroq
hayotda buning aksi boʻladi, muhabbat dardiga giriftorlik xursandchilik, farogʻatga sabab
boʻladi. Koʻngil bu darddan yayraydi! Shoir oqlik va qoralikni (baytda «safo» va «toza»
soʻzlari ham oʻzaro mutanosiblikka kirishib, zavqli bir tuygʻu bagʻishlaydi), qullik va
ozodlikni, ishqiy bezovtalik lazzati va ishqsizlik badbaxtligini qiyoslaydi, sufiyning tan
azoblari evaziga tuyadigan ruhiy-ma’naviy huzurini olqishlaydi. Dogʻ — tamgʻa, nishon;
dogʻ — anduh, gʻam; dogʻ — jarohat, yara; dog — yurakdagi qora nuqta, suvaydo; dogʻ
— lolaning qora rangi; dogʻ — qullik belgisi. Safo esa «riyozat chekishdan koʻngilning
poklanishi» («Mir’ot-ul ushshoq»), «poklik, ta’bning nopisand, yomon xislatlardan
tozalanishi... koʻngilning agʻyor, ya’ni gʻayri yordam, gʻaddor dunyodan yuz
oʻgirishi»dir («Mustalahoti urafo» 262-bet). Shunday qilib, ishq dogʻi agʻyor domi,
dunyo qudrati qulligidan koʻngilni ozod etadi. Ilohni sevish, unga qul boʻlish qullikdan
ozod boʻlishning chin yoʻli, demak, bunday qullikdan xursand boʻlish kerak. Shuning
uchun ham oshiq mahbubasining tamgʻasini koʻngilda asrab, unga qul boʻlishdan boshi
osmonda. Ishqning farah va farogʻat, safo va roʻshnolik keltirish xosiyatini shunday
ajoyib, original toza tasvir bilan ifodalagan shoir ikkinchi baytda moʻ’jizakor
taxayulining yana bir qirrasini koʻz-koʻz etadi:
Firoq shomi yengilmas oʻqung koʻngul yoʻlini
Ki, borur ul sari paykonidin charogʻi bila,
Birinchi baytdagi qorongʻu-yorugʻ tazodi davom ettirilgan, ammo ma’no boshqa.
Birinchi baytdagi tashbih asoslari dogʻ va koʻz qorachigʻi ijobiy ma’nodagi rang edi,
aniqroq qilib aytsak, bu qoraliklar oqlik-ravshanlik keltiradigan edi, (riroq shomi esa
oshiq uchun yorugʻlik emas, azob-iztirob olib keladi. Oshiqning hijrondagi kunlari tun
bilan barobar, hijronda oshiq uchun yorugʻlik yoʻq, uning tongi zim-ziyo, quyoshi mahv
etilgan, firoq shomi tariqat ahli nazdida solikni ilohdan ajratib turuvchi parda, kasrat,
deydi shoir ma’shuqaga qarab, oʻqing (kipriging) koʻnglim yoʻlini adashmasdan topadi,
chunki u koʻngilga tomon chirogʻi bilan kelayapti. Kimga ishora bor bu yerda? Gap
shundaki, «paykon» soʻzi qam oʻqni bildiradi, lekin bu oʻrinda kamon oʻqi nazarda
tutilayapti. Kamon oʻqining oʻtkir uchi esa metaldan yasalardi. Shu nishonga qarab uchib
borayotganda metal qismi yaraqlab gurar, ba’zan esa olov sochayotganday, shu’lalanib
koʻzga tashlanardi. Oʻqning ana shu holatini Alisher Navoiy chiroq koʻtarib borayotgan
odamga oʻxshatib, jonli va chiroyli suvrat chizgan: «Firoq shomida, ya’ni sening yoding,
vaqtincha koʻngildan koʻtarilib, dunyo ishi — tashvishi parda boʻlib meni sendan
ajratganda, oʻqing adashmasdan koʻngil yoʻlini topadi, zero u oʻz nishoniga paykonini
Do'stlaringiz bilan baham: |