Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar
Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov
28
library.ziyonet.uz/
turmushini sharaflaydi.
Oltinchi bayt:
Xumor aro tiladim soqiyu qadah, yuz shukr,
Ki ulki men tiladim keldi oʻz ayogʻi bila.
Shoir oʻzining siniq safolda «durd» ichib, mahbub yodida sarmast qahramoni — ishq
parvonasi holatidan ruhlanib ketib, oʻzini u bilan sherik, hammaslak qilib koʻrsatadi.
Ammo lirik qahramon-darvesh yor yodida sarxush boʻlsa, shoir hali xumor, u endi soqiyu
qadah talab qilayapti. «Xumor» ham mastlikning asorati, ammo u vaqtinchalik sovush,
solikning ikkilanishini, beqaror holatini hamda «mahbubning izzat pardasi ichiga
yashirinishi, dunyo pardasi vahdat yuzini berkitishini» anglatadi. Ana shunday holatda
shoir turlangan kayfiyatni bir xillikka keltirish, ya’ni darvesh holatiga moslash uchun
soqi (piri murshid) qoʻlidan qadah (ma’rifat) tilaydi va Alloh unga tilaganini yetkazganini
— pir huzuriga yetganidan shukronalar aytadi. Baytdagi «ayoq» soʻzi ikki ma’noli: 1)
odamning a’zosi va 2) qadah. Demak, soʻz oʻyini — tajnis yasalgan: «Keldi oʻz ayogʻi
bila — keldi oʻz qadahi bila». Teran ma’no, toza ifoda va timsollar bilan ochiltan.
Yettinchi bayt:
Qucharga sarv niholi biri qadingdek ermas,
Agar ketursa ani bogʻbon quchogʻi bila.
Bu baytning zohiriy ma’nosi koʻrinib turibdi. Shoir mahbub qomatini eng chiroyli
daraxtga oʻxshatmoqda, yoʻq, mahbuba qomati sarvdan ham chiroyli, axir sarvni
quchganda yor quchgandayin halovat tuyish mumkinmi? Bogbon sarvlarni quchoqlab
olib kelsa ham, lekin bu yor qomatini quchganchalik emas. Ammo baytning tasavvufiy,
zohiriy ma’nosi ham bor.
Qad deganda soʻfiylar pirning haybati, ilohiylik alomati bor odamni nazarda tutganlar.
Shunday boʻlgach, baytning mana bunaqa ma’nosi ham kelib chiqadi: «Garchi bogʻbon
bogʻdagi chiroyli sarv daraxtlarini namoyishkorona quchib kelsa-da, lekin ularning
birortasi komil inson — pirning goʻzal, ilohiy haykaliday emas, ularni quchish pirga
sigʻinishday lazzat berolmaydi».
Alisher Navoiyning ulugvorligi shundaki, unda zohiriy va botiniy ma’nolar, ya’ni ishqi
ilohiy va ishqi ma’joziy ifodalari bir-biriga xalaqit bermaydi, balki bir-birini toʻldirib,
quvvatlab turadi. Boshqacha aytganda, ishqi haqiqiy tasviridan ishqi ma’joziy tasviriga
yoki aksincha holatga oson oʻtiladi, kitobxon goh bu ma’nodan, goh u ma’nodan, goh har
ikkisidan zavqlana oladi. Ushbu gʻazalda ham shuni kuzatish qiyin emas, unda tariqat
aqoidi, maqomat bosqichlaridagi solik holatlari, ishq iztirobi va oshiq azobi, dardli
oʻrtanishlar tasvirlanadi ham shu bilan barobar, muayyan insoniy kechinmalardan voqif
Do'stlaringiz bilan baham: |