Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar
Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov
31
library.ziyonet.uz/
nobud qiladigan ham qutulib boʻlmas shu Buyuk Joziba. Shoir ikkinchi va uchinchi
baytlarda «ahdi»ii mustahkamlaydi; chunonchi, ikkinchi bayt:
Barcha elga fitna boʻlgʻon koʻzga maftun boʻlmayin,
Har kishi nazzora aylar yuzni manzur etmayin.
Ya’ni: «Barchani fitna-firib bilan aldagan koʻzga maftun boʻlmaslikka (aldanmaslikka),
barcha qaraydigan yuzga qaramaslikka ahd qildim». Barchani fitna bilan oʻziga maftui
etadigan koʻz dunyo boʻlishi ham, dunyo nafosati bilan boqqan Mutlaq ruh chashmasi
boʻlishi ham, yuz-koʻzidan nur yogʻilib turgan komil inson boʻlishi ham mumkin. Har
holda ma’shuq koʻzi fitnakor, aldamchi ekanligi aniq, u barchani oshufta etadi. Ishq
aslida ana shu maftunkor yuzu koʻzga qarashdan boshlangan, oʻsha koʻzlarki, bechora
oshiqni bir lahza tinch qoʻymaydi. Xoʻsh, agar yuz va koʻz ilohiy sifat — tajalliyot
belgisi boʻlsa, nega u maftunkor, aldamchi? Gap shundaki, sufiylar nazdida ma’shuq
koʻzi — basirat darajasi, ya’ni qalb koʻzining oʻtkirligi va ham ayni vaqtda u oshiqni
imtihon etuvchi, sinovdan oʻtkazuvchi kuch. Ilohiy jamol turli koʻrinishda jilolanib,
qalbga yoʻl izlaydi. Jilo, mavj, tovlanish — sehru jodu, maftupkorlik emasi? Koʻz, shu
bilan birga, gʻaybning manbai, snru asror chashmasi. Yuz esa — ilohiyot jamolining
timsoli va komil inson chehrasi. Navoiy davri kishilarning va buyuk shoirning shaxsiy
tushunchasm ana shunday. Ham olam nafosati, ham inson qalbi goʻzalligi hamda barcha
goʻzallarning goʻzali, barcha ravshanliklar manbai deb hisoblangan Ilohni bir ibora, bir
tashbih bilan ifodalash, uni lirik kechinma orqali yonib kuylash. Bularning hammasi
Yaxshilik va Ezgulikka oshiqlikni ta’riflash va oxir-oqibat inson ma’naviyotini
yuksaltirishga xizmat etish istagidan tugʻilgan. Oqil va odil iyasonning yuragi iloh
fazilati bilan toʻliq va bu uning a’moli, fitratida namoyon boʻladi, boshqalar shu qalbning
fayzini idrok etib, uidan bahra olib, ilohga yaqinlashadilar. Shuning uchun bunday fayzli
odamlar e’tiborni tortadi, hamma ularga qarab intiladi, ularning xoki poyini koʻziga
surtadi. Shu uchun bu ilohiy yuz va «fitnakor» koʻzlardan bekinish qiyin, ulardan
bekinish — ilohdan yuz oʻgirish bilan barobar! Yaxshisi, Ishq olovida yonish nasib etsin,
jodu koʻzlardan judo qilmasin. Uchinchi bayt:
Ishq kufuri birla taqvo xonaqosin buzmayin,
But xayolidin koʻngil dayrini ma’mur etmayin.
Ishq — kufr, oshiq boʻlish — kofirlik. Vu kimniig fikri? Albatta, mutaassib dindorlar,
ishqu oshiqlikning haqiqiy ma’nosini tushunib yetmagan kishilarning fikri, ular hayotni,
ilohiy muhabbatni kuylagan shoirlarni shunday tamgʻalar bilan ayblamoqchi boʻlganlar.
Lekin, qizigʻi shu yerdaki, tasavvufning vahdatul vujud falsafasini chuqur idrok etgan
shayx-oriflar, ayniqsa Attor, Rumiy, Hofiz, Jomiy, Navoiy, Mashrab kabi shoirlar buni
oʻzlari ham tan olganlar. Chunki suratparast, masalaning mohiyatiga yetmagan johil
ruhoniy talqinidagi kofirlik bilan sufiy shoir nazarda tutgan kofirlik boshqa-boshqa
narsalardir. Ruhoniylar islomni tan olmagan, butga sigʻingan odamlarni kofir desalar,
sufiylar «kasrat olamining zulmi, dunyo talabi, vahdatdan judolikni» kufr deb uqtirganlar
Do'stlaringiz bilan baham: |