Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar
Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov
30
library.ziyonet.uz/
(musallas) va bavosita bogʻlanish degan tushunchalardan foydalanishni ma’qul deb
bilaman. Shunday qilib, mazkur gʻazal hasbi hol, ya’ni oshiq kechinmalarini
ifodalaydigan asar boʻlib, baytlari quyidagicha sharhlanishi mumkin.
Birinchi bayt:
Ahd qildim: ishq lafzin tilga mazkur etmayin,
Til nekim, xomam tilidin dogʻi mastur etmayin.
«Mazkur» — zikr etish, tilga olish, «xoma» — qalam, «mazkur» — yozish, raqam etish.
Qolgai soʻzlar tushunarli. Ammo, bu baytning, qolaversa, butun gʻazalning oʻzak — kalit
soʻzi ishqdir. Ishq nima? Odamlar orasidagi alohida mayl, sevgi, muhabbat, deb javob
beramiz daf’atan va aksar ayol bilan erkakning oʻzaro munosabatlari, bir-biriga intilishini
koʻz oldimizga keltiramiz. Albatta, ayol va erkak orasidagi munosabat oila asosiga
qurilsa yomon boʻlmaydi, bu hayot qonuniga muvofiq, chunki hayotning oʻzi ham
muhabbatdan yaralgan. Lekin Ishqni kengroq ma’noda, kayhoniy andoza olib qarasak-
chi! Sufiy oriflar tushunadigan ma’nolarga diqqat qilsak-chi? Axir, Navoiy ishqning ana
shu ma’nolariga koʻproq e’tibor berganku. Sufiylar talqiniga koʻra, ishq — doʻstlik
tuygʻusining oliy darajaga koʻtarilishi: doʻst orqali ma’rifatni, ilohni sevish. Voqean,
«doʻst» tushunchasining oʻzi ham koʻp ma’noli, «doʻst» deganda ular yuksak zakovat,
qalbida ezgulik nuri porlab turgan inson va Mutlaq ilohni anglaganlar. Ana shunday
doʻst, ya’ni yor ishqiga giriftor boʻlgan odamlar bir-birlarisiz turolmaydilar, agarchi bu
bogʻlanish yuz kulfat va ranj keltirsa-da. Shuning uchun ishq soʻzi ranj, dard soʻzlari
bilan ma’nodosh boʻlib qolgan. Bu soʻzning asl etimologik ma’nosi ham shunga ishora
etadi: u arabcha «ashaqa» (zarpechak) soʻzidan kelib chiqqan. Zarpechak, bilamizki, oʻt-
oʻlanlar, Daraxtlarga oʻralib olib, ularning shirasini soʻrib quritadigan giyoh. «Ishq ham
avjga koʻtarilganda bamisoli zarpechakday odamni bedarmon qiladi, sezish qobiliyatini
susaytirib, yeb-ichishdan mahrum etadi, ishqqa chalingan kipshga oʻzgalarning gap-soʻzi
malol keladi, u doʻstdan boshqaga qaramaydi», deydi «Istilohoti urafo» lugatining
muallifi Sayyid Ja’far Sajjodiy (289-6.). U yana davom ettiradi: «Deydilarki, ishq
shunday bir oʻtki, oshiqnigina emas, ma’shuqni ham yondiradi, ishq balo daryosidir va
ilohiy junundir va dilning ma’shuq sari qiyom etishidir». Ishq oldida dengizlar — tomchi,
togʻlar — zarra. U dengizni joʻshu xuroʻshga keltirib, togʻni talqon qila oladi. «Ey ishq,
baloyi jon erursan, ham jonima darmon erursan», deydi Alisher Navoiy «Layli va
Majnun»da. Tariqat boʻyicha ishq maqomatdan keyin keladigan hol martabalaridan biri.
Bu martabada solikka ilohiy jamol koʻrina boshlaydi, uning betoqatligi, qalb harorati
zoʻrayadi. Bu martabaga erishish uchun ne-ne ruhiy sinovlar, taraqqiyot manzillarini
bosib, poklanib oʻtish kerak. Bu azoblarga bardosh bera olmaganlar yarim yoʻlda
qoladilar. Demak, ilohiy jamolga yetishish uchun sabr, barcha azoblarga boʻysunish
irodasi zarur, boʻlmasa, qiynoqlarga chiday olmay, Navoiyning lirik qahramoni kabi:
«Endi ishq soʻzini tilga olmaslikka ahd qiladi», deyishi hech gap emas. Giriftorlik girdobi
ichidagi hasrat bu, ammo u yolgʻon «ahd». Aslida oshiq battar bu bahri azimga
shoʻngʻimoqchi, zero oshiqning zanjiri ham, qanoti ham ishq, uni bud etadigan ham
Do'stlaringiz bilan baham: |