Azallariga sharhlar


Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/80
Sana30.12.2021
Hajmi0,67 Mb.
#98553
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80
Bog'liq
alisher navoiy gazallariga sharhlar

Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar 

Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov 

 

24 



library.ziyonet.uz/ 

 

shoirning katta mavzu atrofidagi umumiy tasavvur-tushunchalari, shunga muvofiq 



ishqning inson qalbiga oʻtkazadigan ta’siri haqida zikr etadi, ishq va fano, tariqat 

yoʻlining jozibasi va tahlikasi shoirona talqin etiladi. Shu bois gʻazal baytlarini bevosita 

oʻzaro zanjiriy bogʻlanish emas balki qofiya, radif, mavzu va ohang mushtarakligi 

birlashtirib turadi, madh, vasf, sharhi hol va tasavvufiy manolar bir oʻzandagi oqimga 

tushirilgan. Chunonchi, matla’da oshiqning ishq dardi yangilanganidan xushnudligi, 

ikkinchi baytda ma’shuqa firoqida qiynalish, kinoyali xotirot, uchinchi va toʻrtinchi 

baytlarda ishqning qudrati va moʻ’jizakorligi haqida mulohaza-muqoyasa, beshinchi 

baytda shoh va darveshning ishqqa munosabati, oltinchi va yettinchi baytlarda boʻlsa 

ilohiyot fayzini topgan solikning lahzalik masrur tuygʻulari, yor jamoliga mahliyoligi 

tasvir etiladi. Xullas, ishqning turli jihati, oshiq insonning holatlari va shoirning oʻz 

mavzuiga munosabati, qarashlari aks etgan. 

 

Umuman, Navoiyda ilohiy ishq har xil holatlarga bogʻlanib, har bir gʻazalda oʻzgacha bir 



tarovat yangi-yangi ifoda, uslubiy tarzu raviya bilan kuylanadi. Shuning uchun uning 

gʻazallari bir-birining aynan takrori emas, balki har biri yangi asar sifatida oʻquvchiga 

alohida zavq bagʻishlaydi, tasavvufiing har bir maqomi va manzillaridagi ruhiy holat, bu 

manzillarni kashf etish qiyinchiliklari, Buyuk Ilohning huzuriga talpinish, sogʻinch va 

qoʻmsash, ma’naviyat ne’matidan "sarxushlik, qalbi ma’rifatga gʻarq Doʻst diydoriga 

tashnalik, undan mahrumlik damlaridagi iztirob har bir gʻazalda turfa rangu ohang, 

suvratu san’atlar orqali takror-takror talqin etiladi. Bu gʻazalchilikda, ayniqsa, orifona 

she’riyatda qabul qilingan an’ana boʻlib, shoirning oʻziga xos mahorati, 

navbunyodkorligi shu an’ana bagʻrida kamol topib, koʻzga ayonlashdi. Buni me’morlik 

san’ati bilan qiyoslasa boʻladi: Samarqandu Buxoro, Iroqu Nishopur, Balxu Hirot 

me’morchilik yodgorliklariga qarang, ularning naqshu nigori, koshinlari, tarhu tarovatida 

oʻxshashlik bor. Ammo har biri yana oʻziga xos salobat, husnu jozibaga ega, har bir 

me’morning «dastxati»ni aniq his etasiz. She’riyat ham shu: qat’iy an’analar andozasi 

ichra benazir ustakorlik, ulugʻ salaflar darajasiga koʻtarilish va shu maydonda ihtirolar 

qilish, yangi yoʻl, yangy ohanglar topib, elni qoyil qilish. An’anaviy usul-raviyada 

mahorat koʻrsatish — bir moʻ’jiza, asrlar an’anasini yengib shoirona ixtirolar qilish — 

ikkinchi, yanada oliyroq moʻ’jiza. Navoiyning har bir gʻazalida an’anaviy mavzuni yangi 

ruh, yangi tuygʻu va fikr bilan yangidan yangratish, gʻazalning qadimiy shaklidan 

foydalanib, shoirona moʻ’jizalar koʻrsatish mahorati namoyon. Voqean, tahlilga olgan 

gʻazalimiz ham «Erur koʻngilda safo ishq toza dogʻi bila» deb boshlanadi: ishqning 

koʻnglida har bir yangilanishi, toza dogʻlar qoldirish yangi ilhom va zavq olib keladi, 

yangi she’rni bunyod etadi. Ushbu gʻazalni baytma-bayt sharhlab chiqsak, aytilgan fikrlar 

toʻlaroq va aniqroq anglashiladi. 

 

Birinchi bayt: 



Erur koʻngulda safo ishq toza dogʻi bila, 

Nechunki koʻzda yorugʻliq erur qarogʻi bila. 



Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish