Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar
Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov
20
library.ziyonet.uz/
koʻkrakning chok-chok boʻlishiga tashbih qilingan. Ammo har ikki baytdagi tasvirning
chiroyida mushtarak joziba bor. Ikkinchi baytdagi «tong yeli», «oh», «nafas» soʻzlari
takror boʻlsa-da, ammo holatga aniqlik berish, ta’kidlashga xizmat qilgan. Tun — asl
ma’nosidan tashqari, olami imkon — borliq, gʻayb siru asrorini, mazkur baytda jabarrut
olami (iloh va farishtalar orasidagi olam)ni ham anglatadi. Shuningdek, tong yeliii ilohiy
ne’mat fayzi, ilohiyot yodi ma’nolarida ham tushunsak, baytning orifona mazmuni
bunday boʻladi: «Gʻayb asrorini anglashdagi halokatli intilishlarim, qoʻrqinchli
ahvolimni koʻrib, tong yoqasini chok etdi, ya’ni otdi. Ishtiyoqu iztirobim evaziga ilohiy
iurdan nishona koʻrdim».
Uchinchi bayt:
Tiyra hijrondin chu yoʻqtur farq subhu shomima,
Xoh shom oʻlsun qorongu roʻzgorim, xoh subh.
Bu baytda yana bir favqulodda toza istiora qoʻllanilgan: tiyra hijron. Qop-qora ayriliq —
bu oshiqiing qil sigʻmagan qalbi, motamzada holati. Hijron tuni, hajr shomi iboralar
yonida mazkur istiora tasvirning latifligini oshiradi, rangni quyuqlashtiradi, lirik
qahramon kechinmalarining shiddatini boʻrttirib koʻrsatyashga xizmat etadi. Qolgan soʻz
va iboralar tushunarli, shu bois baytning zohiriy mazmunini quyidagicha sharhlash
mumkin: «Ayriliq gʻamidin hayotim, ruhiyatim shunday qorongʻiki, tong bilan shomim,
kecha va kunduzim orasida farq yoʻq. Xoh tong boʻlsin, xoh shom — sezmasman, bari
qop-qora tunga aylangan». Baytning botiniy, ma’rifiy ma’nosi: «Ilohiy yor yodini
faromush etib, nafsoniy dunyoga berilib qolganim uchun tong bilan shomning farqi
bilinmay qoldi, shom boʻlsa ham, tong otsa ham koʻnglimga hech narsa sigʻmaydi,
chunki qorongʻu roʻzgʻor — dunyo tashvishidan qutulish gʻoyat mushkul, u mani oʻz
domida zanjirband etgan». Solik oʻz irodasini batamom pir qoʻliga topshirib, tariqat
maqomidan zinama-zina koʻtarilsa, nafs qutqusi va dunyo istaklaridan butunlay
qutulsagina, koʻngilni uzil-kesil tajalliyot ziyosiga roʻbaroʻ eta oladi, «tiyra hijrondan»
qutuladi.
Toʻrtinchi bayt:
Dudi ohimdin qororgʻay, hajr shomidin batar,
Boʻlsa hijron qat’ida bir kun manga hamroh subh.
«Dudi oh» ham yor ishqida yonayotgan bezovta, betoqat oshiq ahvolining nochorligini
anglatuvchi mubolagʻali istioralardan: oshiq yor ishqida shunday oʻrtanib yonayaptiki,
goʻyo uning ichidan olov gurillab chiqayapti, bu olov uning ohu nolasidirkim, tutunidan
olam qorongʻilashadi, hatto ziyo taratadigan tong yuzi ham bu tutundan qora tusga kiradi.
Bu esa hajr shomidan ham batar. Shoir soʻzu gudoz, yonish-oʻrtanishning, ishq
tortishlari, qiynoqlari, ruhiy-ma’naviy talpinish va kurashlarni shunday dardli satrlarda
ta’rif etadi. Xullas: «Agar tong hijron paytida (avjida) men bilan bir kun birga boʻlsa,
Do'stlaringiz bilan baham: |