Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar
Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov
19
library.ziyonet.uz/
qahramon oʻz holati bilan otayotgan tongni qiyoslab, tong mening ayriliq shomidagi
azoblarimdan xabar topib, salqin shabada ufurib, oh chekdi, deydi. Ertalabki salqin
shabada dard zoʻridan ohu nola qilgan odamning nafasiga oʻxshatilgan, sovuq oh esa bu
oʻrinda afsus va achinish, ojizlik nishonasi. Baytning nasriy mazmuni: «Tong goʻyo
mening hijron tunidagi ahvolimdan xabar topganday, yulduzlarni koʻzyoshi qilib, sovuq
shamoli bilan oh urib yetib keldi». Bu — baytning «dunyoviy», oshiqona sharhi.
Baytning botiniy, orifona ma’nosini tushunib olishimiz kerak. Chunonchi, tong (subh) —
«vahdat nurining taralishi» («Sharhi Gulshani roz», 583-bet), ilohiyot tajallisi; u olami
gʻaybdan nuzul etib, taayyunot (ayon narsalar dunyo gʻoyalari) zulumotini oshiq koʻngli
sahifalaridan sidirib tashlaydi. Oh — ishq gʻulgʻulasining til bilan ifodalab boʻlmaydigan
avj lahzasi. Shom — vahdatga qarama-qarshi kasrat (koʻplik) martabalari, taayyunot
pardasi. Nafas — koʻigilning ma’naviyat gulzoridan esgan lutfidan tozalanishi (Sayyid
Ja’far Sajjo-diy, Mustalahoti urafo, 405-bet), gʻayb latofatiga, mahbub talabiga intilish.
Nafas, shuningdek, vaqtni, lahzalik holni, oniy oʻzgarish va yorishishlarni ham bildiradi.
Hijron — haqdan, ilohdan boshqaga yuz oʻgirish, koʻngilning vaqtincha oʻzga fikr-
tashvishlar bilan band boʻlishi, parda orqasida qolishi.
Ana shu ma’nolariga koʻra, matla’ning orifona mazmuni bunday boʻladi: «Mening dunyo
ishlari — kasrat bilan mashgʻulligimni, haqdan boshqa narsalarga e’tibor qilib, undan
uzoqda qiynalishimni koʻrib, ilohiy vahdat nuri dilim sahifasini tozalash, oʻz holimga
qaytarish uchun yetib keldi». Voqean, orzudagi ne’mat — goʻzallikka muntazir
odamning qalbi tongda yorishib, farah topishi tabiiy. Koʻngil musaffo boʻladi, yayrab
nafas olasan kishi. Tong orifona she’riyatda koʻp qoʻllaniladi. U — ilohiy fayziyat
timsoli, nuroniy odam darakchisi. Ilohiy yor diydoriga tolib odam bu nurga yetishish
uchun koʻpdan-koʻp ruhiy qiynoqlar, hijron azoblarini boshidan oʻtkazishi kerak.
Sharhlanayotgan gʻazalda solik (yoʻlovchi)ning yana shu ahvoli ruhiyasi tasvirlanadi,
tashvishli talpinishlari koʻrsatiladi.
Ikkinchi bayt:
Gʻam tuni muhlik gʻamim anglab yaqo chok ayladi,
Tong yelidin har nafas holimga tortib oh subh.
Mazkur baytda matla’da ifoda etilgan mazmun davom ettirilgan. Tong matla’dagiday
bechora oshiq holiga achinib, koʻz yoshi toʻkish, oh urish barobarida, gʻam tunidagi
halokatli (muhlik — halokatli demak) ahvolni koʻrib, yoqasini yirtadi. «Yoqa yirtish» —
tongning otishini anglatuvchi istioradir, chunki yoqa yirtilganda odamning koʻkragi
koʻringaniday, tun pardasi yirtilganda tong namoyon boʻladi, ya’ni ilohiyot jamoli
koʻrina boshlaydi. Navoiyning Samarqandda gadodan sotib olgan baytining birinchi
misrasi: «Koʻkragimdur subhning pirohanidin chokroq», ya’ni: Koʻkragim tongning
kuylagidan chokroq. Bu yerda subhning pirohani — tong pardasi, harir bir
nimqorongʻilik xayol sahifasida yaralgai topgning otishi, yoqaning yirtilishi emas, balki
Do'stlaringiz bilan baham: |