Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar
Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov
15
library.ziyonet.uz/
intizom, simmetriya, nizomiya, nafosat tushunchalarini qamrab oladi. Agar bu
ma’nolarning hammasiii bir joyga yigʻsak, navo umumbashariy, umumjahoniy olamning
yaxlit uygʻunligidan iborat oliy goʻzallikni ifodalagan boʻladi. Modomiki shunday ekan,
yagona ruhiy qudratning muntazam harakati, sozkorligi qaydida qalbning shukru
shukuhi, orom va osoyishtaligi ham navodir. Alisher Navoiy, shubhasiz, oxirgi baytda
qalb oromi, ichki ruhiy qoniqish nashidasini tasvirlagan. Bu nashida shoir yuragida bir
muazzam kuy boʻlib yangragan va mugʻanniy (ikkinchi oʻzak soʻz) tushunchasi bilan
bogʻlanib ketgan. Mugʻanniy — cholgʻuvchi degani. Bu oʻrinda esa u uzluksiz yogʻib
turuvchi nurfayzning navosini yetkazuvchi, shu ne’matdan ogoh etuvchining timsolidir.
Kuy kabi oqib keladigan ushbu nur qalbni rohat-farogʻatga gʻarq etadi. Baytning nasriy
tarjimasini keltirsak, fikrimiz yanada oydinlashishi mumkin: «Ey ishq, buyuk jahoniy
uygʻunlik nuri navosidan, safo nashidasidan qoniqish muyassar boʻldi, endi Navoiy
jonining ipini shu nurni yogʻdiruvchi cholgʻuvchi asbobiga tor qilgin, ya’ni oʻsha buyuk
nur rishtasiga ulab yuborgin». Yoki: «Ey ishq, mahbub jamolini koʻrib, oʻzlikdan
batamom xorij boʻldim — maqsadga yetdim, visol kuyi vujudimni ogʻushiga oldi. Endi
Navoiyning jonini jonon nurining taramlariga bogʻla». Bu yerda shoir taxallusi bilan bayt
mazmuni oʻzaro uygʻunlashib, ajoyib soʻz oʻyini hosil boʻlganini koʻramiz. Shu nuqtada
shoirning har ikki taxallusi (Navoiy va Foniy) ma’no jihatidan bir-biriga yaqin ekanligi
ham ma’lum boʻladi.
Ulugʻ shoirning falsafiy mushohadasi mana shunday chuqur va qamrovli. Koinot va
inson uning nazarida yaxlit bir butunlikni tashkil etadi, bir qonuniyat bilan boshqariladi.
Inson bu qonuniyat sirlarini ruh kuchi, alohida hissiy tasavvurlar teranligi bilan bilib
olishi darkor.
Xullas, mazkur gʻazalda majoziy timsollar yordamida tasavvuf falsafasining bilish
nazariyasi ifodalab berilgan: avval olamni bilish mushkulligidan qoʻrqib sarosimaga
tushish, hayratlanish, keyin tashqi dunyo narsa-hodisalarini mushohada eta boshlash,
zohiriy mushohadadan asta-sekin mohiyatni idrok qilishga oʻtish. Mohiyatning
ulugʻvorligini his etib, ruhiy-tafakkuriy qoniqish tuyish. Bu jarayon uch bosqichga
ajratilib, ilmul yaqin, aynul yaqin, haqqul yaqin degan maxsus terminlar bilan
belgilangan. Yaqin — isbot talab qilinmaydigan shak-shubhasiz haqiqat. Ayn —
chashma, koʻz, har narsaning asli, zot. Tasavvuf nazariyotchilaridan Abdurazzoq
Koshoniy bunday deydi: «filjumla, soʻfiylar aqidasiga muvofiq ma’naviyatni bilish uch
xildir: ilmul yaqin, aynul yaqin va haqqul yaqin. Avvalgi holatda odam ma’lumni aqliy
dalil, hujjat keltirish bilan dark etadi va ikkinchi holatda bilib olingan, isbotlangan
ma’lumni mushohada etadi va uchinchi holatda haqiqatni dark etishga yetadi».
(Abdurazzoq Koshoniy. Masobih-ul hidoya, 52-bet). Bu bamisoli quyosh shu’lasi va
haroratini dalil keltirish bilan isbotlash (ilmul yaqin), quyosh jismini kuzatish bilan
aniqlash (aynul yaqin) va quyosh vujudiniig musaffo nurdan iborat ekanini qalban idrok
etishday (haqqul yaqin) gap. Qashiriy degan olim nazarida esa «ilmul yaqin — aql ahli
uchun, aynul yaqin — ilm arboblari uchun, haqqul yaqin — oriflar uchundir». (Qashiriy.
Kashf-ul mahjub, 497-bet). Demak, bu falsafiy qarashga muvofiq, haqiqat tajribadan
Do'stlaringiz bilan baham: |