Azallariga sharhlar


Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/80
Sana30.12.2021
Hajmi0,67 Mb.
#98553
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   80
Bog'liq
alisher navoiy gazallariga sharhlar

Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar 

Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov 

 

14 



library.ziyonet.uz/ 

 

(sifatlar), imtiyoz (farqlar), af’ol (harakat-faoliyat), vajh (yuz, jihat) va boshqa istilohlar 



vositasida tavsif etib kelganlar. Miqdoriy xilma-xillik, mantiqiy ravishda, juz’iyat va 

kulliyat, ya’ni tur va jins tushunchalarini keltirib chiqaradi. Juz’iyat (tasavvufchilar buni 

kasrat ham deganlar) kulliyatga, ya’ni vahdatga ziddir. Shunday boʻlgach, ularning 

xususiyatida ham qarama-qarshilik mavjud: vahdat — birlamchi qudrat, turgʻun, 

harakatsiz javhar (substansiya) boʻlsa, kasrat — tafsiliylik, doimiy harakat, rivojlanish 

qonuniyatiga tobe’. Demak, mayning mavj va pufakchalarini tomosha qilish, mushohada 

etish bilan chegaralaimasdan, xuddi hodisadan mohiyatga qarab borilganday, kasratdan 

vahdatga qarab borish va shu asosda birlamchi qudrat nafosatini idrok etib, huzurlanish 

mumkin. Gʻazalning oltinchi baytida bu fikr ochiqroq ifodalangan (bunda tahrik — 

harakat, sukut — turgʻunlik, tinish): «Pufak bilan toʻlqin mayning harakati, tajallusidir. 

Bu harakat tingach, tiniq mayning toza vujudidan boshqa nima qoladi?» 

 

Bu vujudni idrok etgan kishi Yor huzuriga musharraf boʻlib, fano martabasiga 



yaqinlashdikim, gʻazalning yettinchi bayti shu xususdadir. Hayvon suyi deb goʻyo 

odamzod ichganda abadiy umr topadigan afsonaviy yer osti mamlakatning chashmasini 

ataganlar. Tasavvufda u ishq-muhabbat bulogʻi, haqiqat nurining manbaini anglatadi. 

Baytning mazmuii esa bunday: «Ishq chashmasida yoki haqiqiy nur manbaida koʻringan 

quyosh aksimi yo jonga oʻxshash may ichida azal soqiysining gulday zebo yuzi namoyon 

boʻlganmi?» Soqiy soʻzi ham bu yerda ramziy ma’noga ega, ya’ni mutlaq fayziyot, 

ma’rifat bulogʻi demak. Mayda yor jamolini koʻrish, may idishini quyoshga oʻxshatish 

Navoiyning sevgan obrazlaridan. «Ashriqat min aksi shamsul ka’si anvorul xudo, yor 

aksin mayda koʻr deb jomdin chiqdi sado» — chiqayotgan quyosh kosasining aksidan 

hidoyat nurlari porlab koʻrindi, jomdan yor jamolini mayda koʻr, degan sado chiqdi. 

«Xazoin-ul maoniy» devoni mana shu bayt bilan boshlanadi. Shoir nazarida lovullagan 

olov qoʻrasi — muazzam oftob ham oʻsha buyuk ilohiy qudratning in’ikosi, mavjudotni 

harakatga keltiruvchi may ―toʻlgʻazilgan jom, uning porlashi esa — yor jamoli‖. 

 

Yor jamolini koʻrgan oshiq maqsadga erishib, fano vodiysiga kirib boradi. Gʻazalning 



oxirgi ikki bayti shu ma’noni ifodalashga xizmat qiladi. Sakkizinchi baytdagi dayr aslida 

nasroniylar va otashparastlar ibodatxonasining nomi, majozan esa mayxona, dunyodir. 

Dayri fano – hayvoniy nafsdan qutulgan, ruhan tirik, ma’naviy jihatdan yetuk kishilar 

majlisi, ularning botiniy olami, Navoiy bu baytda ma’naviy haqiqatlarni kashf etgan 

odamlar huzurini qoʻmsash, ular xizmatidan bahra olish tuygʻusini ifodalagan. Shuning 

uchun u piri dayr deganda ham ezgulik va karam daryosining timsoli komil insonni 

koʻzda tutgan. Alhosil, baytning mazmuni: «Yurak mayxona istaydi, chunki unda piri 

komil kishilarga saboq bermoqda, shoyad menga ham shu may shu’lasidan bir nasib 

etsa». Yoki: «Koʻngil jism, vujud yoʻqoladigan, fano boʻladigan makon istaydi. Chunki 

unda kamolot va yetuklik timsoli ma’naviy shayx haqiqat fayzidan elga bir-bir boda 

tutmoqda. Zora, u bu hikmat va donish sharobidan menga ham bir qultum uzatsa». 

 

Toʻqqizinchi baytga kelsak, bunda ikkita soʻz oʻzak ma’no tashiydi. Birinchisi — navo. 



Navoning ma’nolari koʻp. U musiqa, kuy, ohang, shu bilan birga muntazamlik, tartib-



Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish