Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar
Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov
23
library.ziyonet.uz/
Ey Navoiy, ul quyoshning mujdai vaslin berib,
Qilsa netkay shomi hashrim mehnatni koʻtoh subh.
Gʻazalniig boshidan boshlab davom etib kelgan shom — tong badiiy zidlanishi maqta’ga
kelib yakunlanayapti. Subhdan keyin quyosh chiqishi va tunning chekinishi muqarrar.
Lekin Alisher Navoiy iazarda tutgan tong ilohiy tajalli safosi boʻlganligi sababli qoʻyosh
ham piri murshid qalbi yoki Mutlaq ruhning manbai timsolidir. Tong esa shu manba’ –
nur chashmasining darakchisi. Oshiq yoʻlovchi hijron tuni, ya’ni dunyoviy talablar,
ilohiyotdan uzoqlashtiruvchi ishlar-zulmlar zulumoti qiynogʻidan keyin nihoyat vasl
shodmonligi imkonini topadi, koʻngil darichasi yor jamoliga qarab ochila boshlaydi.
Maqta’ning zohiri ma’nosi: «Ey Navoiy, ul quyosh, ya’ni yor vaslining daragini yetkazib,
hijron shomi azobini (mehnat — azob degani) qisqartirsa koshkiydi». Baytning orifona
botiniy ma’noyei esa bunday: «Ey Navoyy, vahdat nuri jilvasi — tong Zoti mutlaq (yoki
komil inson qalbi) manbayga yetishish xushxabarini yetkazib, iloh yodidan begonalashuv
qiynogi, kasrat zulumoti ichra chekayotgan ruhiy iztirobu azoblarimni qisqartirsa nima
boʻlar ekan». Mazkur gʻazalda Navoiy ilohiy ishq kechinmalarini real insoniy
kechinmalar tarzida ana shunday tasviru talqin etadi. Zotan, oriflarning tariqat
darajalarini egallash yoʻlidagi intilish — yonishlari nega real boʻlmasin, axir bu oddiy
odamlarning emas, oʻzlarini ruhan tayyorlagan, juda katta vazifani boʻyinga olib, faqat
ma’naviy ma’rifat sari oʻtli shavq bilan intilish odamlarning har qanday dunyoviy
tushunchadai xoli pokiza ishqi. Shuning uchun ularning qalb kechinmalari yuksak va
oliyjanobdir. Shu shavq va intilishni tor ma’noda tushunmasligimiz kerak. Bu Navoiy
kabi buyuk insoplarning dunyo va iloh orasida, dunyoni sevish va dunyo kishilaridan
zadalik, dunyo ishlaridan koʻngil uzolmaslik va dunyoda boʻlmagan idealga boglanish,
uni sevish hislari orasidagi talpinish-izlanishlari, ruhiy sargardonlik va qiynoqlarning
ramziy she’riy izhoridir.
«E
RUR
K
O
ʻ
NGULDA
S
AFO
I
SHQ
T
OZA
D
OG
ʻ
I
B
ILA
»
«Xazoin-ul maoniy»ning birinchi devoni — «Gʻaroib-us sigar»ga kiritilgan va Alisher
Navoiyda kam uchraydigai taxallussiz gʻazallardan biri («Gʻaroyib-us sigʻar»da jami
oʻnta taxallussiz gazal bor) shu satr bilan boshlanadi. Ushbu gʻazal «Badoye’-ul bideya»
devonida ham mavjud. Demak, u shoirning yoshlik yillarida yozilgan. Gʻazal yetti
baytdan iborat, lekin taxallusli maqta’ boʻlmagani sababli yakunlovchi xulosa
yetishmayotgani seziladi. Asar mavzui — ishqi ilohiyni kuylash, bu gʻoya goh majoziy
tashbih-istioralar, an’anaviy obrazlar (parvona, bulbul), goh toʻgʻridan-toʻgʻri tasavvufiy
istiloh — tamsillar vositasida bayon etiladi. Qayd etish joizki, ishqi ilohiyni tarannum
etgan irfoniy-ma’rifiy mazmundagi gʻazallar Navoiy devonlarining asosiy qismini tashkil
etadi, ularni esa bir necha guruhga boʻlish mumkin: 1) munojot-gʻazallar; 2) Xudo va
paygʻambar madhiga bagʻishlangan na’t-hamd gʻazallar; 3) oshiqning ahvolini
tasvirlovchi «sharhi hol» gʻazallar; 4) falsafiy fikr-mushohadalarni ifodalovchi gʻazallar.
Tilga olingan gʻazalda oshiqona kechiimalar ruhi, yor vasfi ham, falsafiy mushohada-
mukoshifa ham bor. Demak, asar biron-bir his, biron-bir muayyan holatni emas,
Do'stlaringiz bilan baham: |