Kitobxonlik madaniyatini oshirish
Bajardi: Asila Elchiboyeva
Tekshirdi: Ziyodullayeva Gulchiroy
«Kitob - beminnat ustoz. Har daqiqa u bizni donishmandlarning bilim hazinasi bilan oshno eta oladi», deb yozadi buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy.
«Yoshlarimizning ma'naviy dunyosini yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash eng muhim vazifalarimizdan biridir»,- deb ta'kidladi O’zbekiston birinchi Prezidenti Islom Karimov o’zining O’zbekiston Konstitsiyasining 17 yilligiga bag’ishlangan ma'ruzasida.
Bu ma'noda kitob farzandlarimiz ta'limi va ma'naviy tarbiyasida eng muhim omil bo’lib hizmat qilmoqda. Kitoblar insoniyatning eng boy bilim hazinasi sandig’idir, desak xato qilmaymiz. Kitob millatning madaniy me'rosi sifatida boqiydir. Kitob mutolaasi esa inson faoliyatining muhim yo’nalishlaridan biridir. Qaysi yoshda bo’lmaylik har birimiz o’zimizning eng birinchi o’qigan kitoblarimizda yozilgan ezgu fikrlarni eslaymiz. U kitoblar bizning bolalik paitimizda afsonalar mamlakatiga sayr ettirgan O’zbek halq ertaklari-yu Pushkin she'rlari, keyinchalik esa bizni donishmandlik hazinasi bilan tanishtirgan Mir Alisher Navoiyning «Hamsa» asari va Qodiriy domlaning moziyga qarab hayrli ish ko’rishga o’rgatgan «O’tgan kunlar» romanidir.
Inson hayotida kitobning o’rni beqiyosdir. Erishgan bilimlarimiz va ma'lumotimiz uchun biz Kitob, deb atalmish bilimlar hazinadoni oldida qarzdormiz. Kitob doim bizni fikrlashga, halol yashashga, Vatanni sevish, jamiyat taraqqiyotiga hizmat qilish va ma'naviy me'rosimizni asrashga, ezgulikka chorlab kelgan.
Bugun mustaqillik yillarida jadal sur'atlar bilan ravnaq topib borayotgan O’zbekiston nashriyotlari va matbaa korxonalari turli yoshdagi kitobxonlarga qator janr va mavzularga boy bo’lgan kitob mahsulotlarini taqdim etmoqdalar.
Bu borada O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2003 yildagi «Davlat matbuot qo’mitasini O’zbekiston Matbuot va ahborot agentligiga aylantirish» to’g’risidagi Farmoni muhim ahamiyat kasb etdi. Farmonga muvofiq 10 nashriyot bazasida 4 ta nashriyot-matbaa ijodiy uylari va «O’zbekiston Milliy ensiklopedyasi» nashriyoti tashkil etildi. Bugun O’zbekistonda jami 100dan ziyod nashriyot va 1420dan ziyod matbaa korxonalari faoliyat ko’rsatmoqdalar. Ular har yili 1200dan ortiq nomdagi kitob mahsulotlarini mamlakat va horijiy kitobxonlarga taqdim etmoqdalar.
O’zbekiston nashriyotlari ko’plab nufuzli xalqaro kitob ko’rgazma va yarmarkalarida ishtirok etib, doimo avvalgi o’rinlarni egallab kelmoqdalar. Jumladan, 2017 yilning iyun oyida O’zbekistonning «O’zbekiston», «O’qituvchi», G’afur G’ulom va Cho’lpon nomidagi nashriyotlari Moskvada bo’lib o’tgan «Kitob san'ati» Хalqaro konkursda ishtirok etib, turli nominatsiyalar bo’yicha g’olib bo’ldilar.
Hozirda yoshlarimiz asosiy axborotlarni televideniye va Internet orqali olmoqda. Shu bois yoshlarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytirish ularning ma'navii yuksalishi hamda umumiy madaniy saviyasini oshirishda muhim ahamiyatga egadir.
«O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo’q»,- deb yozadi O’zbekiston birinchi Prezidenti Islom Karimov o’zining «Yuksak ma'naviyat engilmas kuch» asarida. O’zbekiston o’zining ko’p asrlik madaniyati durdonlarini, jahonga mashhur allomalarining ilmiy-adabiy me'rosini, jumladan ular qoldirgan noyob kitoblarini kelajak avlod uchun avaylab-asrab, yosh avlod o’rtasida ommalashtirib, keng targ’ib qilib kelmoqda.
Kitob – bilm manbayi. Kitob mutolaasi esa insonni hayoti davomida mukofot bilan bilan taqdirlovchi sharafli mehnatdir. Bu borada farzandlarda kitob mutolaasiga mehr uyg’otishda oila muhim ahamiyat kasb etadi. Farzandlarimizda kitobga mehr uyg’otishga harakat qilaylik!
Do'stlaringiz bilan baham: |