O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
MATEMATIKA-INFORMATIKA FAKULTETI
“ Lobachevskiy geometriyasi”
mavzusidagi
Bajardi: Olimova Umida
21.01 guruh talabasi
Qabul qildi: To’xtasinova Nafisa
.
FARG’ONA - 2022
Lobachevskiy geometriyasi
REJA:
KIRISH
I BOB. NOYEVKLID GEOMETRIYASI
1.1-§. Noyevklid geometriyaning ochilishi
1.2-§. Lobachevskiy aksiomasi va undan kelib chiqadigan dastlabki xulosalar
II BOB. LOBACHEVSKIY GEOMETRIYASI
2.1-§. Lobachevskiy tekisligidagi parallel to’g’ri chiziqlar
2.2-§. Uzoqlashuvchi to’g’ri chiziqlar
2.3-§. Lobachevskiy funksiyasi
2.4-§. Aylana, Ekvidistanta va Oritsikl chiziqlar
2.5-§. Lobachevskiy fazosida to’g’ri chiziq va tekisliklarning o’zaro joylashuvi
XULOSA
FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Hech qaysi bir geometriya boshqasi bilan
taqqoslanganda haqiqatga yaqinroq emas…
Anri Puankare
KIRISH
Har kim chuqur va mustahkam bilimsiz oldimizda turgan vazifalarni bajarishi mumkin emasligini, ishda siljishga erishish mumkin emasligini aniq tushunmog’i darkor.
Agar kelajagimizni o’ylab ish qilmoqchi bo’lsak, kelajakda ishimizni davom ettiradigan bugungi yoshlarimizga sharoit yaratib, uning hayoti haqida qayg’uradigan bo’lsak, avvalo mahalliy yoshlarni tarbiyalash ishiga munosabatimizni mutlaqo o’zgartirishimiz kerak. Mumkin qadar ko’proq iqtidorli yoshlarimizni Ittifoqlikning eng ilg’or korxonalariga, shular jumlasidan hatto xorijiy mamlakatlarga,kerak bo’lsa yangi texnologiya, yangicha ish tashkil qilishni o’rganish uchun Yaponiya, Amerika hamda boshqa joylarga yuborib, ularni o’qishga, tajriba orttirishiga imkoniyat yaratish lozim.Iqtisodimizni, hayotimizni o’zgartirish ana shularga bog’liq bo’ladi. Agar shuni qilmasak, bu yurishimizda katta yo’lga chiqishimiz qiyin bo’ladi.
Aytish kerakki, kadrlarni puxtaroq qilib tayorlamasdan, ularni qadriga yetmasdan, ularga ishonmasdan va qo’llab – quvvatlamasdan, o’ylaymanki biron – bir sohada ahvolni hech qanaqa tarzda o’zgartirib bo’lmaydi.
Bir narsa ravshan - ishchilar va injener – texnik kadrlar tayorlashning tarkib topgan sistemasni tubdan yangilash talab qilinadi.
Moddiy bazani mustahkamlash, kadrlar masalasi, ma’naviy ehtiyojlar – bularning hammasi diqqat - e’tiborimizda bo’lishi kerak. Bu gap tarixiy va madaniy meros masalalarga, asossiz tarzda unitib yuborilgan xalq an’analarini va udumlarni tiklashga ham to’la taalluqlidir.
Fanga is’tedodli yoshlarning kirib kelishini ta’minlash uchun kompleks tadbirlar turkumni amalga oshirish zarur.
Bu o’rinda oily maktabning, hatto umumta’lim maktablarining faoliyatini tubdan qayta qurish kerak…
Iste’dodli va iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularni qo’llab – quvatlash hamda ularning qobilyatlarini rivojlantirish uchun barcha shart – sharoitlarni yaratishning respublika sistemasini ishlab chiqish kerak. Ana shu sistemaning aniq jihatlari va bosqichlari xususida sizlar bilan birgalikda o’ylab ko’rishimiz zarur. Maxsus respublika fondini tashkil etish hamda iqtidorli bolalar uchun maktablar va internatlar tarmog’ini vujudga keltirish, yosh olimlar uchun turli mukofotlar ta’sis etish ana shu sistemaga kiradigan masalalardir.
Bugungi kun yoshlar bilan muntazam, qunt bilan ish olib borish, iste’dodli bolalarni saralab, ularga chet elning yaxshi o’quv markazlarida professional bilim olishlari uchun shart - sharoitlar yaratishni taqazo etyapti. Bir so’z bilan aytganda, biz o’z iste’dodli, fidoyi bolalarimizga, farzandlarimizga bilim va kasb cho’qqilarini zabt etishi uchun qanot berishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |