O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI
« O`ZBEK TILSHUNOSLIGI » KAFEDRASI
5120101-Filologiya va tillarni o`qitish(o`zbek tili) ta`lim yo`nalishi
6-6UZB-20-guruh talabasi
Hamdamova Sevinchning
« Hozirgi o`zbek adabiy tilida ko`chirma va o`zlashtirma gaplar »
mavzusida tayyorlagan
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: M.Safarova
BUXORO-2022
O‘ZBEK TILIDA KO‘CHIRMA VA O`ZLASHTIRMA GAPLAR.
Reja:
Kirish.
Asosiy qism
1. Ko‘chirma gap va o`zlashtirma gap haqida tushuncha.
2. Ko‘chirma gap va o`zlashtirma gapning o‘ziga xos xususiyatlari.
3. Ko‘chirma gapli jumlalarda muallif gapining roli, ma’nolari va o‘ziga xos xususiyatlari.
4. Ko‘chirma gap va o`zlashtirma gaplarda tinish belgilari.
5. Ularning stilistik xususiyatlari.
6. Ko‘chirma va o`zlashtirma gaplarda shakl va mazmun.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Istiqlolga erishganimizdan so‘ng, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov nutqlaridan birida: “Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng xalqimizning o‘z yurti tili, madaniyati, qadriyatlari, tarixini bilishga, o‘zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda”.1 Bu so‘zlar bevosita o‘zbek tilining so‘z boyligini to‘plash va tadqiq etishga da’vat etgan edi.
Buning isbotini keyingi yillardagi tadqiqotlarda yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ham o‘zbek tilining davlat tili maqomini amalda kuchaytirish, xorijda va yurtimizda uni o‘rganish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarish dolzarb masala ekanligini yana va yana ta’kidlamoqda: “O‘tgan 2020-yilda birinchi marta o‘zbek tili bayrami yurtimizda keng nishonlandi. Ona tilimizni rivojlantirish bo‘yicha yangi rejalar belgilandi. Qo‘shni Afg‘oniston va boshqa davlatlarda ushbu bayramga bag‘ishlangan katta anjumalar o‘tkazildi. Endi bu ishni izchil davom ettirib, ona tilimiz targ‘iboti bilan yanada jiddiy shug‘ullanishimiz lozim. Shu maqsadda, har yili 21-oktabr – o‘zbek tili bayrami arafasida “O‘zbek tili va adabiyotini jahon miqyosida targ‘ib etish: natija va vazifalar” mavzusida xalqaro ilmiy-ma’rifiy anjuman o‘tkazishni yo‘lga qo‘yishimiz kerak”.2
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yoshlarni ijodiy tafakkur sohibi qilib yetishtirishni ta’lim tizimi oldiga kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa qilib qo‘ydi. Zero, mustaqil va ijodiy fikrlashni o‘rgangan shaxs, til imkoniyatlarining bitmas-tuganmas xazinasidan foydalanish sinoatlarini mukammal egallagan yosh avlodgina buyuk kelajakni yaratishga, milliy va ijtimoiy taraqqiyot yo‘llarini belgilab berishga qodir bo‘ladi.
Ta’lim jarayonida yoshlardagi ilmiy g‘oya va iqtidorni shakllantirish,
an’anaviy qadriyatlarni e’zozlash, vatan taraqqiyoti, ravnaqi yo‘lida jon olib jon
beradigan vatanparvar, ijodkor-u tadbirkor, komil-u fozil yosh avlodni tarbiyalash
muammosi ona tili va adabiyotning bosh vazifasi ekanligini unutmasligimiz kerak.
Ta’lim mazmuni bo‘yicha berilgan va berilayotgan barcha ma’lumotlar
jamiyat va taraqqiyot uchun nisbiyligicha qolaveradi. Chunki odamlar yashaydigan
jamiyat doimiy rivojlanishda, takomillashishda davom etadi va ijtimoiy taraqqiyot
qonunlari asosida beto‘xtov ilgarilab boradi. Shuning uchun muhtaram
Prezidentimiz Sh. M.Mirziyoyev “Hayotimizga katta kuch bo‘lib kirayotgan yangi
avlodimizni kamol toptirish uchun davlatimiz tomonidan barcha imkoniyatlar
safarbar etiladi1” – degan edilar. Maqsud Shayxzoda o‘zbek tili ifoda imkoniyatlarini juda chuqur bilgan, uning ifoda imkoniyatlaridan mohirona foydalana olgan talantli yozuvchi edi. Til birliklarining ma’noli qismlarini – semalarini, ularning birika olish imkoniyatlarini – valentligini juda chuqur bilar, uslubi betakror, o‘ziga xos edi. Adib asarlari juda ko‘p tadqiqotlar uchun manba bo‘ldi. Ushbu masala to‘g‘risida tadqiqotlarda, ta’lim bosqichlarida masalaning o‘rganilishi sohasida turli-tuman qarashlar, yondashuvlar yuzaga keldi. Ularni tahlil qilish va o‘rganish mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |