MA'LUMOT
Viloyatda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yil 18 yanvarda bo'lib o'tgan mamlakatimiz hukumati majlisida belgilab berilgan 2013 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlarini amalga oshirilishi joriy yilda viloyat asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlarining ijobiy o'sish sur'atlarini saqlash hamda iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarini izchil rivojlantirishda mustahkam asos bo'ldi.
I. Makroiqtisodiy o'zgarishlar.
Asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar. Hisobot davrida deyarli barcha sohada yuqori o'sish sur'atlariga erishildi, jumladan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish (prognoz 104,1% - amalda 107,8%), halq iste'moli mollari (prognoz 104,8% - amalda 109,2%), yalpi qishloq xo'jaligi mahsulotlari (prognoz 106,3% - amalda 107,8%), qurilish ishlari (prognoz 112,5% - amalda 113,1%), chakana savdo aylanmasi (prognoz 113,0% - amalda 113,5%) hamda pullik xizmatlar (prognoz 115,7% - amalda 119,3%) hajmlari sezilarli o'sdi.
Shundan kelib chiqib, viloyat yalpi hududiy mahsulot hajmi
7991,0 mlrd. so'mni tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan o'sish sur'ati 109,4 foizni tashkil etmoqda (prognoz - 107,0%).
Uning hajmida xizmatlar sohasining ulushi 46,2 foizga
(2012 yilda 45,3 %) hamda kichik biznes va tadbirkorlik ulushi
61,1 foizga (60,3%) teng bo'ldi. Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot 2379,8 ming so'mdan (2012 yilda 1997,0 ming so'm) to'g'ri keldi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra tashqi savdo aylanmasi
1026 mln. AQSH dollarini tashkil etib, shundan 419,7 mln. AQSH dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilishi kutilmoqda.
II.Moliyaviy holat.
Byudjet-soliq siyosati.Viloyat mahalliy byudjeti daromadlar prognoz ko'rsatkichi 1296,4 mlrd. so'm bo'lib, haqiqatda 1309,7 mlrd. so'mga bajarilishiga (101,1 %) erishildi. Mahalliy byudjetning aniqlangan harajatlar rejasi esa 1616,9 mlrd. so'm belgilanib, amalda 1594,8 mlrd. so'mga (98,6 %) bajarildi.
Hisobot davrida jami naqd pul tushumi 3333,0 mlrd. so'mni jumladan, savdo tushumi 1996,1 mlrd. so'm, pullik kommunal to'lovlardan tushgan tushum 223,1 mlrd. so'mni tashkil etdi.
Soliq va to'lovlar tushumi.Viloyatda soliq va to'lovlar tushumi 2013 yillik prognozi 1354,2 mlrd. so'm bo'lib, xaqiqatda
1358,3 mlrd. so'mga (100,3 %) bajarildi hamda rejaga nisbatan
4,0 mlrd. so'mdan ko'proq mablag' byudjetga jalb etildi.
Tushumlarni o'tgan yilning mos davriga nisbatan 4,0 mlrd. so'mga (100,3 %) ko'p tushirilishida to'g'ri soliqlar 2,5 mlrd. so'mga
(100,6 %) ga, boshqa tushumlar 4,7 mlrd. so'mga (106,9 %) ga ortirib bajarilgan holda aksincha egri soliqlar – 3,1 mlrd so'mga (99,6 %) ga kam bajarilgani ta'sir ko'rsatdi.
Debitor va kreditor qarzdorliklar.Korxona va tashkilotlarning 2013 yilning 1 dekabr holatiga umumiy debitorlik qarzlari 2480,8 mlrd. so'm(shundan muddati o'tgani 13,1 mlrd.so'm)ni, umumiy kreditorlik qarzlar esa 4130,8 mlrd. so'm(shundan muddati o'tgani 161,5 mlrd.so'm)ni tashkil etdi.
Muddati o'tgan debitorlik qarzdorliklar yil boshiga nisbatan 93,2 foizni tashkil qilgan bo'lsada, yil boshiga nisbatan Qo'qon shahrida 149,3 foizga, Quvasoy shahrida 109,6 foizga ortgan bo'lsa, muddati o'tgan debitorlik qarzdorligi mavjud bo'lmagan O'zbekiston tumanida 752,5 mln. so'm muddati o'tgan debitorlik qarzdorligi yuzaga kelgan.
Muddati o'tgan kreditor qarzdorliklar yil boshiga nisbatan
2,6 martaga ortishiga yo'l qo'yilgan. Jumladan Farg'ona shahrida
2,7 martaga, Qo'qon shahrida 1,4 martaga, Uchko'prik tumanida
3,6 martaga ortgan.
Iqtisodiyotga yo'naltirilgan kredit qo'yilmalari.Viloyatda 74 ta tijorat banklari, 203 ta mini banklar, 82 ta maxsus kassalari va 3 ta mikrokredit tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.
2013 yilda tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash maqsadida dastlabki ma'lumotlarga ko'ra viloyat tijorat banklarining barcha moliyalashtirish manbalaridan jami 1139,6 mlrd. so'm, o'tgan yilning shu davriga nisbatan 226,5 mlrd. so'm (124,8 %) ortiq (641,2 mlrd.so'mi uzoq muddatli) kredit mablag'lari ajratildi. SHundan, kichik biznes sub'ektlariga 456 mlrd. so'm mlrd. so'm (203,6 mlrd. so'mi uzoq muddatli) kredit mablag'lari ajratilib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 130 foizga ortgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |