Avtomobil indd



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/222
Sana20.07.2022
Hajmi5,52 Mb.
#827683
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashjola

Nazorat savollari:
1. Avtomobil transportida yonilg‘i va surkov materiallarining 
ishlati lishi qanday tashkil qilinadi? 
2. Suyuq yonilg‘ilar qanday tashiladi?
3. Neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va tarqatish qanday 
amalga oshiriladi?
4. Ishlatilgan moylarni yig‘ish va saqlash qanday amalga oshiriladi? 
5. Ishlatilgan moylarni qayta ishlash haqida gapirib bering. 
6. Neft mahsulotlari tarkibidagi suv miqdori qanday aniqlanadi?
7. Yonilg‘i va moylar tarkibida mexanik aralashmalar borligi qanday 
aniqlanadi?
8. Moyning qovushoqligi qanday aniqlanadi?
9. Past haroratda muzlaydigan sovitish suyuqliklarining qotish 
harorati qanday tekshiriladi?
10. Neft mahsulotlari sifati qanday tiklanadi? 


252
253
IX BOB.
ASOSIY EKSPLUATATSION
MATERIALLARNING ZAHARLILIGI
VA TEZ ALANGALANUVCHANLIGI
(YONG‘IN JIHATDAN XAVFLILIGI)
9.1.
 Yonilg‘i-moylash materiallari va maxsus
suyuqliklarning zaharliligi
Yonilg‘i-moylash materiallari va maxsus suyuqliklarning 
barcha turlari biror-bir darajada zaharli va yong‘in jihatidan 
xavflidir. Shu ning bilan birga, yonilg‘i va organik erituvchilar 
portlash jihatidan ham xavfli hisoblanadi. Shuning uchun 
avtotransport korxonalari (ATK) ishchi xodimlari avtomobillarda 
ishlatiladigan ashyolarning ekologik xususiyatlarini yaxshi 
bilishlari lozim. Yonilg‘i-moylash materiallari va maxsus 
suyuqliklarning ekologik xususiyatlari deganda, ularni tashish, 
saqlash, quyish yoki almashtirish jarayonlarida odam va atrof 
muhitga ta’siri tushuniladi. Muhim ekologik xususiyatlarga 
zaharlilik, yong‘in jihatdan va portlash jihatidan xavflilik 
hamda elektrlanish xususiyatlari kiradi. 
Avtomobil benzinlari
zaharli material bo‘lib, inson 
organizmiga nafas olish yo‘llari, teri va ovqat hazm qilish 
yo‘llari orqali tushishi mumkin. Benzin bug‘larining havodagi 
konsetratsiyasi 0,3 mg/
l
dan oshmasligi lozim. Odam tarkibida 
5–10 mg/
l
benzin bug‘lari bo‘lgan havodan qisqa muddat 
nafas olganida kuchli zaharlanishi mumkin, buning xarakterli 
belgilari quyidagilardir: bosh og‘rig‘i, tomoq tirnalgandek 
bo‘lishi, yo‘tal tutishi, ko‘z va burun achishi shi, yurganida qalqib 
ketish, bosh aylanishi, hushdan ketish. Zaharlangan kishi toza 
havoga olib chiqilganidan keyin ma’lum vaqt o‘tganidan so‘ng 
bu belgilarning ko‘pchiligi barham topadi. Bundan tashqari, 
benzin bug‘laridan kuchli zaharlanishning dastlabki belgilari 
tana haroratining pasayishi, yurak urishining sekinlashishi, 
arteriya qon bosimining (yuqorigi va quyi ko‘rsatkichlarining) 
pasayishi va odam organizmidagi boshqa fiziologik o‘zgarishlar. 
Benzin bug‘larining konsentratsiyasi 35–40 mg/
l
bo‘lgan 
havoda 5–10 minut nafas olish odam sog‘lig‘i uchun xavflidir. 
Benzin bug‘lari konsentratsiyasi bu chegaradan yuqori 
bo‘lganida odam tezda hushdan ketishi va hatto o‘lishi mumkin. 
Kuchli zaharlanishga shamollatilmaydigan xona va sexlardagi 
sig‘im va taralarni benzin qoldiqlaridan tozalash sabab 
bo‘ladi. Bunday xonalar yetarli darajada shamollatilmasligi 
oqibatida xona havosi benzin bug‘lariga tezda to‘yinadi va 
xavfli konsentratsiya hosil qiladi. Shuning uchun sig‘im va 
taralarni benzin qoldiqlaridan tozalash ishlarini bajarishda 
texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish lozim. Kuchli 
zaharlanish benzin shlang yordamida og‘izda so‘rilganida yoki 
yonilg‘i apparaturalari og‘izda purkalganida ham kelib chiqishi 
mumkin. Buning natijasida og‘ir kasallik – zotiljam kasalligi 
kelib chiqishi mumkin. Bunda o‘pkaning oraliq to‘qimasi 
va bronxlarning juda mayda tarmoqlari yallig‘lanadi. O‘tkir 
zotiljam kasalligi 2 ko‘rinishda bo‘ladi: krupoz zotiljam (bunda 
o‘pkaning bir bo‘lagi zararlanadi, et uvishib, tana harorati 
ko‘tariladi, nafas olganida ko‘krak qafasi og‘riydi), o‘choqli 
yoki interstitsial zotiljam (yo‘tal tutib, bemor shilliq yiring 
aralash balg‘am tashlaydi, tana harorati 37–39°C bo‘ladi). 
Yuqorida aytib o‘tilganidek (2-bob), etillangan ben-
zin lar tarkibida antidetonator sifatida kuchli zaharli mod-
da tetraetilqo‘rg‘oshin ishlatiladi. Etil suyuqligi toza tetra-
etilqo‘rg‘oshin kabi organizmga kuchli ta’sir etuvchi zahardir. 
Etil suyuqligi bilan bajariladigan barcha ishlar, asosan, uni 
benzinga aralashtirish (etillash) zaharlanishni keltirib chiqarishi 
mumkin. Shuning uchun bu ishlarni bajarishda profilaktika 
qoidalariga qat’iy amal qilish lozim. Shu maqsadda benzinlarni 
etillash zavod sharoitida maxsus aralashtirish qurilmalarida 
bajariladi. Benzinlarni maxsus aralashtirish qurilmalari bo‘l-
maganida etillash qat’iy taqiqlanadi. 


254
255
Etillangan avtomobil benzinlarida tetraetilqo‘rg‘oshin miq-
dori etil suyuqligiga nisbatan juda kam va benzinning zaharliligi 
bir necha barobar past bo‘lishiga qaramay, ulardan ehtiyot 
bo‘lib foydalanish lozim. Etillangan benzinlardan foydalanish 
qoidalariga rioya etilishi etillangan benzinlardan odatdagi 
benzinlar kabi foydalanishga imkon beradi. 
Etillangan avtomobil benzinlarini ishlatishda tetra-
etilqo‘rg‘oshin ta’sirida zaharlanishning oldini olish uchun 
quyidagi qoidalarga qat’iy rioya qilish lozim. 
Etillangan avtomobil benzinlarini faqat dvigatel uchun 
yonilg‘i sifatida ishlatish lozim. Etillangan benzinlarni yoritish 
shamdonla rida, primuslarda, kavsharlash lampalarida (koviya), 
zajigalkalarda, benzin yonilg‘isida ishlaydigan arralarda, 
shuningdek, texnik maqsadlarda erituvchi sifatida, mashina 
detallarini va qo‘l yuvishda ishlatish taqiqlanadi. 
Etillangan benzindan tasodifan zaharlanishning oldini olish 
va uning faqat belgilangan maqsadlarda ishlatilishini ta’minlash 
uchun etillangan benzin saqlanadigan sig‘imlarga «Etillangan 
benzin. Zaharli!» degan yozuv (yuvilib ketmaydigan bo‘yoqda) 
yozib qo‘yilishi lozim. 
Etillangan benzinlarning organizmga ovqat hazm qilish 
yo‘llari orqali tushishi natijasida odam kuchli zaharlanishi 
mumkin. Shu ning uchun etillangan benzinni og‘iz bilan so‘rish 
va ta’minlash tizimiga haydash (puflash) taqiqlanadi. Benzinni 
so‘rish va haydash uchun maxsus moslamalar (nasoslar, 
noksimon rezinalar)dan foydalanish kerak. 
Etillanmagan benzinni har qanday holatda oziq-ovqat 
mahsulotlari, turli xil yuklar, odamlar bilan birga, shuningdek, 
avtobuslar, yengil avtomobillar va yuk avtomobillarining 
kabinalarida tashish taqiqlanadi. Go‘sht, non, un, yog‘lar 
tetraetilqo‘rg‘oshinni osongina yutish xususiyatiga ega. 
Benzinning bexosdan to‘kilishi oziq-ovqat mahsulotlarida 
zaharlanishni keltirib chiqarishi mumkin. Zararlangan oziq-
ovqat mahsulotlari qaynatilganida ham uning zaharliligi 
kamaymaydi. 
Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tashishda etillangan 
ben zindan bo‘shatilgan idishilarni ishlatish maqsadga muvofiq 
emas, chunki bunday idishlarda doimo ma’lum miqdorda 
tetraetil qo‘rg‘oshin bo‘ladi. 
Ovqat hazm qilish yo‘llari orqali zaharlanishning oldini 
olis h uchun haydovchilarning shaxsiy gigiyenasiga e’tibor 
qaratish lozim. Etillangan benzin kiyim-kechakka yoki badanga 
tekkanida uni zararsizlantirish uchun terini yoki kiyim-
kechakning o‘sha jo yini issiq suvda sovunlab yuvish kerak. 
Etillangan benzinni ishlatadigan xodimlar maxsus kiyim 
kiyib olishlari va shaxsiy himoya vositalarini (ko‘zoynak, 
qo‘lqop, niqob va boshqalar) olib yurishlari lozim. 
Etillangan benzindan zaharlanish xavfi tetraetil qo‘rg‘o-
shinning atrofdagi buyumlar (bino devorlari hamda poli, 
kiyimlar, idishlar va boshqalar)ga o‘tirib qolish xususiyati 
hisobiga yana-da ortadi. Etillangan benzin ta’sirida zararlangan 
buyumlarni zararsizlanti rishda degazatorlar – dixloramin 
(benzindagi 1,5 foizli eritmasi) va xlorli ohakdan foydalaniladi. 
Xlorli ohak bo‘tqa ko‘rinishida ishlatiladi, bunda 1 qism 
ohakka 3–5 qism suv qo‘shiladi. Etillangan benzin to‘kilgan 
joyga qum sepib, supuriladi, so‘ngra xlorli ohak bo‘tqasi (1 m
2
ga 1,5 

hisobida) bir tekis surtiladi va 4–5 soatdan keyin yuvib 
tashlanadi. Etillangan benzin to‘kilgan joylarni quruq xlorli 
ohak bilan zararsizlantirish taqiqlanadi, aks holda, yong‘in 
chiqishi mumkin. 
Dvigatelni va ta’minlash tizimini ta’mirlashda barcha ajra tib 
olin gan detallarni (yonilg‘i nasosi, filtrlar, karburator, benzin 
o‘tkaz gichlar, porshen kallagi, klapanlar va klapan uyalari, 
chiqa rish quvur o‘tkazgichlari) ishqorli qaynoq eritmada yoki 
kerosin da yuvish va artish shart. 
Benzin teriga tushsa, uni kerosinda ho‘llangan latta bilan 
artish, keyin iliq suvda sovunlab yuvish lozim. Etillangan benzin 
ko‘zga tushganida, ko‘zni 2 foizli soda eritmasi yoki toza iliq 
suv bilan yuvish, so‘ngra davolash muassasasiga murojaat qilish 
lozim. 


256
257
Etillangan benzin tasodifan oshqozonga tushganida, 
oshqozonni ichimlik sodasi eritmasi bilan chayish va majburan 
qayt qilish lozim. 
ATKning etillangan benzin ishlatiladigan hamma joylarida 
iliq suv, kerosinli idish, sovun, toza latta va sochiq turishi 
kerak. Etillangan benzin bug‘lari ham benzinning o‘zidek 
zaharli ekanligini yodda tutish zarur. 
Neft mahsulotlari ta’sirida zaharlangan kishini, avvalo, toza 
havoga olib chiqish lozim. Agar u kuchsiz zaharlangan bo‘lsa, 
shifokor kelguniga qadar uni tinch qo‘yish va unga valerianka 
ichi rish kerak. Og‘ir hollarda (nafas olish keskin kamayganda, 
hushdan ketganda) unga novshadil spirti hidlatish va toza 
kisloroddan nafas oldirish zarur. Nafas olish keskin susayib 
ketganida yoki to‘xtaga nida sun’iy nafas oldirish zarur. 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish