Yonilg‘i sarfi ning yo‘l me’yori
deb, avtomobilning
ish bajarmasdan, ya’ni uning o‘z massasi bilan (qo‘shimcha
jihozlar o‘rnatilmagan holda) ishlatilish sharoitida yurgan
yo‘liga sarflangan yonilg‘i miqdoriga aytiladi. Yonilg‘i sarfining
yo‘l me’yori 100 km bosib o‘tilgan masofa uchun belgilanadi.
Qo‘zg‘almas jihozlar o‘rnatilgan avtomobillar uchun yonilg‘i
sarfi me’yori har bir jihozning 1 soat ishlashi uchun sarflanadigan
yonilg‘i miqdori asosida belgilanadi. Marshrutdagi avtomobillar
uchun yonilg‘i sarfi, odatda, avtobuslar va marshrutdagi taksilar
uchun ATK rahbari tomonidan tegishli tashkilotlar bilan
kelishuv asosida belgilanadi. Guruhli yonilg‘i sarfi me’yori ish
bajarayotgan avtomobillar uchun yonilg‘i sarfi me’yori asosida
aniqlanadi. Ular korxonaning rejalashtinlayotgan muddatda
baja radigan transport ishi uchun yonilg‘iga bo‘lgan ehtiyojni
aniqlashga xizmat qiladi.
Yonilg‘i sarfi me’yorlari iqlim sharoiti, yo‘lning holati
va boshqa omillarga asosan to‘g‘rilanadi. Bunday me’yorlar
differensiallangan me’yorlar
deb yuritiladi. Ular sharoitga
qarab oshirilishi va qisqartirilishi mumkin.
Transport vositalari uchun yonilg‘i sarflash me’yorlari
«Avtomobil transporti uchun benzin, dizel yonilg‘isi va
suyultirilgan gazning yo‘l me’yori» asosida belgilanadi. Bu
me’yorlar bajariladigan transport ishi va transport vositalari
turlariga boq’liq holda o‘zgartirilishi mumkin:
1. Bajarilgan ishi tonna-kilometrlarda hisobga olinadigan
avtomobillar va avtopoyezdlar uchun har 100 tkm uchun
qo‘shimcha tarzda quyidagi yonilg‘i sarfi benzin uchun 2
l
, suyultirilgan gaz uchun 2,5
l
, dizel yonilg‘isi uchun 1,3
l
etib belgilangan. Tirkamali avtomobillar bilan ishlayotganida
yonilg‘i sarflash me’yori yuklangan tirkama massasining har
bir tonnasiga yonilg‘i sarflash me’yori quyidagicha oshirilgan:
benzin uchun 2
l
, suyultirilgan gaz uchun 2,5
l
, dizel yonilg‘isi
uchun 1,3
l
.
2. O‘zi ag‘daruvchi avtomobillar hamda o‘zi ag‘daruvchi
avtomobil va o‘zi ag‘daruvchi tirkama tarkibidagi avtopoyezdlar
uchun yuk bilan bir marta borib kelishga qo‘shimcha yonilg‘i
sarflash me’yori 0,25
l
miqdorida belgilangan.
O‘zi ag‘daruvchi avtopoyezdlar ishlayotganida yonilg‘i
sarfi ning yo‘l me’yori tirkamali harakatdagi tarkibi umumiy
massasining (u 50 foiz foydali yuk bilan ta’minlanganda) har
bir tonnasi uchun benzin 2
l
ga, suyultirilgan gaz 2,5
l
ga, dizel
yonilg‘isi esa 1,3
l
ga oshiriladi.
3. Ixtisoslashtirilgan avtomobillar bilan yoki maxsus jihozlar
o‘rnatilgan avtomobillarda ishlayotganida bunday avtomobil
massasining har bir oshgan yoki kamaygan (baza massasiga
nisbatan) tonna hisobidan yonilg‘i sarfining yo‘l me’yori 2
l
benzinga, 1,3
l
dizel yonilg‘isiga, 2,5
l
suyultirilgan gazga
ko‘paytiriladi yoki kamaytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |